90
Ayol xodimlarga “azizam”, “go‘zalim” kabi so‘zlar bilan murojaat qilish;
Ayollarga qo‘l tekizishga harakat qilish yoki ularning
yelkasiga urib-urib
qo‘yish, ayollar xohlamagan holda ular bilan qo‘l berib ko‘rishishga harakat qilish.
Ayol kishi tushlikka qanday taklif qiladi?
Ba’zan zamonaviy tadbirkor ayollar erkak hamkorini tushlikka taklif qilishiga
to‘g‘ri keladi. Ofitsiantga hammasi uchun siz to‘lashingizni qanday yo‘l bilan bildirib
qo‘yasiz?
Buning uchun ofitsiant kelganida: “Men mehmonlarimni o‘zi birinchi bo‘lib
buyurtma berishini istardim”, deysiz. Bunday javob bilan
ofitsiantga tushlik uchun
kim pul to‘lashini va boshqalarni o‘zingizning hisobingizdan mehmon qilmoqchi
ekanligingizni bildirasiz.
Kim birinchi bo‘lib chiqadi?
Liftda. Liftning chiqish eshigida kim eng yaqin turgan bo‘lsa, o‘sha
birinchi
chiqishi kerak. Agar o‘sha odam erkak kishi bo‘lsa, liftdan birinchi bo‘lib chiqib,
ayollarni eshik qisib qolmasligi uchun eshikni tutib, ayollar chiqquncha kutib turishi
kerak.
Eskalatorda. Erkak kishi ayolni oldinga o‘tkazishi kerak.
Eshik yonida. Erkaklar va ayollar
eshikdan birgalikda emas, balki erkaklar
eshikdan birinchi bo‘lib
chiqishlari va albatta, ayol kishiga eshikni ochib turishi
kerak.
Hazilning tagi zil
Hazillashishga judayam ishqivoz bo‘lmang, ayniqsa, ayol kishiga nisbatan.
Xorijlik hamkorlaringiz madaniy hayotida siz qilayotgan hazil butunlay o‘zgacha
ma’no kasb yetishi mumkin. Aslida ishbilarmonlik uchrashuvlarida
muvaffaqiyatli
hazil eng katta san’at hisoblanadi. Ammo madaniyati va an’analari turlicha bo‘lgan
mamlakatlarda hazil ham turlicha maqomga ega ekanligini unutmang.
Do'stlaringiz bilan baham: