Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Tayanch tushunchalar:
Kiyinish madaniyati, garmoniya, gardirob, aksessuar, did, rusm, bo‘yinbog‘, ro‘molcha, ayollar, erkaklar, oyoq kiyim, qaddi–qomat, to‘g‘ri yurish, to‘g‘ri o‘tirish, uzr so‘rash, texnik aloqa vositalari, o‘zini tutish, noqulay holatlar, xushomadlar. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Kiyinish madaniyati haqida nimalarni bilasiz? 2. Erkaklar garderobi qanday bo‘lishi kerak? 3. Ayollar garderobida nimalarga e’tibor berish kerak? 4. Garmoniya haqida nimalarni bilasiz? 5. Qayerga qanday kiyinish lozim? 6. Oyoq kiyimini qaerga qanday tanlash kerak? 7. Chiroyli qomat va qadam tashlash etiketi haqida nimalarni bilasiz? 8. Uzr so‘rashning qanday usullarini bilasiz? 9. Telefon orqali qanday gaplashish lozim? 10. Jamoat joylarida o‘zini qanday tutish lozim? Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - T., Ma’naviyat, 2008. 2. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami - T., G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2011. 3. A.Sher. Axloqshunoslik. Darslik. T., O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010. 4. Гулыга А. Кант. Молод г-я. – М., 1981. 5. Максимов А. Искусство общения или ремесло общения. - М., 2006. 6. Максимов С.В. Русский человек в гостях// Задушевное слово. 1866, Т.12. 7. Правила этикета. www. еtiksite. org. 3 КБ. 8. Этикет от А до Я. www. еtiksite. ru. 11. КБ. 9. Husanov B., G‘ulomov V. Muomala madaniyati. - T., Iqtisod-moliya, 2009. 76 6-MAVZU. BIZNESMEN ETIKETI Biznes iqtisodiy axloqiy asosga tayanadi. Kommersiyadagi tadbirbiznesida etiket nihoyatda muhim ahamiyatga ega, modomiki, u kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikning davomiyligini va tuzilgan bitimning omadliligini belgilab beradi. Hamkorlikning umumqabul qilingan qoidalarni buzish mumkin emas. Ishdagi qaltislik qonunni hatlab o‘tishdagi qaltislik bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Muvaffaqiyatli tadbirkorlikning asosiy muruvvati – tajriba natijalaridir: olingan daromadlar, kasbiy qoniqish, jamiyatda, sheriklar oldida ijobiy nufuzga ega bo‘lish, firma yoki tashkilotning mustahkamlash uchun pul jamg‘armasini yaratish. Tadbirkorlardagi axloqiy-ruhiy tayyorgarlikka ega emaslik, tezda pul topish ilinjida savodsiz intilishlar, pullarga noto‘g‘ri munosabat, firmaning raqobatbardoshligini oshirish va mustahkamlash uchun firmaning daromadidan foydalanishning muhimligini anglamaslikda namoyon bo‘lishi mumkin. Bular marketing ma’lumoti hajmining juda kamligi; firmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning, sheriklarni topishdagi informatsion mexanizmlarning yo‘qligi; muvaffaqiyatsiz reklama; iste’molchi va xaridor talablari borasidagi ma’lumotlar to‘plamiga ega bo‘lmaslik; rivojlanmagan ish munosabatlarining texnologiyasi; ish bayonnomasi, savdo muomalasi odobiga rioya qilmaslik; sheriklarning milliy va hududiy ruhiyatining xususiyati borasida mo‘rt nishonga ega bo‘lish; atamalar va til masalasida qiyinchiliklar; chet tillarini bilmaslik; biznes, menejment, marketing, kommersiya, bank ishlari doirasida aniq tushunchalar asosiga ega bo‘lmaslik; hujjatlarni rasmiylashtirishdagi qiyinchiliklar; mutaxassislar va tadbirkorlar qo‘llaydigan ilmiy - texnik atamalarning eskirganligidir. Hayot fazosi bo‘lmish bozor taraqqiyotini o‘zlashtirar ekanlar, tadbirkorlar bir narsani bilishlari lozim: bozor tuzilmasiga kirishga intiq bo‘lgan tadbirkorlardan faqat 10-15 foizigina muvaffaqiyatga erishadilar. Muvafaqqiyatga faqat o‘zining ijodiy jihatdan iste’dodini ifodalash hissi kuchli bo‘lgan, doimo odamlarni, ularning ehtiyojlari va qiziqishlarini o‘rganadigan, odamlarning ishonchini qozonishga intiladigan, vijdonli va axloqli, tinimsiz ma’naviy hamda kasbiy komillikni o‘zida namuna sifatida ko‘rsatadigan, va oxir-oqibat, boshqaruv mahoratining yuqori ko‘rsatkichi bo‘lmish – odamlardagi intellektual faoliyatni ocha biladigan odamlargina erishadilar. Bu haqiqiy tadbirkorning xususiyatlaridir. Oxirgi yillarda ko‘pgina tashkilot va muassasalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi bozorga chiqish huquqiga ega bo‘ldilar, savdo, iqtisodiy va ishlab chiqarishda turli mamlakatlarning firma va tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilishga yangi imkoniyatlar ochildi, shu bilan birga ilmiy izlanishlar doirasida, tadqiqotlar va texnologiya almashinuvi, professional kadrlarni tayyorlashda keng aloqalar yaratildi. Mamlakatlarning ba’zi miliy va ruhiy xususiyatlarini bilish tadbirkorlarga har bir 77 yerda uning qonunlariga mos tarzda o‘zini tutishiga yordam beradi va eng asosiysi – nazarda tutilgan tashkilotda muvaffaqiyat qozonadi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling