Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


o‘zo‘zicha ikki tomon imzolagan kommersial majburiyat uchun yuridik asos


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

o‘zo‘zicha ikki tomon imzolagan kommersial majburiyat uchun yuridik asos 
sifatida xizmat qila olmaydi», - degan ibora yoziladi. Bayonnoma ikki tomonning 
biri firma blankida to‘rt nusxada – ikkitadan o‘z tilida bo‘lishi lozim. Matnning 
tagida bayonnomaning bajarilish muddati – qoidaga binonan bir yildan o‘tmasdan 
ko‘rsatiladi. Yuqoridagi aytilgandek, bunda sizda javobgarlik bo‘lmaydi, ammo 
biznesmen vijdoni agar siz kelishuvni buzgan bo‘lsangiz boshqasini jabrlanishiga 
yo‘l qo‘ymasligi kerakdir. Va oxiri – doimo xat yoki faksga javob berish, hatto siz 
savolni yechishga qiynalayotgan bo‘lsangiz ham. Biznes dunyosida javobgarlik hissi 
bo‘lmagan kishini mas’uliyatsiz hisoblanib, unga nisbatan ishonch yo‘qoladi. 
 
Xizmat munosabatlari etiketi 
Ishlab chiqarish munosabatlarining etiketi degan tushuncha ham mavjudki – u 
ishxonada hamkasblar bilan kunda ko‘rishib, ko‘p vaqtingizni o‘tkazar ekansiz unda 
rioya qilinishi kerak bo‘lgan ba’zi qoida va me’yorlar, ba’zida esa udumlar 
majmuidir. 
Ofisda ayol va erkak munosabatlari 
Bugungi kunda uddaburonlik, ishbilarmonlik dunyosida katta o‘zgarishlar yuz 
berdi. Faqatgina texlogiya jihatidan rivojlanishni nazarda tutmayapmiz, balki 
ayollarning ishda, jamiyatda tutib kelayotgan, egallab kelayotgan o‘rnini nazarda 
tutyapmiz. 
Shuning uchun erkak va ayollarning bir jamoada faoliyat ko‘rsatishlari tufayli 
bu yerdagi o‘zaro munosabatlarda yangicha etiket qoidalariga rioya qilinadi.
 
Salomlashish 
Ko‘pchilik erkaklar ayollarga qo‘l uzatmaslikni ma’qul ko‘radi. Ammo 
Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, erkak kishi 3ta erkak kishi va bitta ayol bilan uchrashib 
qoldi, deylik. Albatta, 3ta erkak kishi bilan qo‘l berib ko‘rishib, ular bilan 
uchrashganingizdan mamnun ekanligingizni ayting. Navbat ayol kishiga kelganda 
nima qilasiz? Bunday vaziyatda ba’zi erkaklar qo‘l uzatishadi, ba’zilari esa oddiygina 
bosh qimirlatib qo‘yish bilan cheklanib qo‘yishadi. Nima uchun? Chunki ular 
birinchi bo‘lib ayol kishi qo‘l uzatishlarini kutib turish kerak, deb tarbiya olishgan. 
Ammo ayollar birinchi bo‘lib qo‘l uzatmasa, erkak kishi qo‘l uzatishi kerak. 
Zamonaviy ishbilarmon ayollar odatda bunga amal qilishadi. 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling