Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Qo‘llar. Ko‘pchilik o‘z qo‘llarini qanday tutishni bilishmaydi. Biror narsani 
yulish, barmoqlar bilan stol yoki stulni taqillatish, bosh yoki quloqni qashish, qo‘lni 
qarsillatish, jag‘ni, peshonani yoki burunni ishqalash, tirnoqlarga hadeb qarayverish 
kabi odatlarni tashlab, bo‘sh qo‘llarni o‘z joyida tutish kerak. Ovqatlanish vaqtida 
qo‘l kaftlari stolda turadi. Boshqa inson bilan muloqotga kirishganda mumkin qadar 
qo‘l bilan turli imo-ishoralar qilmaslik kerak.
Kundalik turmishimizda so‘zlar va tushunchalarni ta’kidlash uchun ba’zidagina 
qo‘lni harakatlantirish mumkin. Masalan, “Marhamat o‘tiring”, “marhamat 
tanishing”, “Siz bilan tanishtirsam maylimi?” kabi tushunchalarni qo‘llash mumkin.
Rus xalqida shunday maqol bor: “O‘ng qo‘l – o‘ng qo‘l, chap qo‘l - yurak”
21

Ayrim xalqlarda, masalan tojiklarda qo‘l berib so‘rashganda ikki qo‘li bilan 
so‘rashadi. Chunki bitta qo‘l berganida hurmatsizlik belgisi hisoblanadi. Shuning 
uchun hurmat yuzasidan ikki qo‘l bilan so‘rashishadi
22

Suhbat vaqtida og‘izni qo‘l bilan berkitish, suhbatdoshning yelkasini qoqib 
qo‘yish, uning kiyim tugmasiga tegaverish, yengidan ushlab turish, qo‘l yoki tirsak 
bilan turtish odobsizlik hisoblanadi. Biror tanish kishining qiyshaygan yoqasini 
tuzatib qo‘yishda, kiyimiga yopishgan ip yoki qilni olib tashlashda ham undan ijozat 
so‘raladi. 
Biror narsani qo‘lni nayza qilib ko‘rsatish odobdan emas. 
Yo‘talganingizni, aksirganingizni, burun qoqqaningizni mumkin qadar kishiga 
sezdirmang, buning uchun albatta dastro‘mol tuting. Aksirgan kishiga “sog‘ 
21
Максимов С.В. Русский человек в гостях// Задушевное слово. 1866, Т.12, стр. 417. 
22
Салибаев В.Х., Алиев С.Н. Об особенностях коммуникативного поведения таджиков.// НКСР, стр. 130. 


67 
bo‘ling”deb aytiladi. Suhbatdoshingiz oldida aslo esnamang va xo‘rsinmang, chunki 
bular zerikish alomatidir. 
Og‘izni katta ochib kulish yaramaydi. Qahqaha urib kulish ham yaxshi emas, 
chunki har qanday shovqin atrofdagilarni o‘ziga jalb qiladi. Eng yaxshisi samimiyat 
bilan kulishdir.
Ko‘rkam yurish, qaddi-qomat, nazokatli ishoralar ham ayolni, ham erkakni 
yanada ko‘rkam ko‘rsatadi. Juda ham kam holatlardagina biz nazokat bilan qaddi-
qomatni tutish hamda yurishni tabiat ehsoni sifatida qaraymiz. Ko‘proq bu sifatlar 
qiyinchilik bilan kasb qilinadi. Ularni o‘zida tarbiyalash uchun sport, ritmika bilan 
shug‘ullanish lozim. Bu qiz bolalar uchun juda foydalidir, buni ota-onalar yodda 
tutsinlar. Chiroyli yurish, qaddi-qomatni tutish, yengil va go‘zal ravishda 
zinapoyalarda chiqish yoki tushish hamda nafosat bilan o‘tirishni o‘rganish lozimdir. 
Ayniqsa ayol oynada qanday qilib divan, stul yoki o‘rindiqda o‘tirganini kuzatishi 
kerak.
Ba’zi holatlarda juda bunga pastlik qiladigan o‘rindiqlarda o‘tirgan ayollar 
oyoqlarini chalishtirib oladilar. Bunday vaziyatda ularni chalishtirmasdan, 
birlashtirib, tizzalarini bir tomonga sal og‘dirib o‘tirgan ma’qul. Mashinaga 
o‘tirayotgan ayol unga to‘g‘ri kirib ketmaydi, balki o‘rindiqni uchiga omonat o‘tirib, 
keyin oyoqlarini yig‘ib oladi, chiqayotganda esa aksincha, avval oyoqlarini yerga 
qo‘yib, so‘ng ko‘tariladi. Boshni haddan tashqari baland ko‘tarmaslik, yoki aksincha 
egib o‘tirmaslik lozim– hamma joylarga zimdan alanglash-ku undan ham yomon. 
Yoshlar qo‘lini qaerga qo‘yishni bilmaydi. 
Qizlar sumkalariga tayanishadi, o‘g‘il bolalar esa bu masalada bir muncha 
qiynalishadi. Yang yaxshisi – qo‘lni cho‘ntakda saqlash, lekin bu odobga to‘g‘ri 
kelarmikan? Juda bo‘lmaganda, bir qo‘lni ustki kiyim cho‘ntagiga solib, ba’zi-
ba’zida uni chiqarib turmoq mumkin. Shimning cho‘ntaklariga esa qo‘lni faqat, zarur 
bo‘lgan narsani olish uchun kirgiziladi. Ikkala qo‘lni ham shimning cho‘ntagida 
saqlash umuman mumkin emas. Buni hatto tengdoshlari o‘rtasida ham bajarish nojoiz 
– bu ko‘nikadigan yaxshi odat emas!
Qiz bolani ham qo‘llarini shim cho‘ntaklariga solib yurish, ayniqsa, suhbat 
chog‘ida odobsizlikdir. Yo‘lda qo‘lni har yoqqa tashlab yurish yoki suhbat vaqtida 
qo‘lni paxsa qilib so‘zlashish xunuk ko‘rinadi. Stolga musht urib gapirish so‘zlaringiz 
nafaqat asos bo‘lib xizmat qila olmaydi, balki qo‘pol ko‘rinish kasb etadi ham. 
Barcha imo-ishoralar bosiq hamda maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim. 
O‘rindiqning qo‘l qo‘yadigan ushlagichiga faqat eng yaqin do‘stlar uyida bir oz 
o‘tirish mumkin. Ammo bu o‘rindiqda sizga yaxshi tanish bo‘lmagan ayol yoki kishi 
o‘tirgan bo‘lsa nojoizdir. 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling