Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Global tarmoqdagi muloqot 
Ishchan muloqotga kirishishning eng asosiy turi global tarmoqdagi muloqot 
desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuning uchun ham internet tarmog‘i orqali muloqot 
qilishning ham o‘z etiketi borligi va unga barcha foydalanuvchilar amal qilishlari 
lozimligi maqsadga muvofiq. 
1. Global tarmoqqa registratsiyadan o‘tishda o‘zingiz haqidagi barcha 
ma’lumotlarni to‘g‘risini joylashtiring. 
2. Profilingizga boshqa insonlarni rasmini qo‘ymang. 
3. Biror bir inson bilan muloqotga kirishmoqchi bo‘lsangiz, uning Shahsiy 
lichkasiga kirib o‘zi bilan suhbatlashing. 
4. Do‘stlik yuborgan inson sizni taklifingizni qabul qilmasa, jaxlingiz chiqmasin.
5. Taxallus bilan muloqotga kirishgan insonlar bilan umuman gaplashmaslikni 
maslahat beramiz. 
6. O‘zingizni noqulay vaziyatga solib qo‘yadigan rasmlarni joylashtirmang. 
7. O‘zingiz yaxshi tanimagan bilmagan inson bilan muloqotga kirishmang. 
8. “Do‘stlaringiz” ro‘yxatini vaqti-vaqti bilan tozalab turing. 
9. Muloqotda so‘kinish, shahsiyatga tegadigan so‘zlardan extiyot bo‘ling. 
10. O‘zingizni meningizni saqlang. 
 
Telegramm, messenjer guruhlarida muloqotga kirishganda quyidagilarga 
amal qilish lozim 
1. Tinish belgilaridan to‘g‘ri foydalaning. 
2. Faqat katta xarflarda yozmang. 
3. Atayin noto‘g‘ri yozish (salom, qale....) boshqalarni g‘ashini keltiradi, buni 
unutmang. 
4. Haddan tashqari uzun matn yoki juda ko‘p rasmlarni yuborish mumkin emas, 
bu bilan siz boshqalarni internet vaqtini “yeb” qo‘yayotganligingizni 
bilishingiz lozim. 
5. Ma’lumotda smayliklardan ko‘p foydalanmang. 
6. Muloqotga kirishgan insonning ruxsatisiz boshqalarga yozishmalarni 
ko‘rsatmang. 
Elektron pochta orqali muloqot etiketi 
Internet tarmog‘i orqali yuboriladigan “Elektron pochta” sohasi ham ancha 
rivojlangan. Elektron pochta o‘zining ishonchliligi, tezkorligi va maxfiyligi bilan 
alohida ajralib turadi. Uning ham o‘z etiket talablari mavjud: 
1. Adres va shahsiy nomni to‘g‘ri tanlang, bu sizning “vizit kartochkangiz” 
hisoblanadi. 


99 
2. Yuboradigan xatingizni nomini to‘g‘ri kiriting. Ma’nosiz so‘zlardan 
foydalanmang. 
3. Elektron pochta muloqoti - bu telefondagi muloqot emas, murojaatda 
“iltimos” degan so‘zlarni ishlating. 
4. Yuborgan xatingizga zudlik bilan javob berilmasa, asabiylashmang, buni 
hurmatsizlik deb bilmang. 
5. Smayliklardan to‘g‘ri foydalaning. 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling