Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Erkaklar – tantanali kechalarda. To‘q tusdagi kostyumni – bir bortlik yoki 
ikki bortlik kiygan yaxshiroq. Rasmiy dabdabali uchrashuvlar yoki davlat 
miqyosidagi qabullarga odatda aynan shunday tusdagi kostyum kiyiladi. Faqatgina 
kechki chiqishlar uchun xizmat qiladigan frak va smoking hali bizda rusm bo‘lgani 
yo‘q. Diplomat qabullarida yokitantanali kechalarda kombinatsiyalashgan kostyum 
yoki fraklar kiygan odamlarni hali ham uchratish mumkin. Shunga qaramasdan
bunday kostyum va uning atributiga qo‘yilgan qat’iy talablar ham mavjudiligini 
unutmaslik lozim.
Diplomatlar, savdo uyushmalarining xodimlari hamda madaniy, iqtisodiy va 
ilmiy xususiyat kasb etgan xalqaro yirik uchrashuv qatnashchilari bunday turdagi 
kiyinishlarni farqiga borishlari bilan birga ayni paytdagi talablarga oson ko‘nikishlari 
lozim. Tashrif kostyumi ila nomlanadigan kiyimni kunduzgi qabullar uchun
universitetdagi va ilmiy muassasalardagi dabdabali majlislar uchun xizmat qiladi. 
Frak hamda smoking agar taklifnomada kechki kostyum deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, 
kiyiladi. Bunday vaziyatlarda doimo frak yoki smoking nazarda tutiladi. Etiket 
bo‘yicha agar «kichik kechki libos» deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, unda smokingda, agar 
smoking bo‘lmasa, kombinatsiyalashgan kostyum kiyib borish ma’qul, ammo zinxor 
frakda bormagan ma’qul. Bugungi kunda bu bizda hali urf bo‘lmagan. 
Qaddi-qomatni tutish va chiroyli yurishKiyimning orastaligi va ko‘rkamligi 
faqatgina kiyimning o‘ziga bog‘liq emas. Bunda qaddi-qomat katta ahamiyat kasb 
etadi. Insonning turishi, yurishi, o‘tirishidan qo‘l va oyoqlarining vaziyatidan uning 
atrofdagilarga bo‘lgan izzat-hurmatini yoki hurmatsizligini bilish mumkin. 
Gavdaning har bir vaziyatida baodoblik, tabiiy erkinlik ko‘rinib turishi va bu vaziyat 
Shu sharoitga zid bo‘lmasligi lozim. Hech kim yo‘qligida o‘zingizga yo‘l 
qo‘yishingiz mumkin bo‘lgan harakatlar boshqalar oldida joiz bo‘lmaydi. 


65 
Eng go‘zal chehra, kelishgan qaddi-qomat yoki chiroyli, nafis kiyim ham, agar 
yurish-turishga mos tushmasa, kishida hech qanday taassurot qoldirmaydi. 
Inson hamma vaqt go‘zallikka va tartibga intilgan, shuning uchun ham 
avloddan-avlodga o‘tib kelgan va odatga aylanib qolgan udumlar hamda har bir 
xalqning an’analarida ajoyib tarzda o‘z ifodasini topgan. Yaxshilikka, go‘zallikka 
intilish insonga xos xislatdir, insonning xushmuomala va odobli bo‘lishga intilganligi 
bu oddiy holdir.
Insonda hamma narsa go‘zal bo‘lishi kerak. Uning tashqi ko‘rinishi, ichki 
qiyofasi, yurish-turishi ham go‘zal bo‘lishi lozim. Kishining samimiy va sof bo‘lishi 
bilan birga chiroyli yurishi, qaddi-qomatini adl tutishi, chiroyli gapira olishi, erkin 
hatti-harakat qilishi yaxshi odat natijasidir. Atrofingizga qarang, siz odamlarning 
qanday yurishini ko‘rasiz: biri bukchayib, boshqasining qo‘llari osilib yuribdi
narigisini oyog‘i qiyshayib qadab bosadi, yana biri maneken ayollarga o‘xshab 
yoniga tashlab yuribdi. Ba’zilar, cho‘ntaklarga qo‘lini solib, olomonni yorib o‘tishga 
harakat qiladi. Har biri – «o‘zicha olam». Agar har bir kishi oynaga qarab o‘zini 
boshqalar oldida qanday yurishini ko‘rganda edi!
Har bir odamning yurishi uning xususiyatini keltirib chiqaradi: ba’zida esa bu 
kostyumga ham bog‘liqdir. Bo‘yi past to‘liq odamning yurishi boshqa, ozg‘in va 
uzun bo‘ylik – boshqa. Agar qiz bolaning oyog‘ida baland poshnali tufli-yu, kalta 
yubka bo‘lsa unda bir yurish uslubi, krossovka va djinsida esa – boshqacha ko‘rinadi. 
Yurish o‘ta tabiiy bo‘lishi lozim. Ko‘chada boshni ko‘tarib yurish mumkin. 
Ammo bunda qo‘llarni harakati tashlanayotgan qadamning ritmiga mos bo‘lishi 
kerak: qo‘li osilib turishi va ularni u yoqdan buyoqqa marsh harakatiga o‘xshab 
tashlab yurish kerak emas. Yurayotganda oyoqni shunday qo‘yish kerakki, unda 
oyoqning uchi va tovoni bir tekis harakatga mos ravishda yo‘naltirilgan: oyoqni 
uchini sal ichkariga qiyshaytiribroq qo‘yish lozim. Oyoqlari qiyshiq odam qadamni 
to‘g‘ri qo‘yishga doimo e’tibor berishi kerak. 
Agar siz sherigingiz bilan ayniqsa, qo‘l ushlashib ketayotgan bo‘lsangiz, 
yoningizdagi odamning qadam tashlashiga moslashib yurishga intiling. Agar ayol 
kishining yubkasi torroq bo‘lsa, unda qadamni maydalashtirib yuradi, erkak kishi esa, 
katta qadam tashlashiga qaramasdan, u bilan baravar yurishga harakat qilishi lozim. 
Har bir odamning qo‘llari bor, ammo ba’zida ularni qayerga berkitishni bilmay 
qolamiz! Axir har doimo qo‘limizda sigaret yoki boshqa narsalarni ushlab 
turolmaymiz, qo‘lni kissaga solib turish esa odobsizlik sanaladi. Qo‘llarni har 
zamonda faqat paltoning cho‘ntagiga solish mumkin. Suhbatda esa fikringizni 
tasdiqlash uchun qo‘llanadigan harakatlardan tashqari, umuman, qo‘l ishlatilmaydi. 
Turib gaplashish ko‘pchilik uchun azobni o‘zginasi. Ayniqsa, agar qo‘llarida hech 
narsa bo‘lmasa. Ba’zilar qo‘llarini bellariga qo‘yadilar yoki chalishtiradilar, axir 
ularni bir nima qilish kerak-ku! Turgan bo‘lsangiz imkon qadar o‘zingizni to‘g‘ri 


66 
tuting, bukchayib olmang. Bunda stul yoki o‘rindiqqa tayangan yohud o‘ziga tayanch 
uchun biron narsa topgan ma’qul. 
Lapanglab, bo‘shashib, chayqalib va bedana yurishdan saqlaning. Zarurat 
bo‘lmasa, zinapoyalarni tashlab – tashlab sakrab chiqmang. Qo‘llarni haddan tashqari 
siltab, yelkalarni tebratib yuradigan ayollar ham, erkaklar ham juda xunuk ko‘rinadi. 
Yurganda va bir joyda turganda boshni ichga olish yaxshi emas. 
Gavdani to‘g‘ri tutib, yengil va ravon qadam tashlab yurish chiroyli ko‘rinadi. 
Qo‘llar oyoqlar bilan bir maromda harakatlanishi lozim. Ularni bo‘shgina osiltirib 
qo‘yish ham, haddan tashqari siltash ham yaramaydi. Yurganda oyoqlarning kafti bir-
biriga paralel, panjalar esa salgina tashqariga kerilgan bo‘lishi lozim. 
Sport poyafzali va sport kiyimidagi ayollarga qaraganda baland poshnali 
poyafzal va yubka kiygan ayollar yengilroq va rovonroq yuradi. Ba’zi qizlar, shim 
kiyib olib har qanday yurish va turish mumkin, deb o‘ylashadi. Ammo shalpayib 
yurish hech qachon va hech kimga go‘zallik bag‘ishlagan emas. 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling