81
Kostyum kiyish qoidalari:
1-qoida: Bir vaqtning o‘zida kostyum bilan birgalikda sport oyoq kiyimlarni
kiymaslik. Masalan: kostyum shim bilan birga oyoqda krasofka yoki barsofkalarni
kiymaslik lozim.
2-qoida: Kostyum kiygan holda sport sumkalarini ko‘tarmaslik.Kerakli
qog‘ozlar va
boshqa buyumlarni diplomatda, portfelda yohud papkada ko’tarish
kerak.
3-qoida: Agar kostyum kiyilsa, unda galstukni ham unutmaslik.
Chunki
galstuk kastyum kiyganda juda kerak. Ishbilarmon insonlar kostyumni galstuksiz
kiymaydilar.
4-qoida: rasmiy uchrashuvlarda kastyum tugmalari o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
Teatr kreslasida o‘tirgan vaqtda yoki ovqatlanish
vaqti mobaynida kostyum
tugmalarini butunlay ochib qo‘yish mumkin. Stoldan turish vaqtida kostyumni
tugmalarini pastdan yuqoriga qarab o‘tkazishni unutmaslik lozim.
5-qoida: moda ketidan quvmaslik: zamonaviy, xunuk kiyimdan ko‘ra, chiroyli
va mos kiyimni kiyish kerak.
Ishbilarmon ayol qanday kiyinishi lozim?
Ishbilarmon ayolning kundalik kiyimi – bu ko‘ylak va kostyum.
Ishbilarmon ayolning kiyimi muloqot jarayonida suhbatdoshining e’tiborini
o‘ziga jalb qilmasligi lozim. Shu sababli yubka
kiygan vaqt ochiq rangli
kalgotkalar kiyish tavsiya qilinmaydi.
Agar ishbilarmon ayol biror bir yig‘ilishga yubka yoki kuylakni kiyishni o‘ziga
joiz deb bilgan bo‘lsa, unda tanasi rangidagi kalgotkalarni kiyishi kerak. Yoki
ko‘ylagi bilan bir xil rangdagi kalgotkalarni tanlashi lozim.
Yana bir oltin qoidalaridan biri bu – atirni sepishdir. Atirni juda oz miqdorda
sepish joiz. “Biznes etiket” kitobining muallifi Meri Enn Sabat shunday yozadi:
“Agar kechqurun uchrashuv vaqtida o‘zingizni atiringizni
hidini his qilsangiz,
bilingki qolganlar sizning atiringizni hididan bo‘g‘ilib bo‘ldi”.
Do'stlaringiz bilan baham: