Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Sovg‘a qanday taqdim etiladi? O‘ziga bo‘ysunuvchilarga firma rahbari sovg‘a bermoqchi bo‘lsa, xodimlarni bayramona tushlikka taklif etib, yoki aksincha rahbarni bayram bilan tabriklash lozim bo‘lganida ham shunday yo‘l tutiladi. Ammo berayotgan sovg‘a qimmatbaholigi bilan rahbarga xushomadgo‘ylik qilayotgandek bo‘lib qolmasligi kerak. Ayollar etiketni buzganda Quyida esa ayol va erkak munosabatlarida ayollarning xatosi ko‘rsatiladi. Hiringlash; Stol atrofida lab bo‘yash. Albatta, yaxshi emas. Bu erkak kishini stol atrofida soch taraganiga o‘xshab xunuk ko‘rinadi. 91 Ishxonada ko‘cha so‘zlari, qo‘pol o‘xshatishlarni ishlatmang, bu sizning lug‘at boyligingiz kambag‘al ekanligini ko‘rsatadi. Ish vaqtida shahsiy masalalar yuzasidan telefonda gaplashish. Bunday suhbatlarni tushlik vaqtida amalga oshiring. Bayram ziyofatlari Bayram yuzasidan uyushtirilgan ziyofatlarda hamkorlaringiz va birga ishlayotgan xodimlar taklif etiladi. Bu bayramona kayfiyatda o‘tishi lozim. Shunday bo‘lmagan taqdirda ham asosiy umumiy odamshavandalikni saqlab qoling. Boshqa notanish kishilar bilan ham ularga ma’qul bo‘lgan mavzularda suhbatlashing. Tabrik qog‘ozlari Ko‘plab kompaniyalar bayram tabriklarini otkritkalar orqali amalga oshirishadi. Albatta, har bir xodimga iltifot ko‘rsatib bitilgan tabrik otkritkalari chindanam diqqatga sazovor va bu xodimlarga bo‘lgan e’tibor ularning qalbiga iliqlik olib keladi. Shuning uchun otkritkalarni avval har bir kishiga alohida tarzda tayyorlab, ularni xodimlarga taqdim etganlari ma’qul. Ish kunimiz qachon boshlanmasin, uning boshlang‘ich asosi uy sharoitidan: kayfiyatimiz, o‘zimizni qanday his qilishimiz, ko‘proq qanday hordiq chiqarib, oiladagi munosabatlarga va h.k. bog‘liqdir. Chiroyli tabassum va ertalabki salom-alik er-xotininng yaxshi kayfiyatda bo‘lishida kuchli ta’sirga ega. Ammo kayfiyat keyinroq ham buzilishi mumkin – yo‘lda, shahar transportida. Avtobus, vaq tig‘iz bo‘lgan paytda tramvay va trolleybuslardagi tiqilinch – asabga tegishga, o‘z yo‘lida kayfiyatni buzilishga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday sharoitda kayfiyatni buzmaslik mumkinmi? Ha, mumkin. Har qanday cho‘g‘ olishi mumkin bo‘lgan janjalni mutoyiba, tabassum bilan o‘chirish mumkin. Har qanday sharoitda o‘z hatti - harakatni boshqarishga intilish lozim. Xushmuomalali, tavoze’li bo‘lish, odamlarga tabassum qilish ham insonning o‘zida, ham boshqalarda yaxshi kayfiyatni ushlab turishga sabab bo‘ladi. Muassasa xonasiga kirayotgan kishi eshikni taqillatmasligi kerak – bu faqat ish bilan band bo‘lgan odamlarning asabiga tegib, diqqatini bo‘ladi. Odatda rasmiy muassasaning eshigi taqillatilganda raddiya hech qachon bildirilmaydi. Rahbar xonasining eshigini agar kotiba bo‘lmasa, taqillatish lozim. Agar rahbar eshikni taqillatmay kirishni shama qilsa, bu qoidaga bo‘ysungan ma’qul. Majlislar, yig‘ilishlar – agar uning ishtirokchilari behuda chiqishlar bilan boshqalarning vaqtini olmasa, foydalidir. Tor doiradagi majlisda, agar begonalar bo‘lmasa bir – biriga erkinroq munosabatda bo‘lish mumkin. Majlis paytida o‘g‘rincha konfet so‘rish yoki esnash mumkin emas. Erkaklar faqat rais ustki kostyumini yechgandagina, o‘zlarining kostyumlarini yechishlari mumkin. Yon 92 verida o‘tirgan kishi bilan bir og‘iz gap bilan so‘zlashib olish mumkin, ammo suhbat olib borish yaramaydi. Sizning kasbdoshingiz ko‘p chekadi. Unda u xonaning tez-tez shamollatilishiga norozilik bildirmasligi kerak. Yoki uning o‘zi buni nazoratga olishi lozim. Chekuvchilar yashash huqiga ega, ammo chekmaydiganlar bu huquqdan mahrum degani emas. Xodimlardan biri davo uchun ko‘p sarimsoq piyoz iste’mol qiladi. Ammo boshqalar bunga chiday olmaydilar. Agar davolash uslublarini xush ko‘radigan bunday Shahs «dori» ning hidini ketkazadigan narsalardan foydalanmas ekan, unda bunday davolash uslubidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Xodimlar ichida ozodalikning «kasallari» bo‘ladi. Ular hamisha bir nimani tozalash, artish bilan Shug‘ullanadilar. Ozodalikning ortiqcha mazamati uning aksi bo‘lmish yuvinishga ko‘p vaqt ajratmaydiganlar kabi yoqimsiz his uyg‘otishi mumkin. Agar bu ayol yosh bo‘lsa, suv mo‘‘jizalar yaratish qudratiga ega ekanligiga ishora qilish mumkin. Yoshi kattaroq odamga bunday deyish noqulay. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling