Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Rasmiy holatlarda ustki kiyimning tugmalari qadalgan bo‘ladi
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Rasmiy holatlarda ustki kiyimning tugmalari qadalgan bo‘ladi. Bunday
holatlarda siz tanishlaringiz kvartirasiga, restoranlarga (ayniqsa ayollar oldida), majlislar xonasiga, teatrga kirishinigiz mumkin. Bundan tashqari tugmalarni prezidium stolida o‘tirganigizda va doklad bilan chiqish qilganingizda qadalgani lozim. Raqsga tushganingizda ham xuddi Shu holat uushlab turish maqsadga muvofiq. Qadalmagan tugmalar bilan siz o‘rindiqda teatr tomosha qilayotgan yoki kechki ovqat dasturxoni oldida o‘tirishingiz mumkin. Ustki kiyimning eng quyi qismidagi tugma hech qachon qadalmaydi. Dissertatsiya himoyasi uchun kandidat to‘q kostyum kiyishi lozim. Uyda xalat va pijama faqatgina ertalab yoki kechqurun vannaga kirish uchun kiyiladi. Boshqa paytlarda to‘liq, batartib va qulay kiyinish lozim. Uyda odatga ko‘ra erkaklar trikotaj mahsulotlaridan bo‘lgan sport kiyimlar yoki jinsi kiyadilar. Agar kvartira bo‘ylab yurgan erkakning kiyimi bir oz eskiroq, shimidagi naqshlar rangdor va ajoyib bo‘lsa, buning qo‘rqinchli joyi yo‘q. Hatto yaxshi ko‘rinadi. Asosiysi, eskirgan bo‘lsa ham ularni vaqtida yuvishga tashlab, tugmalarini mustahkam va dazmollangan holda tutish lozim. Agar mehmon sizni pijamada ko‘rsa, ustingizga xalat tashlab olgan ma’qul. Xuddi shu narsani o‘zgalarning uyida yoki dam olish maskanida yashaganingizda qiling. Erkaklarda kabi ayollarning ham shippaklari toza va pachoqlanmagan bo‘lishi lozim. Taklif qilingan mehmonlar hech qachon shippakda kutib olinmaydi, garchi uy egasi har safar yangi libosda chiqishi shart bo‘lmasa ham. Ayniqsa mehmon oddiy ko‘ylakda kelgan bo‘lsa. Erkaklar uchun ko‘ngilochar kechalarda mo‘ljallangan ayollardagi kabi bunday darajada ta’sirchan kostyumni hali moda o‘ylab topmagan. Ammo nima qilsa ham mayda katakli ko‘ylak yoki to‘qilgan sviter bilan birga jinsi shim to‘g‘ri kelmaydi. Bunday kiyim faqat kundalik kiyinishga mos. Mehmonlarni qabuli uchun och tusdagi shim va ko‘ylak kiyib olgan ma’qul. U haddan tashqari ola-bula yoki odmi bo‘lishi zarur emas. To‘q rangdagi ko‘ylak haddan tashqari oddiy ko‘rinadi. Och rangdagi ko‘ylak ozodalik va yangilik kabi yoqimli hislarni uyg‘otadi. Kiyim tanlash etiketi talablarida dam olish maskanlari va dala hovlilarda o‘tkaziladigan mehnat ta’tili, qishki yoki yozgi ta’tilda kiyiladigan kiyimlarni 64 kiyishda katta erkinlik beriladi. Bunda uydagi iliqlikni hamda shinamlik hissini uyg‘otadigan to‘qilgan, yumshoq, issiq va momiq kiyimlar kiyish mumkin. So‘nggi yilning so‘nggi kunidagi yuqori kayfiyat sizning kiyimingizda aks ko‘rinadi. Yangi yilni siz yaqin do‘stlaringiz bilan nishonlaysizmi, yoki ularning uylarida, restoranda yo kafeda – yangi yil ziynatlari kundalik pardozlardan o‘zini yorqinligi bilan ajralib turishi lozim. Yangi yil kechasining o‘zgacha tarovatini faqatgina shu kun uchun mo‘ljallangan libosingizga yana yorqinlik ato eta oladigan ajabtovur ziynatlar va detallar bilan bezatish evaziga yanada kuchaytirishingiz mumkin. Kiyimning o‘zi shunchaki chiroyli bo‘la olmaydi. Uning nafosati qayerga – ishxonaga, uyga, bayramga, shahardan tashqariga sayr uchun mo‘ljallanganiga bog‘liq. Bashang kiyim faqat qaddi-qomati kelishgan, yaxshi fazilatlarga va chiroyli nutqqa ega odam bilan «chiqishadi». Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling