Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Noqulay vaziyatlardan chiqishda uzr so‘rash hamda xushomadning o‘rni
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Noqulay vaziyatlardan chiqishda uzr so‘rash hamda xushomadning o‘rni
Kimnidir bezovta qilsangiz, yonidan o‘tib ketayotib «Iltimos, uzr», «Kechirasiz» deb uzr so‘rashingiz mumkin, ammo uning qisqa shakli «Uzr» so‘zi bunday holatlarga unchalik mos emas. Odamlarni turtib o‘tish noqulay vaziyatga solib qo‘yishi mumkin. Ayniqsa, teatr yoki san’at saroylarida qatorlaridagi o‘rindiqlardan o‘tayotganda oldin ruxsat so‘rab, sizga yo‘l berishga ulgurmay qolgan odamlarning oyoqlarini bosmasdan o‘tishga harakat qilmoq lozim. Xushomad – insonning tashqi qiyofasi, chiroyli so‘zlari, hatti-harakatidan ta’sirlanib, ma’qullashni ifodalash, maqtovning maxsus shaklidir. Nafis shaklga o‘rangan bu ifodadan hammamiz zavqlanamiz – har birimizda ozgina miqdorda bo‘lsa ham o‘zimizga nisbatan muhabbat hamda g‘urur mavjud. Xushomadlar jamoatda yoqimli kayfiyat uyg‘otadigan hissiyotda asos bo‘lib xizmat qiladi. Xushomad yengil, sho‘x, oddiy, tabiiy va asosiysi, haqqoniy bo‘lishi lozim. Agar xushomadlarni kam, ammo o‘tkir va nazokatli qilib aytilsa, unda ular suhbatga ajib bir tarovat qo‘shadi. Aksincha, agar xushomadlarda bir muncha tayyorgarlik, ta’ma, oshirib yuborishlik bo‘lsa, ular kulgilik va yoqimsiz xususiyat kasb etadi. Qo‘pol xushomad doimo o‘rinsizdir va uni ifodalovchi odam yaxshi ko‘rsatmasligi aniq. Uni qabul qilish ham odamni kamsitadi. Xushomad o‘z vaqtida va joyida qo‘llanishi nur ustiga a’lo nurdir. Bunday nazokatga ko‘milgan xushomad hamisha odamga lazzat bag‘ishlaydi. U uyatchan odamga ishonch, odamovini ochiq 72 bo‘lishiga, xomush odamni kayfiyatini ko‘tarishiga sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik xushomadlarni qanchalik joyida va mos kelishi haqida o‘ylamay mulozamat qilishga odatlanib qolishgan. Ayol kishiga nisbatan tez-tez: «Bugun juda chiroylisiz?» yoki “Bugun juda ochilib ketibsiz?”degan xushomadni eshitamiz. Endi tasavvur qiling, xushomadga javoban takalluf qilishni o‘rniga ayol kishi: «Kecha mening ko‘rinishim yomonmidi?» degan tabiiy savolni javob bersachi?! «Bugun juda chiroylisiz?» degan xushomadni aslida xushomad qatoriga kiritmasa ham bo‘ladi. Chunki u yuqorida aytganimizdek, ikki xil ma’noga egadir. Ammo «Bugun juda yasanibsiz!» degan so‘zlar ikki xil ma’noga ega emas. Xushomadda yorqin ko‘rinuvchi maqtov bo‘lmasligi lozim. Xushomad qilayotganingizda oshirib yuborishlar hamda ortiqcha hayratdan o‘zingizni tiying. Xushomadda aql o‘rgatadigan so‘zlardan saqlaning: «Bu ko‘ylak sizga yarashibdi, ko‘proq shuni kiying». Qanday qilib xushomadni ifodalash mumkin? Ishonchli ohangda, jilmayib, ko‘ngilochiqlik bilan izhor qiling. Imo va ishoralar so‘zlarga mutanosib bo‘lmog‘i kerak. Xushomadda kinoyaga hatto ishora ham bo‘lmasligi lozim. Yo‘l–yo‘lakay va ish orasida xushomadni aytib ketmang. Xushomadga tayyorlanar ekansiz, unga bo‘lgan ta’sirni hisobga olish darkor. Agar siz aytmoqchi bo‘lgan narsada aksil ta’sir holati bo‘lishi ham mumkinligini bilsangiz, o‘ylagan fikringizdan qayting. Bir ayolga xushomad qilar ekansiz, ikkinchisining eshitish imkoni borligini bilsangiz, ehtiyot bo‘lgan ma’qul. Ba’zi vaziyatlarda bu oxirgi ayolni, ayniqsa u agar yolg‘iz yoki notanish davrada bo‘lsa kayfiyatini buzib qo‘yishi mumkin. Erkaklarga qilinadigan o‘zaro xushomad nafaqat qabul qilinmagan, hatto odobsizlik ham sanaladi, bunday xushomadgo‘y kulgiga uchraydi. Ayollar, shu bilan bir qatorda yosh qizlar ham erkaklarga xushomad qilishdan tiyilganlari ma’qul. Aks holda ular noqulay va kulgilik vaziyatga tushib qolishlari mumkin va o‘zlari, hamda maqtov egasini ham obro‘sini tushirib qo‘yishlari mumkin. Erkak kishidan latif xushomadni eshitgan ayollar hissiyotlariga ishonchli tarzda sho‘ng‘ib ketmaganlari ma’qul. Barcha turdagi xushomadlarni yaxshi qabul qilaverishda ehtiyot bo‘lmoq lozim, chunki ba’zi mulozamatlarda ikkiyuzlamachilik va soxta muhabbat berkingan bo‘lishi mumkin. Tanimagan-bilmagan odamning xushomadiga qilingan juda «quyuq» javob, nafaqat noo‘rin baho, tasavvurni paydo qilish mumkin, balki g‘aliz niyatli kishilarning o‘yini qurboniga ham aylantirib ko‘yishi mumkin. Qanchalik zamonaviy olamda yashamaylik, insonning ori, nomusi, izzat-nafsi hamda qadr-qimmati birinchi navbatda turmog‘i lozimligini kishi unutmasligi joiz. “Boshqa odamlarning xotinlariga nisbatan iffatli bo‘linglar, shunda sizlarning xotinlaringizga nisbatan ham iffatli bo‘lurlar”, - deyiladi sahih hadislarda. Iloji boricha begona ayolga xushomad qilishdan saqlangan ma’qul. 73 Qanday qilib samimiy maqtovga javob berish lozim? Tashakkurni odatiy «rahmat» so‘zi bilan kifoyalanmay chin dildan bildirmoq darkor. Sizni maqtagan odamga «teginish»dan o‘zini tiygan ma’qul. Muloyim minnatdorchilik bilan cheklanib, izoh va savollarni o‘zimizda saqlaganimiz yaxshiroq. Xushomadni eshitib, qarshilik bildirish qadr-qimmatni tushirishi yoki riyokorlikni ko‘rsatib qo‘yishi mumkin. Agar sizning tashqi ko‘rinishingiz yaxshi ekanligidan shavq bilan gapirsalar, o‘zingizni noqulay his qilishingiz haqida aytish lozim. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling