Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Ishxonada. Yangi xodimni jamoaga rahbar tanishtiradi. Eski xodimlar yangi
kasbdoshlarni ishning jarayoni bilan tanishtiradilar va o‘zlarini to xodim «joylashib» olguncha sharoit yaratishga harakat qiladilar. Ba’zi bir xodimlar o‘rtasidagi barcha 36 og‘ir munosabatlar, hamda o‘zaro arazlar haqida yangi xodimga «yetkazish» shart emas. Bir jamoa munosabatining shakli ularning o‘zaro do‘stona layoqati hamda oldindan mavjud rusmlarni ushlash darajasiga bog‘liq. Ammo har qanday holatda ham do‘stingiz familiyasini aytib murojaat qilishingiz noto‘g‘ri. Ish vaqtida xizmatga doir vazifalarni bajarayotganda o‘zingizni idorangiz nomidan tanitasiz, shunga ko‘ra hamma vaqt ham ism, familiyani aytish shart emas. Dam olish maskanidagi hayot tanishishning nisbatan oddiyroq shaklini taqozo etadi. «Kitobingizni ko‘rsam maylimi?» deb boshlangan murojaatning o‘zi yaqin munosabatga asos bo‘la oladi. Bunday holatda qo‘shni stol va hamxonaningizga o‘zingizni tanishtirishingiz maqsadga muvofiq. Umumiy tanishuv hamda do‘stona kayfiyatni paydo qilishda ba’zi oromgohlarda bo‘lgani kabi «tanishuv kechalari» o‘tkazish yaxshi qo‘l keladi. O‘zaro tengdoshlar – qizlar va bolalarning tanishuvida ismning o‘zi yetarli. Mana sizni tanishtirishdi. O‘zingizni endi qanday tutasiz? Agar sizni tanishtirayotgan kishi ismi-sharifingizni aytgan bo‘lsa, ko‘rishish uchun qo‘lingizni uzatayotib, buni qaytarishingiz shart emas. Birinchi bo‘lib tanishishga taklifni qabul qilgan odam uzatadi, ya’ni ayol kishi erkak kishiga, katta – kichikka, rahbar – xodimga. Tanishtirilgan Shahs to unga javoban ko‘rishishga qo‘l uzatmagunga qadar qo‘l uzatmaydi. 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar kattalar ko‘rishayotganda turib ko‘rishadilar. Uy bekasi yoshi va jinsidan qat’i nazar o‘rnidan turib ko‘rishishi lozim. Agar taklif qilinganlardan biri kechikib kelsa, mezbon birvarakay uni hamma bilan tanishtiradi va joyga o‘tkazadi. Kechikib kelgan odamning o‘zi keyinroq stol atrofdagilar bilan tanishib olishi mumkin. Ko‘chada sizga notanish ayol bilan ketayotgan tanishingizni ko‘rib qolgan paytda, ayolga qarab bosh bilan ta’zim qilib, bir chetga o‘tasiz, ko‘rishishni esa tanishingizga qo‘yib bering – kerak bo‘lsa uning o‘zi sizni tanishtiradi. O‘zini boshqalarga tanitish ham bir san’atdir. Bunday vositachisiz tanishish qiyinroq bo‘lib, juda odob saqlashni talab qiladi. Odobli kishi istagan vaqtda o‘zini tanita oladi. Tanishi uchun yo‘l ochib beradigan vositalar juda ko‘p. Tanishish mulozamat bilan eshik ochish, tushirib yuborilgan narsani olib berish va Shu kabilardan boshlanishi mumkin. Shuning o‘zi gaplashib kyetishga va keyinchalik tanishishga sabab bo‘ladi. Ismi-shariflar haqida gap ketadigan bo‘lsa, bu borada yaxshi xotiraga ega bo‘lish odamni vaziyatdan olib chiqib ketadi. Bir ko‘p yillardan so‘ng biz tezda yodga olgan ismning egasi xursand bo‘ladi. Ammo begona ismlar tezda xotiradan uchib ketadigan vaziyatlar juda ko‘p. Bunday holatda nuqsonni bildirmaslikka harakat qiling. Ammo agar siz bu vaziyatdan chiqish yo‘lini topa olmasangiz: «Uzr yodimdan ko‘tarilibdi» deb tan olishga to‘g‘ri keladi. Bu vaziyatdan hazil yoki ishonchlilik orqali chiqib kyetish mumkin. Yomon xotirada qayta tanishishga to‘g‘ri 37 keladi. Bunda «Biz tanishmiz» degan javobni eshitmaslik uchun o‘z ismi-sharifini aytib so‘rashmagan ma’qul. Boshqa tarafdan, bizni tanimay hayron bo‘layotgan yaqinimizga quvonch va ehtiros bilan tashlanar ekanmiz: «meni taniyapsizmi?» deb uni qiynamaganimiz ma’qul. Bundan u noqulay bo‘lishi mumkin. Ammo «biz falon joyda tanishgandik» degan ma’noda so‘z orasida silliq qilib eslatib ketganimiz durust. Bu uni kim bilan gaplashayotgani haqida eslashga yordam beradi. Ishxonada ham ayol ayolligini yo‘qotmaydi. Odobli erkak ayol kishiga joy beradi va turli xil achchiq hamda qo‘pol so‘zlardan o‘zini tiyadi. Ammo barcha mulozamat turlari asosiy narsaga – ishni borishiga xalaqit bermaslik lozimdir. Erkak ishlayotgan bo‘lsa, ayol uchun o‘rnidan turib paltosini olib berishi shart emas. Ammo garderobda birga bo‘lib qolishsa, kiyishga yordam berishi shart. Ayol kishi ham o‘z o‘rnida, agar ishxonada erkak kishi o‘zini og‘irroq tutsa, shikoyat qilmasligi, erkak kishi ishlab o‘tirgan bo‘lsa, faqat ayol turgani uchun o‘rnidan turishni talab qilmasligi lozim. Ayollar! Ish sharoitida o‘z ayollik latofatingizni suiste’mol qilmang. Ish muammolarini ko‘z yoshi bilan hal qilishga intilmang. Va yana bir maslahat. Ish stolni chiroyli sumkalar, shlyapa va atir-upalar chiroyli ko‘rsatmaydi. Ular uchun boshqa joyni topgan ma’qul. Telefon go‘shagini ko‘tarayotib «Bu kim?» deb qiziqmang. Buni faqat kotiba muloyimlik bilish imkoniyatiga ega. «Kim so‘rayapti?» deb so‘rash mumkin. Ayni paytda telefon suhbatlariga doir bir narsani aytib o‘tiz joiz. Imkon qadar ishxonada telefonda kamroq va qisqaroq so‘zlashish lozim. Ammo agar iloji bo‘lmasa, buni yarim ovozda ham qisqaroq shaklda olib borish mumkin. Ishxonadagilarni yo‘qotilgan kalit yoki tikuvchi bilan bo‘lgan uchrashuvga doir masalalar bilan boshlarini qotirmang. Ishxonadagi alohida jamoa o‘rtasida xodimlar tug‘ilgan kunlarini nishonlash rusmga aylanib qolgan. Rusm bo‘lgani o‘z-o‘zidan yaxshi, ayyom qanchalik tor doirada bo‘lsa, shuncha yaxshi. Tabriklar qabul qilayotgan ayyom sababchisi o‘rnidan turadi. Bunga javoban oddiy o‘tirishni taklif qilish mumkin: kofe, shirinlik. Haddan ziyod mehmondorchilikka berilmaslik ma’qul. Ish sharoitida bu noqulayliklarni tug‘diradi va keyingi tug‘ilgan kun egasini «qiynab» qo‘yishi mumkin. Aynan mana shunday vaziyatlar chiroyli rusmlarni falokatga aylantiradi. Agar sovg‘a sifatida shirinlik olgan bo‘lsangiz, atrofdagilarni u bilan mehmon qiling. Rahbarning tug‘ilgan kunini mavjud muassasining rusmiga qarab nishonlanadi. Rahbarni tabriklashning eng mos shakli – uning ish stoliga gullarni qo‘ymoqdir. Lekin baribir xodimlar rahbarga sovg‘a qilishni istasalar, unda eng yaxshisi – o‘rtame’yona, qimmat bo‘lmagan, masalan, shirinliklar, kamyob mevalar, kuldon yoki stol uchun mayda-chuyda narsalar, albom, kitoblar sovg‘a qilish mumkin. Yaxshi tashkillashgan, kirishimli jamoalarda karmon, portfel yoki qo‘lqop ham hadya qilish mumkin. Muassasa rahbari ayniqsa, yoshroq bo‘lsa, yoshi ulug‘ xodimlar va ayollar bilan birinchi bo‘lib ko‘rishadi. Bo‘limga kirib kelgan rahbar 38 birinchi bo‘lib so‘rashadi. Bu qoidada istisno jihatlar mavjud emas. Xodimlar javob beradi, ammo o‘rinlaridan turmaydilar. O‘zining xonasida rahbar oldiga bir masala bo‘yicha kelgan ayol xodim uchun o‘rnidan turmaydi. Suhbat uzoqqa cho‘zilgan taqdirda, rahbar xodimga o‘tirishni taklif qilishi mumkin. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling