Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayollar haqida.
Oyoq kiyim qanday tanlanadi. Jiddiy kostyumlarga to‘q jigarrang va qora
rangdagi, qulay va sifatli oyoq kiyimlar mos keladi. Och jigarrang yoki jigarrang oyoq kiyimlar qora kostyumga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Biroq qora oyoq kiyim jigarrang kostyumga mosdir. Qalin taglik, qo‘pol sportiv botinkalar tantanali chiqish uchun mo‘ljallangan kiyimlarga to‘g‘ri kelmaydi, faqatgina sportiv kiyimlar bilan yaxshi ko‘rinadi. Ayollar kiyadigan jinsi matoli kiyimlarga baland poshnali yoki chiroyli tuflilar emas, faqat sport oyoq kiyimlar bilan yaxshi turishini bilishlari zarur. Biroq bashang shimlarga bashang oyoq kiyimlar bo‘lishi kerak. Ayollar haqida.Jozibali ayol yoshi, o‘z darajasi, ma’lum holatlarga nisbatan doimo mos ravishda o‘zini tutadi va kiyinadi. Tashqi ko‘rinishda jozibalilikka erishish zamonaviylikka nisbatan zehn bilan yondaShuvdadir. Zamonaviy kiyingan ayol deganda o‘ta yorqin va qimmatbaho libos bilan o‘ziga jalb qiladigan ayol nazarda tutilmaydi Zero, bashanglik libosning qimmatbaholigidan emas, balki nafislik va yuksak diddan iboratdir. Zargarlik do‘konidagi rastalarga o‘xshab, o‘zini qimmatbaho taqinchoqlarga ko‘mib tashlash kulgulilikdir. Ayolning kostyumi, uni kiya olish qobiliyati ayol kishining botiniy madaniyatiga, badiiy didning darajasiga bog‘liqdir. Bu uning iste’dodini zamonaviylikka harbiy buyruqqa kabi ko‘r-ko‘rona taqlid qilish qoidasi emas, balki xayolotni o‘yiniga turtki beruvchi shunchaki ijodiylik sifatida qabul qilishiga bog‘iqdir. Aqlli ayol o‘z tanlovining imkoniyatlarini bir muncha kengaytirish maqsadida zamonaviylikdan bir oz qolib kyetishdan yoki undan o‘zib 55 kyetishdan qo‘rqmaydi. Va oxir oqibat u barcha mavjud imkoniyatlardan ayollik fazilatini yorqin ifodalay oladigan va illatlarini berkitadigan variantlaridan birida to‘xtaydi. Barcha holatlarda ayollik fahm-farosatining qobiliyatini o‘stirish va uni tarbiyalash uchun modalar jurnalini doimiy ravishda kuzatib borish yetarli emas. Buning uchun badiiy ko‘rgazmalar, teatr kabi san’atga bog‘liq joylarda bo‘lib turish, ko‘chadagi turli-tuman odamlarni kuzatish, musiqa tinglash, odamlar orasida bo‘lish, xullas, ichki didni boshqalar didi bilan solishtirish va rivojlantirish zarur. Bundan tashqari, ichki, ruhiy ayollik latofatini o‘zida rivojlantirmoq lozim. Buning uchun esa yuksak darajadagi badiiy kitoblarni o‘qishni, bolalarga hayrihohlik bilan jilmayishni, yoshlikdan uzoqlashayotgan qalbni qanday u ta’sirchan yoki qattiq bo‘lmasin, yumshatishni maslahat beramiz. Ayolga xos bo‘lgan nazokatni tabiatdan olishga harakat qiling: tabiatning rangbarang bo‘yoqlariyu, tizmalari va uning ohangini ko‘ra bilishni o‘rganing. Va albatta ayol kishini muhabbat yanada go‘zallashtiradi. Hayotning ikir-chikir tashvishlariyu qiyinchiliklariga qaramasdan sevishni o‘rganing. Muhabbatsiz go‘zallik tez so‘nadi. Biz esa «Go‘zallik dunyoni qutqaradi» degan naqlni unutganimiz yo‘q. Dunyoni saqlab qolish uchun doimo go‘zal bo‘lishga intiling. Bunga esa agar istasa, har qanday ayol tinimsiz o‘z ustida ishlash orqali erishishi mumkin. Agar u kunda o‘zining tabiatini tarbiyalab borsa. Agar u o‘ziga va qalbiga oz bo‘lsa ham erinchoqlikka yo‘l bermasa. Agar o‘z-o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lsa. Agar odamlarni hurmat qilishni, sevishni va ularga nisbatan rahm-shafqatli bo‘lishga o‘zini o‘rgatsa. Agar o‘z didini rivojlantirib, aqlini charxlasa. Agar yaqinlarini egovlab, ularni janjal bilan qiynamasa, o‘ziga o‘zi hadeb achinavermasa, va shikoyatchiga aylanmasa. Aynan mana shulardan keyingina ayol kishiga xos bo‘lgan latofat boshlanadi. Va hech qanday bashang liboslar uning aksini berkita olmasligini unutmang. Jizzakilik, g‘azab, surbetlik, qo‘pollik, hasad, xo‘jayinchilikka bo‘lgan ehtiros va boshqa inson gunohlarini (afsuskiy ayollarga xos bo‘lgan) qimmatbaho va yaltiroq lattalar bilan berkitib bo‘lmaydi. Uyda ayniqsa ayol kishi uyda chiroyli kiyinishi lozim. Bunda rangi o‘chib ketgan, tor yoki osilib ketgan kiyimlar kiyish nojoizdir. O‘zimizga mos tarzda kiyinishimiz to‘satdan mehmonlarni kirib qolishini aytmagan holda, yaxshi kayfiyat bilan yurishga kerakdir, Ro‘zg‘or masalasini hisobga oladigan ayollar, eskirgan liboslarni yaxshi uyda kiyadigan kostyumga aylantirishlari mumkin. U nafaqat qulay, balki zamonaviy bo‘lmog‘i ham lozimdir. Ayol kishining shalviragan kiyimlarni kiyishi yoki eskirgan kiyimlarga qayta ishlov bergach, uni «uy kiyimiga ko‘zi qiymay» shkafga ilib qo‘yuvchilarni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling