Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muzokaraviy qabullar.
- Nonushta, tushlik, tushlik-bufet
Muzokara kiyimi. Bundausti boshimiz makon, zamon va voqelikning tabiatiga
to‘g‘ri kelishi lozim. Rasmiy muzokaralarga odmi rangdagi kiyimlar mos keladi. Bo‘yinbog‘ tusi uning egasi borasida ma’lum tasavvurni paydo qilish imkoniga ega. qizil, sariq – erkinlik, qat’iyatlik; qora tusda qizil bezaklar – o‘ziga nisbatan ishonchni kuchliligi, muayyanlik; ko‘k va to‘q jigarrang – bag‘rikenglik; to‘q kulrang – hissiyotlarga erk bermaslik; havorang – xotirjamlik; yashil, sariq – sergaklik. Bo‘yinbog‘ ko‘ylakka nisbatan och tusda bo‘lmasligi lozim. Bo‘yinbog‘ savlatingizga mos kelishi kerak. Uning uzunligi shimning kamarigacha bo‘lishi maqsadga muvofiq. 122 Rasmiy sharoitda ust boshning oxirgi tugmasidan tashqari barcha tugmalari taqilgan bo‘lgishi lozim. Erkaklar paypog‘i kiyishga mo‘ljallangan kostyumga mos kelishi, kostyum rangidan to‘qroq, oyoq kiyim rangidan ochroq tusda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Qo‘lqoplar, sharf va dastro‘mol ranglari va gullari boshqa kiyim unsurlarigi mos ravishda tutilishi lozim. Ustki kiyimning yuqoridagi cho’ntagiga ruchka, qalam, ko‘zoynak va boshqa narsalari solib qo‘yish mumkin emas. Muzokaraviy qabullar. Muzokara xizmatida muzokaraviy qabullar muhim ahamiyat kasb etadi, chunonchi, unda taqdimot masalalari bilan birga axborot va maxsus masalalar ham ko‘rib chiqiladi. Qabullar markaziy tashqi organlar yoki diplomatik vakillar tomonidan muhim voqealar hamda kundalik faoliyat qatorida ham olib boriladi. Muzokara bayonnomasida kunduzga va kechki, stolga o‘tkazish va tik turish, rafiqa bilan kelish yoki ularsiz kabi qabullarga bo‘linadi. Bugungi kunda qabullarning quyidagi turdagilari keng doirada tarqalgan. Nonushta, tushlik, tushlik-bufet (shved dasturxoni) hamda furshet va kokteyl turidagi qabullar. Nonushta odatda cheklangan doirada kam sonli kishilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, qoidaga binoan faqat erkaklar taklif qilinadi. Nonushta soat 12-15 larda tashkillashtiriladi. Nonushtada yeguliklar turini tayyorlashda mehmonlarning milliy ta’mini hisobga olinadi. Odatda u bir-ikki sovuq gazak, bitta baliqli va go‘shtli issiq ovqat hamda shirinlikdan tarkib topadi. Nonushtaga birinchi ovqatni tortish qabul qilinmagan. Ba’zida nonushta davomida vino, oxirrog‘ida esa shampan vinosi, kofe, choy tortiladi. Kelgan mehmonlarni dasturxon yozilgan joydan boshqa alohida xonada kutib olinadi. U yerda sharbat, mineral suv, zaytun mevasi va boshqa yengil gazaklar taklif qilinadi. Ayni paytda mehmonlar bir-birlar bilan tanishadilar, qiziqarli suhbatlar uchun mavzular paydo bo‘ladi. So‘ng, mehmonlar dasturxonga taklif qilinadi. Nonushta odatda bir yarim soat davom etadi, undan bir soat dasturxonda ovqatlanishga ketsa, qolgan yarim soat ovqatdan keyin tarqatilgan kofe yoki choy bilan o‘tkazishga ketadi. Nonushtani yakunlash (tushlik va kechki ovqatda ham) qabul egasining izmida bo‘ladi. Ammo ba’zi mamalakatlarda bu imkoniyat mehmonlardan kattalarga (darajaga bog‘liq) beriladi. Tushlik qabulning eng tantanovor va obro‘li turi hisoblanadi. U avvalambor qabul o‘tkazilayotgan sababning qay darajada muhim ekanligini ko‘rsatish imkonini beradi. Tushlik soat 19 va 21 lar orasida o‘tkaziladi. Odatda tushlikka erkakalar bilan ularning ayollari ham taklif etiladi. Tushlikning tarkibi nonushtaga nisbatan baquvvatroq. Unda albatta birinchi ovqat bo‘ladi. Ichimliklar nonushtanikidan farq 123 qilmaydi. Tushlik odatga binoan ikki-uch soat va undan ko‘proq davom yetishi mumkin. Taxminan dasturxon atrofida o‘tkazilgan bir yarim soatdan so‘ng boshqa xonaga o‘tilib choy yoki kofe ustida suhbat qurish mumkin. Ba’zida esa Shu choy- kofe tushlik dasturxonida ham uzatilish mumkin. Kechki ovqat soat 21 va undan kechroq vaqtda boshlanishi mumkin. Tushlikdan u qabul o‘tkaziladigan vaqti bilan ajralib turadi. Birinchi ovqat berilmasligi mumkin. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling