Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Siz – rahbar sifatida Rahbar Shahs – jamiyat, davlat, tashkilotda doimiy va hal qiluvchi ta’sirga ega bo‘lgan shahs. Rahbar ishning ko‘zini biladigan, jamoa, soha manfaatlarini ko‘zlab faoliyat yuritadigan boshqaruv xodimidir. Rahbarlik aql-farosat, kuch-g‘ayrat, izlanish va topqirlikni, o‘z ustida tinmay ishlash, tadbirkorlikni talab qiladi. “Rahbar” tushunchasining quyidagi jihatlari ahamiyatlidir: 1. Rahbar–ijtimoiy shahs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi shahs. 2. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo,, mustaqil qaror qabul qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadlarini belgilaydi. 3. Rahbar mehnati, ayni vaqtda, tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli faoliyatdir. Unga sarflangan kuch, mablag‘ ba’zan vaqtincha foyda emas, zarar keltirishi, muassasa foyda o‘rniga zarar ham ko‘rishi mumkin. U bunday holatlarni oldindan ko‘ra olishi va ularga tayyor turishi, zarur bo‘lganda, faoliyatini qayta boshlashi, o‘zida bunga kuch-g‘ayrat topa bilishi lozim. Yuqorida keltirilgan jihatlar rahbarlik faoliyatining ma’lum aspektlarini namoyon etadi. Masalaning ikkinchi tomoni - rahbarlik faoliyati bilan Shug‘ullanuvchining Shahsi bilan bog‘liq yuksak insoniy fazilatlardan iboratdir. Rahbar halol-pok, vijdonli, iymonli, qattiqqo‘l, diyonatli, mehr-shafqatli bo‘lishi kerak. Rahbarlikka egri yo‘l, egri qo‘l, egri maqsad bilan erishib bo‘lmaydi. Fe’l- atvorida egrilik bor kishi rahbarlik lavozimida uzoq faoliyat yuritolmaydi. 93 Rahbar mustaqil bo‘lishi, ijtimoiy faoliyatning qonunan taqiqlanmagan hamma sohasi bilan shug‘ullana olishi lozim. Shu bilan birga, u o‘zi boshqarayotgan jamoa orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi zarur. Rahbar faol bo‘lmasa, jamiyatda ijtimoiy faollik shakllanmaydi. Kattami, kichikmi, qaysi mansabda bo‘lishidan qat’i nazar, har bir rahbar oldida «o‘z ishimga talab darajasida yondashishim uchun nimalarni bilishim, qanday fazilatlarga ega bo‘lishim kerak?» - degan savol hamisha ko‘ndalang turadi. Boshqaruvda tajriba, ko‘nikma, mahorat, bilim, aql va idrokning ham roli katta. Ammo eng avvalo,, boshqaruv – bu san’at, aniqrog‘i, ijoddir. Rahbarlikka ham, xuddi san’atkor uchun zarur bo‘lganidek, iqtidor va iste’dod lozim. Ya’ni, har kimdan san’atkor chiqmaganidek, istagan odamdan ham yaxshi rahbar chiqavermaydi. Rahbar o‘z qobiliyati, iste’dodini ishga solib izlanadi, shu maqsadda hayotni, odamlarni chuqur o‘rganadi. Natijada, to‘plagan bilimlari, tajribalarini boshqaruvning umumiy qonuniyatlari asosida shakllantirib, o‘zining rahbarlik usulini yaratadi. U o‘z boshqaruv usullarini shakllantirishda mutlaqo erkin shahsdir, lekin uning rahbarlik usuli ijobiy natija berishi kerak. Rahbarlik faoliyatining samaradorligi rahbar shahsning tafakkuri, aql-idrokiga ham bevosita bog‘liq bo‘ladi. Tafakkur rahbarga keng va chuqur fikrlay olish, yaxshini yomondan, foydani zarardan, muhimni nomuhimdan bexato ajrata olish imkoniyatini beradi. Bu - hammaga ham nasib qilavermaydigan yuksak fazilat. Agar rahbarda shular shakllangan bo‘lsa, bunday rahbar boshqaruvning sir-asrorlarini qiynalmasdan egallaydi hamda o‘z jamoasida obro‘ e’tiborga ega bo‘lib, ular ishonchini qozonadi. Demak, har qanday rahbar keng va chuqur fikrlay olishi bilan birga, chaqqon va uddaburon, harakatchan va shijoatli bo‘lishi ham kerak. Shuning uchun rahbarlik faoliyatini tafakkur va harakat birligi deyish mumkin. Rahbardagi o‘ziga xos talabchanlik, mehribonlik hamda mas’uliyat jamoa a’zolarida ham javobgarlik hissining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Rahbar shahsining etiketi uning axloqiy madaniyatiga bog‘liq. Axloqiy madaniyat – elementlarining yaxlit tizimi bo‘lib, axloqiy fikrlash madaniyati (axloqiy mulohaza yuritish qobiliyati, axloqiy bilimlardan foydalana olish, yaxshilik va yomonlikni ajratish, yuzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlariga axloqiy me’yorlarni qo‘llay bilish va hakozalar)ni qamrab oladi. O‘z ichiga yana tuyg‘ular madaniyatini, insonning “axloqiy rezonansga” qobilligini, hamdardligini va jonkuyarligini; axloqiy tajribada his-tuyg‘u va o‘ylarning amalga oshirilish qiyofasini, ularning kundalik hayotda hatti-harakat me’yoriga aylanib borish darajasini xarakterlovchi xulq-atvor madaniyati; shakllarni reglamentlovchi qoidalarga qay darajada amal qilish sifatidagi etiketni, muloqotda shahsning o‘zini tuta bilishini oladi. 94 Qisqa qilib aytganda, rahbar Shahsining axloqiy madaniyati - umumiy axloqiy tamoyillarni bilish, ularni chuqur his etilgan qarashlariga aylantirish, hatti- harakatlarning eng munosib shaklini qo‘llay bilishdir. Uning har bir elementini o‘zlashtirish rahbar shahsining axloqiy madaniyati mustahkamligini shakllantirishga yordam beradi. Rahbar shahsining axloqiy madaniyati oliy darajasini “axloqiy donolik” deb, axloqiy faoliyatining optimalligini va uyg‘unligini ta’minlab bera olish, har qanday vaziyatda ham munosib hatti-harakat qila olish deb ta’riflasa bo‘ladi. Avvalo, rahbarlar va rahbarlikka da’vogar shahslar o‘zlarini har jihatdan tarbiyalab borishlari lozim. Buning uchun siyosiy hayotdan xabardor bo‘lish yoki iqtisodiy va kasbiy bilimlarni o‘zlashtirishning o‘zigina kifoya qilmaydi. Ular jahon tajribalari asosida shakllangan ilg‘or boshqaruv malakalarini ham o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak. Bugungi rahbar bunga o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lib erishadi. Masalan, u har kuni gazeta va jurnallar o‘qishi, radio va oynai jahon yangiliklaridan xabardor bo‘lish orqali ham ma’lum darajada bilim egallashi mumkin. Yana siyosat, iqtisodiyot va ma’naviyatga daxldor kitoblarni, hatto mumtoz adabiyotlarni mustaqil o‘qishi, tarixiy jarayonlarni chuqur mushohada qilish ham uning dunyoqarashini kengaytiradi. Bularning barchasi rahbar madaniy saviyasining o‘sib borishiga va siyosiy madaniyatining takomillaShuviga katta yordam beradi. Chunki cheklangan tafakkur, chala bilim, past madaniyat bilan dunyoni bilib, mas’uliyatli ish va mansabni egallab bo‘lmaydi. Binobarin, demokratik asosda shakllanib borayotgan jamiyatimiz talabi shuki, siyosiy yetuk, aqlan va ma’nan barkamol, puxta bilimga ega bo‘lgan teran tafakkurli kishilargina rahbar bo‘lishga haqlidirlar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida Qarori qabul qabul qilingan bo‘lib unda: “Rahbar o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlarga nisbatan yuqori professionalizm, soflik va adolatda o‘rnak bo‘lishi, davlat organida yohud uning tarkibiy yoki hududiy bo‘linmasida ma’naviy-psixologik muhit shakllanishiga ko‘maklashishi lozim, u bo‘ysunuvchi xodimlardan ularning xizmat vazifalari doirasidan chiqib ketadigan topshiriqlarni bajarishini talab qilmasligi, shuningdek, qonunga xilof hatti-harakatlarni sodir yetishga undamasligi kerak. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling