Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Stol atrofidagi biznes etiket Stol atrofidagi biznes aloqalarni gaplashish dastlab taklif qilishdan boshlanadi. Dastlab, tushlik qayerda va qay tarzda o‘tishini tushunib yetishingiz lozim. Bilamizki, Tushlikka taklif qilinganda yozma tarzda vaqti va joyi ko‘rsatilgan dress-kod beriladi. Va bunga yozma tarzda javob yo‘llash kerak, “Rahmat, aytgan joyingizda bo‘laman”. Agar siz kliyentni yoki hamkasbingizni tushlikka taklif qilgan bo‘lsangiz, restoranda bo‘lsa ham o‘zingizni mehmonni xuddikim uyda qabul 82 qilayotgandek tutishingiz lozim. Chunki chaqirgan mehmoningiz o‘zini komfort, yanikim qulay his qilishi kerak. Stol atrofida biznes aloqalar haqida gaplashmoqchi bo‘lsangiz suhbatdoshingizni izzat nafsoniyatiga tegmaslikka harakat qiling. Tushlik vaqtida 2 holatda ovqatni buyurtma berishingiz mumkin. Birinchidan, buyurtirilgan ovqatlarni istemol qilish, yoki menyuga qarab har bir inson buyurtmasiga qarab. Agar tushlik vaqtida buyurtirilgan ovqat sog‘lig‘ingizga to‘g‘ri kelmasa yoki yoqmasa, hammaga eshittirib “Meni yazvam bor, men buni yemayman!” deb aytish kerak emas. Astagina ofitsantni chaqirib astagina aytish joiz. Butun stol atrofidagi odamlarga achchiq qilib, yoki dasturxon oldida kasalligingizni fosh qilish odobsizlik sanaladi. Agar tashrif byuradigan mehmon chet eldan kelishi kerak bo‘lsa, taklif qiluvchi tushlik joyini Shunga qarab belgilashi kerak. Tashrif buyuruvchi nimaga taklif qilinganini so‘ramasdan oldin taklif qiluvchi taklifini boisi nimaligini gapirmasligi lozim. Qabul Kimdir yoki nimadir uchun nishonlanadigan yig‘ilish qabul deb ataladi. Qabul – odamlar, davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi muloqot shaklidir. Uning sabablari va sababchilarining darajasiga qarab qabul rasmiy va norasmiy qabullarga ajratiladi. Chet el vakillari uchun yoki ularning ishtirokida tashkil qilinadigan qabullar odatda diplomatik qabul deb atashadi. Bu qabullarning turli usullari mavjud. «Shampan bokali» – qabuli milliy bayram yuzasidan, delegatsiya sharafiga, elchining kyetishi va h.k da uyushtiriladi. Qabulda mehmonlarga shampan vinosi, qovurilgan yong‘oqlar, shokolad, ba’zida esa mayda pishiriqlar tarqatiladi. «Vino bokali» qabulida mehmonlarga vino, turli kanape, tartaletkalar, mevalar tortiladi. «Jurfiks» fransuzchadan olingan aniq vaqt deb tarjima qilinadigan qabulda ma’lum bir paytda va kunda qish yoki kuz fasli davomida o‘tkaziladi. «Jurfiks» tipiga qarab odatda simpozium, konferensiyalar o‘rtasidagi tanaffusda xizmat ko‘rsatiladi. Mehmonlarga gazaklar, sharbat, suv va issiq ichimliklar tarqatiladi. «Barbekyu» nomli qabulda esa yoz paytlarida, ochiq havoda (odatda yakshanba kunlari) o‘tkaziladi. Mehmonlarga aylanma sixda qovurilgan go‘sht, vino va salqin ichimliklar tortiladi. Bu qabul odatda 12-13 soatlarda o‘tkaziladi. Ko‘p hollarda diplomatik qabullar nonushta, tushlik yoki choyga, ba’zida esa kechki ovqatga ham taklif qilish orqali amalga oshiriladi. Nonushta uchun 12 dan 13 gacha, undan 45-60 daqiqasini mehmonlar stol atrofida o‘tkazadilar. Tushlik 19 dan 83 21 gacha davom etib, mehmonlar bir soatcha stol atrofida o‘tiradilar. Choyga 15-16 larga taklifqilinadi, ular ham bir soatcha stol atrofida o‘tiradilar. Kechki ovqat odatda 21 dan keyin uyushtiriladi. Bu qabullarning har biri ikki qismdan iboratdir. Birinchisi – uchrashuv, ko‘rishuv hamda mehmonlarning yig‘ilishi, shahsiy va umumiy suhbatlar, kelganlarni banket stolidagi o‘z joylari bilan oldindan tanishtirish, aperitiv. Ikkinchisi – banket (ko‘p hollarda to‘liq xizmat bilan). Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling