Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Rasmiy murojaatlarda «xonimlar va janoblar» deb jamoatga murojaat
qilinadi.Rasmiy murojaatlar mehnat jamoasida rahbarga, ishlab chiqarish korxonalarida yetakchi mutaxassisga, ta’lim muassasalarida ta’lim beruvchi ustozga, harbiy va huquq tartibot organlarida unvoni katta zobitlarga, davlat ahamiyatiga 39 molik tadbirlarda jinsga qarab yoki barchaga rasmiy murojaat qilinadi. M: Yakka Shahsga nisbatan janob Toxirov deb murojaat qilish mumkin. Agar familiya ishlatilmasa janob direktor, direktor xonim deb murojaat qilish maqsadga muvofiq. O‘rtoq Abdullayev, o‘rtoq general, ya’ni “o‘rtoq” so‘zi harbiylar qo‘llaydilar. Elchilar hamda yuqori martabali insonlarga nisbatan “Janobi oliylari” deb murojaat qilinadi. Rasmiy munosabatda faqat sizlab gaplashiladi. Rahbarning qo‘l ostidagi barcha kishilar bilan bo‘lgan munosabatida ham, 9 yoshdan yuqori bo‘lgan maktab o‘quvchilardan tortib, talabalar bilan bo‘lgan munosabatda ham, notanish insonga murojaat qilganingizda ham sizlab murojaat qilinadi. Ishonchli munosabatlarda yaqin insonlar, qarindosh urug‘, hamqishloq, vatanishlarga qilinadigan munosabatlarga aytiladi. Bunday munosabatlarda «Sen» deb faqat oilada yoki yaqin munosabatlarda murojaat qilish mumkin. «Amaki», «xola», «tog‘a», «opoqi», «kelinoyi» va boshqa qarindoshlar o‘rtasida shevadan kelib chiqqan holda murojaat qilish mumkin. «Yaxshi yigit» yoki «yaxshi qiz» degan so‘zlar yoshlarga qarata qo‘llaniladi. Jamoat joylarida kasbi kor daraja hamda yoshga qarab shofyor, doktor, o‘quvchilar,talabalar, yo‘lovchilar, qizlar, yigitlar, bolalar kabi nomlarni ishlatish mumkin. Intim, ya’ni yaqin munosabatlarda «azizim, jonim, begim, oyim, yulduzim» kabi murojaatlarni uchratamiz. Egasiz murojaatlar munosabatda – “Kechirasiz falonchi ko‘cha qayerda?”, “Aytib berolmaysizmi soat necha bo‘ldi?”, “Ruxsat bersangiz kirsam”va boshqalar. Intim murojaatlarda shahsga nisbatan chiroyli, yoqimli, erkalash ma’nosidagi so‘zlardan foydalangan holda murojaat etiladi: “Azizim”, “Mehribonim”, “Jonim”, “Begim” kabi so‘zlardan o‘rinda va samarali foydalanish zarur. Murojaatning bu turi insonning didli va farosatli ekanligini ham belgilaydi. Biroq ushbu so‘zlarni bemavrid ishlatish insonni bachkanalikka olib keladi. Ayniqsa, «jonim” so‘zini barchaga nisbatan ishlatish aslo mumkin emas, bu so‘z faqatgina nikohdan o‘tgan, hayotini bir- biri bilan bog‘lagan kimsalarga nisbatan ishlatilsa maqsadga muvofiq. Nomsiz murojaatlardashahsni kim ekanligini yaqindan bilish katta ahamiyatga ega emas. Bunday murojaat qisqa mazmunda bo‘lib, biror noma’lum ob’yekt yoki sub’yektni aniqlash, u haqda muayyan ma’lumot olish uchun qo‘llaniladi. Masalan, “Kechirasiz, Olmazor ko‘chasini ko‘rsatib yuborsangiz?” “Hurmatli yo‘lovchilar yo’l haqini o‘z vaqtida to‘lashni unutmang” “Doktor bolamni ko‘rib qo‘ysangiz, issig‘i tushmayapti “singari murojaatlarda Shahsning aniq ismi ko‘rsatilmasada, u haqdagi ma’lumotlar va aytiladigan fikrlar tushunarli bo‘ladi. Aslini olganda, O‘zbekistonda murojaatning aniq bir shakli yo‘q. Ko‘p holatlarda har bir joyning o‘zidan kelib chiqib, shevaga hamda urf-odatga asoslangan holda murojaat qilinadi. Yangi tanishgan odam bilan munosabatda tushunmovchilikdan saqlanish uchun tashrifnoma juda qulaydir. Chet mamlakatlarda tashrifnoma juda keng qo‘llaniladi. 40 Ularning raqamlari hamda o‘lchamlari qat’iy qoida bilan cheklanmagan. Inson o‘z tashrifnomasini tutqazar ekan, kelajakda shahsiy hamda ish bilan bog‘liq aloqani qo‘llab-quvvatlayotganini bildiradi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling