Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

O‘tirish. Azaldan bu narsaga katta e’tibor bilan qaralgan. Masalan, o‘tirish 
qoidalari to‘g‘risida XVIII asrda Iogann Zulser tomonidan nashr etilgan ("Qiz 


68 
bolaning baxti va taxti nimada"). Bu tajriba hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini 
yo‘qotmagan. 
«To‘g‘ri o‘tirish – bu san’at». Bu quyidagini anglatadi: «Boshni o‘ta tikka yoki 
u yoqdan bu yoqqa osiltirib alanglayvergan holda tutmaslik lozim». So‘ng: "Qo‘llarni 
chalkashtirib ko‘krakka olib borish, belga qo‘lni qo‘yish, qo‘lini osiltirib o‘tirish, 
yelpig‘ichni o‘ynab o‘tirish, barmoqlarini o‘ynash, piyolani aylantirib o‘tirish, 
sochini yoki kiyimini to‘g‘rilab o‘tirish mumkin emas". Undan keyinggi ko‘rsatma: 
"Qaddini tik tutish, o‘rindiqda yalpayib yotib olish, uchiga o‘tirib olish, likillab 
o‘tirish va oyoqlarni chalishtirib o‘tirish nojoizdir!.." 
Stulda bukchaymasdan, kerilmasdan, tirsak bilan tayanmasdan to‘g‘ri va erkin 
o‘tirish tavsiya etiladi. Stulda o‘tirgan holda silkinish, stulning chetigagina ilinib 
o‘tirish, unga minib olish mumkin emas. Stulga o‘tirganda ham, undan turganda ham 
ovoz chiqmasligi kerak.
Stulni taraqlatib surmaslik, balki orqa suyanchig‘idan ushlab joyidan joyga 
ko‘chirish lozim. O‘tirgan stulni oyoq bilan taqqillatish insonning g‘ashiga tegadi. 
O‘tirganigizda tizzalaringiz juftlashtirilgan, oyoq kaftlaringiz bir-biriga mumkin 
qadar yaqin qo‘yilgan bo‘lishi lozim, bir oyoqni salgina oldinga chiqarib qo‘yish ham 
mumkin. 
Oyoqlarni chalishtirib o‘tirish erkak va ayolga ham yarashmaydi hamda o‘ta 
madaniyatsizlik hisoblanadi. Erkaklarning oyoqlarini kerib, tizzasiga qo‘li bilan 
tayanib o‘tirishi ularning beso‘naqayligini va tarbiya ko‘rmaganligidan dalolat beradi. 
Tarbiya ko‘rgan odam hech qachon va hech kimga orqa o‘girib o‘tirmaydi. 
Davrada hamma vaqt boshqalarga yuz o‘girib o‘tirishga, buning iloji bo‘lmasa, aqalli, 
yonni o‘girishga harakat qilish kerak.
Katta yoshdagi kishilar xonaga kirayotganida yoki chiqib ketayotganda yoshlar 
joyidan turishi shart.
Oyoqlar ko‘p e’tiborni talab qiladi. Jamoat transportida yo‘lovchilarning 
oyoqlarini tutish holatiga e’tibor bering. Biri yalpayib oyoqlarini cho‘zib, ikkinchisi 
oyoqlarini o‘rindiq ichkarisiga berkitib olgan. Qo‘shni oyoqlarini chalishtirib, yana 
kimdir oyoqlari bilan o‘rindiqni oyog‘iga ilashtirib olgan. Albatta bu individual, 
biroq maqtovga arzimaydigan xususiyatlardir. 
Uyda o‘zingiznikilar oldida eng qulay vaziyatni tanlang. Biroq ko‘pchilik oldida 
to‘rt tomonga qarab oyoq-qo‘llarni cho‘zib o‘tirish yaxshi emas. To‘g‘risi – oyoqlarni 
to‘g‘ri va berkitganroq holda tutish kerak. O‘zbek udumlarida uyda imkon qadar 
erkaklar uchun keng shalvar, ayol-qizlar esa oyoqlariga lozim kiyishlari oyoqlarni 
imkon qadar berkitishga intilishdan dalolat beradi. «Zamonaviylik» ko‘proq ko‘cha-
kuyda bo‘lgani yaxshi. Chunki tashqarida barcha u darajadagi e’tiborsiz narsalar – 
hoh u tartibsizlik, hoh kiyinish bo‘lsin – uyda ravshan ko‘rinishni unutmaslik lozim. 


69 
Har qanday reflektiv harakatlarni nazoratda tutmoq lozim. Esnayveradigan 
odamlar nafaqat notanish davrada, balki ishxona va uyda ham odamning g‘ashini 
keltiradi. Madaniyatliroq kishi umuman odamlar oldida esnamaslikka harakat qiladi. 
Agar buni bildirmasangiz, ichingizga yutsangiz, unda esnash mumkin. Yo‘taldan 
tiyilish mumkin emas. Yo‘talayotganda boshni boshqa tomonga burib og‘izni qo‘l 
bilan yopiladi, qattiq yo‘talda esa og‘izga dastro‘mol tutgan ma’qul. Sekinroq, 
ro‘molchaga aksirish mumkin, bunda boshni chekkaga burmasa ham bo‘ladi. Butun 
xonani «to‘ldirib» aksirishga yo‘l qo‘ymang. Ammo aksirish sizdan kuchliroq kelsa, 
yuzingizni chetga burib aksiravering. 
Hiqichoq – yoqimsiz hamda qiyinchilik tug‘diruvchi holatdir. Agar bu 
boshlansa, unda oshxona yoki vannaxonaga kirib, quyidagi usulni qo‘llaymiz: chap 
qo‘l bilan burunni qisib, o‘ng qo‘ldagi suv idishidan mayda xo‘plamlar bilan, 
tanaffussiz nafas olmay ichamiz. Qiynalsak, bu jarayonni to‘xtatishimiz mumkin. Bu 
paytga kelib hiqichoq to‘xtashi kerak.
Agar u yana davom etsa, yuqoridagi jarayonni faqat uzaytirib, takrorlaymiz. 
Bunga qo‘shimcha ravishda bir osh qoshiq qand upasini yutib borishni tavsiya 
etamiz. Ammo birinchi usul – kuchliroq ta’sirga ega. Biroq, hiqichoq mast qiluvchi 
ichimliklarni ichish oqibatidan ham paydo bo‘lishi mumkinligini e’tibordan soqit 
qilmang. Agar aynan mana shu holatdan so‘ng hiqichoq paydo bo‘lishiga 
ishonchingiz komil bo‘lsa, unda ichishni tashlang. 
Ko‘p hollarda biz aynan Shahsiy illatlarimiz tufayli jamoat bilan muloqot 
qilishdan o‘zimizni mahrum qilamiz. Bu borada bir necha maslahatlar bor: 
 Ayol kishi uzuklari, taqinchoqlari, sumkasining zamogi bilan «o‘ynamagani», 
sochini barmog‘iga o‘ramagani ma’qul; suhbatdoshning buyumlarini olib 
o‘ynab turish ham yaxshi emas;
 Dasturxonni burama sochga aylantirmang, idishlarni o‘ziga qo‘ying, ularni 
jaranglatmang. Ammo agar siz o‘zingizni tuta olmasangiz, cho‘ntagingizda 
maxsus barmoqlar mashqi uchun mo‘ljallangan rezinali kichik buyumlarni 
olib yurgan ma’qul. Qadimda bunda tasbehdan foydalanganlar. 
 Qorinni qo‘l bilan ushlab urish yoki suhbatdosh yoki yaqinda turgan odamga 
orqa qilib o‘girish, garchi xusumatingiz bo‘lsa ham – odobsizlikdir;
 Jamoada sochini qashlashga yo‘l qo‘yish mumkin emas (hatto barmoq uchida 
ham);
 Barmoqlarni qarsillatish yaxshi odat emas. Bu musulmon odobida qat’iy 
ta’qiqlangan edi. Keyingi yillarda esa shifokorlar barmoqlarni qarsillatishni 
odat qilgan insonlarning barmoq suyaklarida suv yig‘ilish natijasida saraton 
kasalini paydo bo‘lishni aniqlaganlar.


70 
 Ming‘irlash, g‘o‘ng‘illash nafaqat hamkasabalarga, balki oila a’zolariga ham 
xush kelmaydi;
 So‘zlashayotganda elkani qisish ba’zida suhbatdoshiga bunday harakat 
qanchalik yomon ta’sir qilishini hatto tasavvur ham qila olmaydilar;
 Izhorlaringizni qattiq kulgu bilan tugatmang. Bu nevroz holati aksil ta’sirga 
ega, mutoyiba yoki xanda haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Shunday kishilar 
borki, har bir gapdan so‘ng xiringlab qo‘yishni odat qilib olganlar.
O‘zingizni kuzatib, agar shunday holat sizda ham bo‘lsa, undan voz kechishga 
harakat qilgan ma’qul. 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling