54
Yaxshi kiyinish o‘ziga xos san’at. Kishi bu san’atni
egallashi uchun moda
talablariga rioya qilibgina qolmay, o‘z didini ham taprbiyalashi kerak.
Didni
tarbiyalash uchun qonunlari me’yor, va o‘zaro mos tushunchalarga asoslangan
san’atning barcha turlari bilan tanishib borishi lozim.
Zehn bilan tanlangan orasta libos uning egasinining didini yaxshiligini bildiradi.
Ko‘ylak javoni to‘la bo‘lmasdan turib ham did bilan kiyinish mumkin. Yangi chiqqan
zamonaviy
libos ketidan quvish emas, balki siz uchun zarur bo‘lgan narsa haqida
o‘ylab ko‘rgan ma’qul. Zamonaviy moda mato turlarining yangiligi, uning tusi bilan
ham belgilanadi.
Jiddiy erkaklarga nisbatan ayollar zamonaviylik masalalarida ko‘proq
qayg‘uradilar. Erkaklarga nisbatan ayollar modasi o‘zgaruvchanroqdir.
Yubka va
kamzullar bir kaltalashib ketsa, bir-ikki yildan so‘ng – uzunlashib ketadi. Ko‘ylakda
ba’zida belni ko‘rsatib turadigan holatlari paydo bo‘lsa, ba’zida aksi bo‘ladi.
Erkaklarga nisbatan matolarning rangdor tuslari va fakturasi turli-tumandir va, albatta
turli xil zamonaviy ziynatlar ham ayollar uchundir. Ammo erkaklar umuman
zamonaviylikdan yiroq desak noto‘g‘ri bo‘lar edi.
Kuchli jins sohiblarining
zamonaviylikka bo‘lgan qiziqishi – oxirgi yillar yetarli darajada salohiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: