Al-Bukhari Universiteti Pedagogika va Boshlang'ich fakulteti bt-1-8 guruh talabasi Isaqova Nilufar ning Psixologiyadan taqdimoti


Download 5.67 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi5.67 Kb.
#1537643

XULQ-ATVORNING PSIXOFIZIOLOGIK ASOSI. ONGNING TARAQQIYOTI VA ONGSIZLIK

Reja:

1. Xulq-atvorning psixofiziologik asosi.

2. Ong va uning taraqqiyoti.

3. Psixologiyada ongsizlik muammosi.

Hozirgi zamon fanida jadal rivojlanib, katta qiziqish uyg‘otayotgan va inson sir-sinoatlariga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bo‘lgan soha asab tizimini tadqiq etish hisoblanadi. Organizmning yaxlit tuzilma sifatida faoliyat ko‘rsatishini nerv hosilalarining to‘plamlari ta’minlab beradi. Asab tizimi markaziy, periferik va vegetativ bo‘limlardan iborat. Markaziy asab tizimi (MAT) bosh va orqa miyani o‘z ichiga oladi. Miya organizmda boshqaruvchi vazifasini o‘taydi va psixomotor faoliyatni ta’minlab beradi. Bundan tashqari, miya fikrlarimizni mahorat bilan boshqarib, inson organizmining beshta asosiy tuyg‘ulari – ko‘rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish va sezishni nazorat qiladi. Periferik asab tizimi – nervlar va nerv tugunlaridan iborat. Periferik nervlar majmuasi yurak, o‘pka, ovqat hazm qilish tizimi va boshqa ichki organlar, tomirlar va to‘qimalarni ta’minlaydi, bularning barchasi vegetativ asab tizimini tashkil etadi. Uning faoliyati inson iroda kuchiga bog‘liq bo‘lmaydi

Amerikalik olimlar (R. Xayer va boshqalar) erkaklar va ayollar turlicha fikr yuritishlarini aniqladilar. Miya anatomiyasini tadqiq etish orqali erkaklar ko‘proq kul rang moddani, ayollar esa oq moddani faollashtirishlari ma’lum bo‘ldi. Boshqacha aytganda, tafakkur jarayonida kuchli jins ayollarga nisbatan kul rang moddadan 6,5 marta ko‘proq, go‘zal jins vakillari esa oq moddadan 10 marta ko‘proq foydalanar ekan

Rivojlanib kelayotgan miyaga tabiat yuqori darajadagi mustahkamlik zahirasini joylaydi, va natijada, ko‘p miqdorda ortiqcha neyronlar hosil bo‘ladi. Ularning taxminan 70% bolaning tug‘ilish davrigacha nobud bo‘ladi va bu jarayon tug‘ilgandan so‘ng ham, umri bo‘yi davom etadi. Hujayralarning bunday nobud bo‘lishi irsiyat tomonidan oldindan belgilab berilgan bo‘ladi. Neyronlar o‘ta egiluvchandir. Egiluvchanlikning ma’nosi shundan iboratki, nobud bo‘lgan asab hujayralarining vazifalari ularning o‘z hayotchanligini saqlab qolgan «hamkasblari» zimmasiga yuklanadi, ularning o‘lchamlari kattalashgani hisobiga yo‘qotilgan vazifalarning o‘rni to‘ldiriladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh miyadagi neyronlarning 90% ga yaqini nobud bo‘lmagunicha, kasallik belgilari namoyon bo‘lmay, inson sog‘lom ko‘rinishini saqlab qolar ekan. YA’ni, bitta tirik asab hujayrasi to‘qqizta nobud bo‘lgan hujayralarning o‘rnini bosishi mumkin ekan.

Hayvon va odam tafakkurining bir-biridan farq qilishi ular tili o‘rtasidagi farqqa bog‘liqdir. Inson abstrakt tafakkurga, hayvon esa amaliy tafakkurga ega. Odam zaruriyatga mos ravishda ongli suratda ish ko‘rish qobiliyatiga ega. Qurol yasash va uni asrash qobiliyatiga egalik odam psixikasi bilan hayvon psixikasining bir-biridan ajratuvchi ikkinchi muhim farq hisoblanadi. Konkret vaziyatdan tashqarida hayvon hech vaqt qurolni boshqa narsalardan farqlab, qurol sifatida ajratmaydi va uni keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo‘ymaydi. Aniq vaziyatda qurol o‘z rolini o‘tab bo‘lgach, shu zahotiyoq, hayvon uchun qurollik sifatini yo‘qotadi. Odam ilgaridan o‘ylab qo‘yilgan reja bilan qurol yasaydi, quroldan tegishli maqsadlarda foydalanadi hamda uni saqlab qo‘yadi.

Ong bu – obektiv borliqni aks ettirishning yuksak faqat insonga xos bo’lgan shaklidir. Ong uzliksiz almashib turadigan aqliy va xissiy jarayondir. Binobarin xissiy xolatlar baz’zi miyasi rivojlangan hayvonlarda ham kuzatish mumkin. Masalan: it, delfin, maymun va boshqalar. Inson hayvonlarni obektiv olamni anglashi nima bilan farq qiladi?

Inson va hayvonlar psixikasining tuzilishi jihatdan bir xil bo’lishi mumkin lekin aynan psixik obrazlarni tashkillashtirish mexanizmi va ular bilan munosabatga kirishuvchi jarayon insonda shunday fenomen ya,ni ong borligini bildiradi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 5.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling