Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Bunday qat’iy qoidalarga quyidagilar kiradi


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Bunday qat’iy qoidalarga quyidagilar kiradi: 
1. «Men bilmayman». Bu javobning o‘zidek har qanday ishonchni o‘ldiradigan, 
uni yo‘qqa chiqaradigan so‘z yo‘q. Avvalambor, siz aynan muomala va tadbirkorlik 
uchun o‘z ishida joyini saqlab turganini bilishdek bunga yaxshi chora yo‘q. Agar 
savolga to‘g‘ri javob berish imkoniyati bo‘lmasa, unda: «To‘g‘ri savol Agar 
istasangiz, men siz uchun buni aniqlab berishga harakat qilaman» 
deyishmumkin
2. «Bizning qo‘limizdan bu kelmaydi». Agar haqiqatan ham shunday bo‘lsa, 
harakatchan mijoz bu masalada boshqaga murojaat qilishi va bu uning foydasiga hal 
bo‘lishi mumkin. «Ostonadan qaytarishni» o‘rniga, avval kutib turishni iltimos 
qilish bilan qanday qilib unga yordam berish va uning imkoniyatlarini o‘ylab ko‘rish 
uchun vaqt yutib olgan avzalroq. Doimo ishni ijobiy tarzda hal qilishingizga ishonch 
hosil qilgan holda diqqatingizni jamlashni maslahat beramiz. 
3. «Siz bunday qilishingiz kerak». Bu katta xato. Ifoda usulini sal 
o‘zgartirish lozim: «Sizga bunday qilish yaxshi bo‘lardi» yoki «Nur ustiga a’lo 
nur bo‘lardi». 
4. «Bir daqiqa, hozir kelaman». Uning o‘rniga go‘shak orqasidagi talabgordan 
so‘ragan ma’qul: «Kerakli ma’lumotni olish uchun ikkiuch daqiqa lozim 
bo‘ladi. Kutib tura olasizmi?» 
5. «Yo‘q»,gapning boshida kelgan bu so‘z, masalani ijobiy tus olishini 
qiyinlashtiradi. Raddiyadan qochishni universal retsepti yo‘q. Hamsuhbat o‘rtasida 
paydo bo‘lgan har bir qarshilikni yaxshilab o‘ylab ko‘rgan ma’qul. Masalan, sifatsiz 
go‘shtmaydalagichning zararini qoplash uchun mijozning pul so‘rashini rad yetishda 
quyidagicha yo‘l tutsa bo‘ladi: «Bizning zararni qoplash uchun ketadigan haqni 
to‘lashga imkonimiz yo‘q, ammo sizning haridingizni almashtirib berishimiz 
mumkin». 


87 
Hatto telefon odobi bilan yuzaki tanish bo‘lish korxona xodimlarini yanada 
faolroq va sifatliroq xizmat ko‘rsatishiga, o‘z ishidan qoniqishiga olib keladi – 
muomalali odam bilan hammaning gaplashish yoqimlidir.
Xodimlarning qay darjada telefonda gaplashishi madaniyatini uqqanlarini 
tekshirish juda oson – o‘zingizni telefon orqali mijoz qilib ko‘rsatishingiz mumkin. 
Sizning firmangizga ko‘pgina sobitqadam mijozlar qo‘ng‘iroq qiladilar, suhbatning 
qanday borishi muzokarani natijasini belgilaydi. Agar qo‘ng‘iroq qilgan odam o‘zini 
tanishtirmay, darhol savollar bilan ko‘mib tashlasa, avval tavoze’lik bilan uning ismi, 
firmaning nomi va uning telefon raqamini so‘rab, so‘ng suhbatni davom ettirish 
mumkin. 
Ko‘p holda mijozdan o‘zi haqida ma’lumotni «sug‘urib» olishga to‘g‘ri keladi. 
Unda «nima, qachon, qayerda, kim, qanday» savollaridan foydalanish joiz, ammo 
«nima uchun» degan savolni ishlatish bu ishonchsizlik belgisidir. Uning talablarini 
aniqlashtirib olgandan keyin, mahsulotning foydali jihatlarini aytib o‘tish kerak. Agar 
mijoz mahsulotingizni atayin sotib olish maqsadida qo‘ng’iroq qilgan bo‘lsa, unda bu 
tovarni ko‘prog‘ini «o‘tkazishga»harakat qilish lozim. Agar mijoz Shunchaki 
taxminiy ma’lumot bilan qiziqqan bo‘lsa, sizning vazifangiz – sinash uchun olib 
ko‘rishga ishontirishdir.
Mijozni tavozelik bilan biror qaror qabul qilishiga yo‘naltirish joiz, masalan

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling