Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Birinchi. Rahbar shahsshunchaki boshqaruvchi emas, balki u tom ma’nodagi
yetakchi va o‘zgalar uchun ibrat namunasidir. Bu yetakchilik va ibratlilik ishda, axloqda va faoliyatda bo‘ladi. 105 Ikkinchi.O‘zbekiston boshqaruv ilmida rahbar shahsning ma’naviyatli bo‘lish g‘oyasi muhim o‘rin tutadi. Bu g‘oya ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv tizimidan demokratik boshqaruv tizimiga o‘tish asoslaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Uchinchi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqarilgan rahbar shahs ma’naviyatini Iste’dod, Izlanish, Zamonaviy bilimdonlik, Vatanparvarlik, Yurtga sadoqat, Fidoyilik, Professionalizm, Mustaqil dunyoqarash, Iymon-e’tiqodlilik va Insoniylik fazilatlari tashkil qiladi. To‘rtinchi. Rahbar shahs ma’naviyati konsepsiyasi xalqimizning milliy mentaliteti va dunyoviy mezonlar bilan uyg‘un bo‘lib, u ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslangandir. Beshinchi.O‘zbekistonda rahbar shahs ma’naviyatining shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va siyosiy asoslari shakllantirilgan. U davlat kafolatiga olingan. Oltinchi. Ma’naviyat masalalariga MDH davlatlari ichida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda alohida e’tibor qaratildi va shu asosda rahbar shahs ma’naviyati konsepsiyasi shakllantirildi. Rahbar shahs ma’naviyati boshqaruv ilmida: - muammoni hal yetishda shahs omiliga tayanish; - Shahs imkoniyatlarini maqsadli yo‘naltirish; - Shahs imkoniyatlaridan foydalanish bilan ahamiyatlidir. Bu masala fundamental ravishda tadqiq etilishi va hayotda keng tatbiq etilishi kerak. Shundagina rahbar shahs ma’naviyatiga doir yaxlit konsepsiya o‘z samarasini beradi va mustaqil O‘zbekistonda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida hamon uchrayotgan to‘siq va kamchiliklar bartaraf etilib, ko‘zlangan ulug‘ maqsadlarga og‘ishmay va tez sur’atlar bilan yetishish mumkin bo‘ladi. Rahbarlik aql-farosat, kuch-g‘ayrat, izlanish va topqirlikni, o‘z ustida tinmay ishlashni, tadbirkorlikni talab qiladi. “Rahbar” tushunchasining quyidagi jihatlari ahamiyatlidir: 1. Rahbar – ijtimoiy shahs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi sifatida omilkorlik bilan ish yurituvchi shahs. 2. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustaqil qaror qabul qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadlarini belgilaydi. 3. Rahbar o‘z sohasiga yangi g‘oya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi tadbirkor shahs hisoblanadi. 4. Rahbar mehnati, ayni vaqtda, tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli faoliyatdir. Unga sarflangan kuch, mablag‘ ba’zan vaqtincha foyda emas, zarar keltirishi, muassasa foyda o‘rniga zarar ham ko‘rishi mumkin. U bunday holatlarni 106 oldindan ko‘ra olishi va bunga tayyor turishi, zarur bo‘lganda, faoliyatini qayta boshlashi, o‘zida bunga kuch-g‘ayrat topa bilishi lozim. Yuqorida keltirilgan jihatlar rahbarlik faoliyatining ma’lum aspektlarini namoyon etadi. Masalaning ikkinchi tomoni - rahbarlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kishining shahsi bilan bog‘liq yuksak insoniy fazilatlardan iboratdir. Rahbar halol-pok, vijdonli, iymonli, qattiqqo‘l, diyonatli, mehr-shafqatli bo‘lishi kerak. Rahbarlikka egri yo‘l, egri qo‘l, egri maqsad bilan erishib bo‘lmaydi. Fe’l- atvorida egrilik bor kishi rahbarlik lavozimida uzoq faoliyat yuritolmaydi. Rahbar mustaqil bo‘lishi, ijtimoiy faoliyatning qonunan taqiqlanmagan hamma sohasi bilan shug‘ullana olishi lozim. Shu bilan birga, u o‘zi boshqarayotgan jamoa orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi zarur. Rahbar faol bo‘lmasa, jamiyatda ijtimoiy faollik shakllanmaydi. Kattami, kichikmi, qaysi mansabda bo‘lishidan qat’i nazar, har bir rahbar oldida «o‘z ishimga talab darajasida yondashishim uchun nimalarni bilishim, qanday fazilatlarga ega bo‘lishim kerak?» - degan savol hamisha ko‘ndalang turadi. Boshqaruvda tajriba, ko‘nikma, mahorat, bilim, aql va idrokning ham roli katta. Ammo eng avvalo, boshqaruv – bu san’at, aniqrog‘i, ijoddir. Rahbarlikka ham, xuddi san’atkor uchun zarur bo‘lganidek, iqtidor va iste’dod lozim. Ko‘rinadiki, har kimdan san’atkor chiqmaganidek, istagan odamdan ham yaxshi rahbar chiqavermaydi. Rahbar o‘z qobiliyati, iste’dodini ishga solib izlanadi, shu maqsadda hayotni, odamlarni chuqur o‘rganadi. Natijada, to‘plagan bilimlari, tajribalarini boshqaruvning umumiy qonuniyatlari asosida shakllantirib, o‘zining rahbarlik usulini yaratadi, U o‘z boshqaruv usullarini shakllantirishda mutlaqo erkin Shahsdir, ammo uning rahbarlik usuli ijobiy natija berishi kerak. Rahbarlik faoliyatining samaradorligi rahbar shahsning tafakkuri, aql-idrokiga ham bevosita bog‘liq bo‘ladi. Tafakkur rahbarga keng va chuqur fikrlay olish, yaxshini yomondan, foydani zarardan, muhimni nomuhimdan bexato ajrata olish imkoniyatini beradi. Bu - hammaga ham nasib qilavermaydigan yuksak fazilat. Agar rahbarda shular shakllangan bo‘lsa, unday rahbar boshqaruvning sir-asrorlarini qiynalmasdan egallab oladi, o‘z jamoasi o‘rtasida obro‘ va ishonch qozonadi. Demak, har qanday rahbar keng va chuqur fikrlay olishi bilan birga, chaqqon va uddaburon, harakatchan va shijoatli bo‘lishi ham kerak. Shuning uchun rahbarlik faoliyatini tafakkur va harakat birligi deyish mumkin. Rahbardagi o‘ziga xos talabchanlik, mehribonlik hamda mas’uliyat jamoa a’zolarida ham javobgarlik hissining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Malakali rahbar kadrlar tizimini muvaffaqiyatli shakllantirish uchun ijtimoiy psixologiya, rahbar psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi kabi fanlarni yaxshi o‘zlashtirishi uchun bor imkoniyatlarini ishga solishi kerak. 107 Xullas, jamoaga rahbarlik qilish katta san’at. Rahbar – ustoz, murabbiy, rahbar - millat tarbiyachisi, jamiyatimizdagi mas’ul shahs. Uning mashaqqatli mehnati natijasi o‘laroq, kelajak vorislari kamol topib boradi. Demak, rahbarlarga qaratilgan e’tibor – Vatan taqdiriga qaratilgan e’tibordir. Rahbar shahslar avlodini shakllantirish aslida juda murakkab masala. Bu masala bilan olimlar va davlat rahbarlar uzoq vaqt, izchillik bilan Shug‘ullanganlar. Chunki odam darhol rahbar bo‘lib tug‘ilmaydi. Izchil tarbiya va tajriba vositasida iqtidorli kishilar rahbar Shahsga aylana boradi. Shu o‘rinda Amir Temurning rahbar shahsi xususidagi fikrlarini keltirmoqchimiz. U bu borada quyidagi 12 talabga javob bergan shahsni rahbar deb hisoblashini yozib qoldirgan: “Birinchi. Rahbar o‘z so‘ziga ega bo‘lib, ishini bilib qilsin. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling