Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
CHEKISH - ko‘chada, kinodan, teatrdan chiqqanda, sayr paytida chekishi 
mumkin. Birovning uyida uy egasi sigaret taklif qilgan taqdirdagina ruxsat so‘rab 
chekish mumkin. Har qanday kashandani yonida o‘z sigaretasi bo‘lishi lozim. Ayol 
erkakka gugurt tutmaydi. Bizga olov yoqmoqchi bo‘lgan odamning qo‘lidan gugurt 
yoki zajigalka olinmaydi. Kim birinchi gugurt yoki zajigalka yondirgan bo‘lsa, o‘sha 
boshqalarga ham olov tutadi. Olov uzatayotganimizda, og‘zimizdagi sigaretni 
qo‘limiz olamiz va kuldonga qo‘yib turamiz. Kulni faqat kuldonga tashlang! Na 
idishga, na gazonga, na batareyalar tiriqishiga va na yasatilgan vazalarga tashlamang. 
Agar kuldon bo‘lmasa, olib kelishlarini iltimos qiling. Cho‘g‘i bor sigaretni mebelda 
qoldirmang. Og‘izda sigaret bilan salomlashish yoki gaplashish yaramaydi. Hattoki 
tasodifan ham sigaret tutunini ham yoningizdagiga burqsitib yubormang.
 
SHAXSNING AXLOQIY MADANIYATI- individ tomonidan axloqiy ong 
orqali jamiyat madaniyatini idrok yetish darajasi; axloq talablari inson hatti-
harakatlari jamiyatning shakllantiruvchi ta’siri ostida qay darajada chuqur va uyg‘un 
ekanligi ko‘rsatkichidir. Turli omillar ta’siri ostida: hayotiy tajriba va tarbiya; bilim 
va san’at shaxs jamiyatning axloqiy madaniyati yutuqlarini turli darajada o‘z ongi va 
hatti-harakatlarida jamlaydi. Sh.a.m. murakkab dastur bo‘lib, o‘z ichiga insoniyatning 
Shunday tajribasini oladiki, unga ko‘ra inson an’anaviy vaziyatlarda axloqan ish 
yuritadi, hamda ongning ijodiy elementlarini –axloqiy aql, intuitsiyani ham o‘z ichiga 
oladi va ular yordamida muammoli vaziyatlarda axloqiy qarorlar qabul qila oladi. 
 
HAYO – shaxsning axloqiy o‘zini-o‘zi anglashi ko‘rinishlaridan biri; hayo
tuyg‘usida insonning o‘z hatti-harakatlarini, axloqiy sifatlari va motivlarini anglashi 
tushuniladi. Inson o‘z hatti-harakatlarining axloqqa zid ekanligini mustaqil ravishda 
yoki bo‘lmasa atrofdagilarning qoralashi natijasida anglab yetishi mumkin. Hayo 
vijdon bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Vijdonsiz odamlarda hayo bo‘lmaydi. Shu bilan 
birga, hayoning vijdondan farq qiluvchi jihatlari ham mavjud. Hayo qo‘proq tashqi 


240 
muhit bilan bog‘liq bo‘ladi. Hayo tuyg‘usi insonning o‘z hatti-harakatlarini boshqalar 
nuqati nazaridan baholashi bilan bog‘liq bo‘ladi. Hayo tuyg‘usi ma’naviyatli va 
ma’naviy yuksak insonlarga xos axloqiy fazilatdir.
OHANG- so‘z va gapning libosi bo‘lib, bu til va nutq birliklari qanday ifoda 
etilishiga ko‘ra, uning ma’nolari ham o‘zgarib turadi. Shuning uchun ham “gap 
so‘zda emas, ohangda, qaysi so‘zning qanday talaffuz etilishida”- deydi taniqli 
so‘zshunos V.G.Belinskiy. 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling