Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Aksessuarlar. Zamonaviy ayollarning kiyimlari uning hayot tarziga, yoshi va 
qiziqishiga mos bo‘ladi. Libosni akssesuarlarlar – taqinchoqlar, sharf, bosh kiyim
sumkalar va oyoq kiyimlar «ko‘rsatadi». Ularning turli-tumanligi mos variantlarning 
topilishi va uyg‘unligini osonlashtiradi. Did bilan tanlangan jihozlar uning 
zamonaviy, bashang ko‘rsatishga imkon berib, uning uslubini ta’kidlab turadi. 
Shubhasiz, tabiiylik va go‘zallik doimo va bundan keyin ham eng zo‘r bezak bo‘lib 
qoladi. Ammo ayollik latofatini uning soch turmagi va oyoq kiyiming o‘zi ham 
baholaydi. Misol uchun, yeyilib ketgan poshna – bashanglikning dushmanidir. 
Yirik, ko‘zga tashlanadigan aksessuarlar, katta sumkalar, kostyumning yirik 
ziynatlari, silliq va yorqin rangdagi kalta, yirik kashtalar, katta hajmdagi bosh 
kiyimlar – bu faqat yirik, «qalin suyak» ayollargadir. Sarvqomat, o‘rta bo‘ylik 
ayollar bunday xunuklashtiradigan narsalardan chetlab o‘tgani ma’qul. Bu uni 
bachkalanishtirishi mumkin. 
Kumushdan yasalgan ziynatlar, garchi ularda yarim-qimmatbaho toshlar bo‘lsa 
ham, bashang zeb-ziynatlar hisoblanmaydi, agar ular zargarlik san’atining durdonasi 
bo‘lsa, unda bu istisno. Bunday holatda ziynatni norasmiy yoki «uy» kiyimiga 
moslab tutish mumkin. Kumushdan yasalgan zargarlik buyumiga tog‘ billurining 
shaffof yoki tuslisi qo‘yilgan bo‘lsa, unda faqat rasmiy sharoitda tutib yurish 
mumkin. Bu qoida oltin yoki uning suvi yugrizilgan ziynatlarga taalluqli. 
Kumush bilan oltin ziynatlarini baravar taqish mumkin, agar ular did va farosat 
bilan uyg‘unlashgan bo‘lsa. Masalan, oltin va kumush zanjirlar to‘q rangdagi libosni 
go‘zallashtirish mumkin, lekin kumush shodalar bilan oltin bilakuzuk taqish 
nojoizdir. Ziynatlar to‘plami odatda sovg‘a tarzida tuhfa qilinadi. Ular o‘zida 
shodalar bilan uzukka qo‘shib unga mos bo‘lgan rusmdagi bilakuzuk yoki uzukni 
taqozo etadi. Ularni birvarakay barchasini taqib olish didsizlikdan dalolat beradi. 
Muhimi ularning ko‘pligi emas, balki sizni «ochishidir». Bunday ziynatlarni taqsimab 
ishlatgan ma’qul. Bo‘yin shodasini uzuk bilan, ziraklarni bilakuzuk bilan taqing. Ular 
bilan siz nikoh uzugina taqib olishingiz mumkin. Agar ikki yoki uch uzukni taqib 
yurilsa bu didsizlik hisoblanadi.
Zamonaviylik doimo o‘zgarib turadi, shu sababli uning injiqlariga qaramasdan 
bir qoidani yodda tutish lozim – hamisha oshirib yuborishdan saqlanish. Zero, kiyim 


58 
va ziynatlarda me’yorni saqlay olmaydigan odamdan ko‘ra bir oz oddiyroq ko‘ringan 
yaxshiroqdir. Ijodkor-modeler doimo sarvqomat, go‘zal va yosh ayollarga mo‘ljallab 
liboslar o‘ylab topishini unutmangiz. Bunga isbot tariqasida moda jurnallarining 
sahifalarini keltirish mumkin.
Yoshi o‘tgan, to‘lishgan yoki semiz ayolning o‘n sakkiz yoshli qizlarga o‘xshab 
kiyinishga harakat qilishidek ayanchli holat yo‘q. Oynaga qarar ekansiz o‘zingizga 
nisbatan ob’ektivlilik bilan, o‘zingiz istagan obrazning ilk shaklini talab qilgan holda 
baholash joiz. Bunda o‘zini har tomondan diqqat bilan kuzatib chiqib, tanqidiy 
jihatdan yondashishga harakat qilmoq kerak. Qarshingizda turgan «notanish ayol» 
sizga yoqayotgan bo‘lsa, demak tayyorsiz. Aks holda, hammasini boshqatdan 
boshlagan ma’qul. 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling