Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Biznesmenning hamkoriga dastlabki yomon taassurot qoldirishining 7 ta asosiy
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes etiket: taqdimot va jamoat oldiga chiqib so‘zlash
- Mana yana namoyish marosimi haqidagi e’lon
Biznesmenning hamkoriga dastlabki yomon taassurot qoldirishining 7 ta asosiy
tomonlari mavjud. Bular: Tilning ehtiyotsizligi; So‘zlarida jargonlardan foydalanish; Qiqirlash; Aqlsizlarcha teginish; Qo‘lni yashirish; Saqich chaynash; Hadeb yo‘talish. Biznes etiket: taqdimot va jamoat oldiga chiqib so‘zlash Jamoat oldiga chiqayotgan hamma notiqlar asosiy qoidani eslarida saqlashlari lozim: qisqa gapirishlari va asosiy ma’nosini ochib berishlari kerak.Birinchi o‘rinda asosiy ma’ruzachini jamoat oldiga chiqib so‘zlashidan asosiy maqsad nimaligini aniqlab olish kerak, chunki jamoat ma’ruzachini emas ma’ruzani tinglashga kelgan. Agar hamkoringiz ma’ruzachi bo‘lsa uni tanishtirib, so‘ng o‘rningizga o’tirishingiz va so‘zlarini oxirigacha tinglashingiz lozim. Shundan so‘ng o‘rningizdan turib, uni qo‘lidan tutib, yaxshi ma’ruzasi va ketgan vaqti uchun tashakkur bildiring. Oxirgi paytlarda firmaning vujudga kelishi, nafaqat ichki, balki, tashqi savdoda ham uning tan olinishi – taqdimot namoyish marosimi orqali voqe bo‘lmoqda. Uning ijobiy tarzda o‘tkazilishi sheriklar bilan bo‘lgan keyingi muzokaralarda mavaffaqiyat keltiradi. Ochilish marosimi haqidagi xabar matbuotda yoritiladi; ochilish marosimining e’loni; yo‘riqnomada: tashkilotning mahsuloti va rusumlari bilan tanishuv, mutaxassislarning chiqishi, maxsus texnika vositasida filmlarni namoyish qilish; banket; sizning savdo-sotiq bo‘yicha ishonchli sheriklaringiz; boshlanish vaqti – 17.00 da; manzil: kirish – taklifnoma asosida; ma’lumot uchun telefon raqamlari: Mana yana namoyish marosimi haqidagi e’lon: MUHTARAM JANOBLAR! firmasi sizni odatdagi firmaning yillik namoyishiga taklif qiladi. Bu yili Sizning diqqatingizga Firma taqdimoti televideniye orqali namoyon qilinadi. Barcha do‘stlarimiz savdo bo‘yicha sheriklarimizga sovg‘a sifatida shou-dasturda ularning reklamalarini joylashtiramiz! Taqdimotbo‘ladi. Taklifnomalarni 80 quyidagi telefon raqamlari orqali yuborsa bo‘ladi ............................................. Firma sizni quyidagi soha bo‘yicha hamkorlik qilishga taklif qiladi.................................................... Taqdimot yaxshi chiqishi mutaxassislarni jalb qilmoq darkor. Avvalambor taqdimotning joyi va vaqti belgilanadi. Undan so‘ng ssenariy ishlab chiqiladi. Taqdimotning vaqti odatda 1,52 soatdan oshmaydi. Uni tushlikdan so‘ng, soat 15 larda o‘tkazgan yaxshi (17.00-19.00). Odatda taqdimotni tashkilotning tashqi savdo xizmatining boshqaruvchilaridan biri ochadi. Aynan u tashkilotning barcha rahbarlarini tanishtirib chiqadi. So‘ng esa film (10-15 daqiqa) ko‘rsatiladi va tashkilotning faoliyati haqida, uning eksport qilish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot beriladi (30 daqiqadan oshmasligi lozim). Qolgan vaqt esa savollarga javob berish uchun ajratiladi. Taqdimot o‘tayotgan joy turli xil reklama to‘ldirilgan plakatlar, stendlar bilan bezatiladi. Taqdimot qatnashchilariga firmadan esdalik sifatida suvenirlar taqdim etiladi. Reklama sovg‘alari sifatida odatda unchalik qimmat bo‘lmagan narsalar: yon daftarchalar, taqvimlar, avtoruchkalar, kuldonlar, zajigalkalar, ko‘krak nishonlari, futbolka, bosh kiyim va h.k. hadya qilinadi. Bu narsalarga firmaning nomi, ba’zida esa uning manzili va faoliyatining xususiyati yoziladi. Taqdimotda tovarlarning namoyishi reklamaning eng ishonchlisi hisoblanadi. Ayniqsa, bu mashina, jihozlarning namoyishi xaridorni mahsulotning sifatli ekanligiga ishonch hosil qila oladi. Hamkorlik faoliyatiga potensial mijozlarni jalb qilmoq juda zarur. Bu masalan, moslamalarni sinab ko‘rishda, kiyimlarni kiyib ko‘rishda, materiallarning mustahkam ekanligini ekspertiza orqali sinab ko‘rishda qatnashish va h.k. bo‘lishi mumkin. Mijoz tovar bilan shahsan tanishib, qo‘l bilan ushlab ko‘rish imkoniga ega bo‘lsa, unda onglanmagan tarzda firmaga nisbatan ishonchi orta boradi. Po‘stinning yumshoqligini, matoni chidamli ekanligini yoki kompyuterdagi matn tahriri bilan ishlashning qulayligini his qilishi orqali paydo bo‘lgan taassurotni mustahkamlovchi hissiy belgilalar hamma joyda o‘zini namoyon qiladi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling