Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O‘ziga bino
Erkaklar kiyimi. Kishining madaniyatini birinchi navbatda uning kiyimi
ta’kidlab turadi. Did bilan tanlangan kiyim va orasta ko‘rinish odamni o‘ziga nisbatan ishonchli, batartib, tetik va oxir-oqibat atrofdagilarda yoqimli taassurot uyg‘otadi. Hammasidan ham har bir erkak kishi kundalik kiyish uchun ko‘zga u darjada tashlanmaydigan, kostyum-shim va yana nisbatan jiddiyroq to‘q kul rang yoki to‘q ko‘k va qora tusdagi kostyum-shimlarni maxsus kechalar hamda mehmondorchiliklar uchun mo‘ljallangan garderobga ega bo‘lishi lozim. Agar bu ikki kostyumni mohirlik bilan bir-biriga uyg‘un bo‘lgan tusdagi ranglarda tanlab olinsa, unda ularni birini biriga moslashtirgan holda kiyib yurish mumkin. Bundan tashqari bu ikki kostyumga sportiv turdagi kombinatsiyalashgan kostyumni ham qo‘shib to‘ldirish mumkin. Bunday turdagi kostyumni ishga kiyish urf bo‘la boshlamoqda. U bezak va ranglar bilan bir-biridan farq qiluvchi shim va ustki kiyimdan borat bu kostyum, uyg‘un va mos bo‘lgan holda bir-birini to‘ldirishi lozim. Masalan, mayda katakli kostyumga shim, mayda katakli shimga esa bir tusdagi ustki kiyim ko‘proq mos keladi. Sportiv usulni xush ko‘radigan erkakalarga kiyinishda bir qancha qulaylik mavjud: oq yoki rangli ko‘ylaklar bilan bir qatorda ular sportiv yoki mayda va nafis to‘qilgan ko‘ylaklarni ham kiyib yurishlari mumkin. Yilning issiq kunlari uchun mo‘ljallangan yengil chitdan yoki sun’iy ipdan tikilgan kostyumlar erkaklarning kiyimlar javonida doimiy avtributga aylandi. Bunday turdagi kostyumlarning matosining rangi bir xil yoki turli tusdagi rasmlari bilan och va to‘q tuslarda bo‘lishi mumkin – bu sizda mavjud bo‘lgan ko‘ylaklarga va unga mos tarzda uyg‘unlikni vujudga keltiradigan oyoq kiyimlarga bog‘liq. Shimni xarid qilayotgan vaqtda uning qanchalik sizning kostyumingiz, ustki kiyimlaringiz va ko‘ylaklaringizga mos kelishini nazardan chetda qoldirmaslik joiz. Vilvet shimga qalin yoki jun matodan ko‘ylaklar mos keladi (agar uning egasi to‘laroq bo‘lmasa). Ammo orastalik birinchi o‘rinda – har qanday zo‘r bashang ko‘rinishni cho‘ntakdan chiqqan kir ro‘molcha bir pul qiladi. Sochlar doimo toza bo‘lishi va tiniq ko‘rinish kasb yetishi lozim. Erkaklar kunda soqolini olib turishi, kerak bo‘lsa, kechqurun mehmonga borish uchun to‘q kostyum kiygan bo‘lsa ham ikki martadan olishga to‘g‘ri keladi. Eng ahamiyatlisi, nafaqat ozoda bo‘lishi, balki kuyelagi tikilgan, dazmollangan bo‘lishi ham shart. Oyoq kiyimlarni hatto yomg‘ir kunlari ham tozalab chiqish kerak, zero, ular gohida egasini holatini «sotib» turadi. Zamonaviylik unga asosiy xususiyatlarda individual tarzda moslaShuvni taqozo etadi. Aslida hech qanday moda xunuk yoki chiroyli bo‘lmaydi, u doimiy mezonga ega emas. Kecha qabul qilinmagan narsa, bugun tabiiy ko‘rinishi mumkin. Tabiatning 62 shu xususiyati tufayli biz ba’zida ko‘rinishimizni yangilab turish imkoniyatiga egamiz. Yangi chiqqan zamonaviy liboslarga moslashish odatda sal qiyinroq kechadi. Deyarli hamma vaqt ko‘pchilikni hayratga soladi. Tajribadan shuni bilamizki, bir yildan so‘ng yangi chiqqan rusm bizga o‘z hukmini o‘tkazadi, keyin esa xuddi shu uslubga moslashib olgandan so‘ng, undan voz kechishdan bosh tortamiz. Zamonaviy narsalar odatda ayollar uchun uch yil, erkaklar uchun besh yil xizmat qiladi. Eski modani «ushlab» turishga intilib, yangisi bilan kurashishni to‘xtatgan ma’qul. Zamonaviy narsani sotib olib, uni «ayash uchun» kamdan-kam ishlatib, shkafga qo‘yib qo‘ygan odam qattiq adashadi. Ba’zida bunday narsalarni eski sarqit sifatida olib tashlashga to‘g‘ri kelib qoladi. Rusm (moda) me’yor hisini, davr talabi, did va yoshga e’tiborni talab qiladi. Shunday odamlar borki, ular tezda zamonaviylikning ba’zi unsurlarini ilib oladi, boshqalarga esa «maxsus moslaShuv jarayoni» kerak. Bunda o‘zgaruvchan davrda tezda moslashib olganlar ularning asabiga tega boshlaydi. Bundaylarga bir oz sabrli bo‘lishni maslahat beramiz. A.Navoiyning “Mahbubul qulub” asarida“O‘ziga bino Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling