Ortogonal proyeksiyalarni qayta tuzish usullari


Shuningdek, chizmadagi burchak ∆ABC ning H tekislik bilan hosil qilgan burchagini ko’rsatadi


Download 0.74 Mb.
bet4/4
Sana07.01.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1083543
1   2   3   4
Bog'liq
10-Текис-параллел харакатлантириш

Shuningdek, chizmadagi burchak ∆ABC ning H tekislik bilan hosil qilgan burchagini ko’rsatadi.

5–misol. D(D', D'') nuqtadan ∆ABC(∆ABC′, ∆ABC″) tekislikkacha bo’lgan masofa aniqlansin (5.8,a–rasm).

Bu misol quyidagicha yechiladi.

1. ∆ABC ni parallel harakatlantirib, proyeksiyalar tekisliklarining biriga, masalan, V tekislikka perpendikulyar vaziyatga keltiramiz. D nuqtaning yangi D′1 va D″1 proyeksiyalarini aniqlaymiz.

2. Masofaning haqiqiy o’lchami D″1 nuqtadan C″1A″1B″1 kesmaga tushirilgan D″1 E″1 perpendikulyar bilan o’lchanadi. Izlangan masofaning gorizontal proyeksiyasi D′1 E′1 esa Ox o’qiga parallel bo’ladi.

3. Masofaning proyeksiyalarini tekislikning berilgan proyeksiyalarida yasashni chizmadan tushunib olish qiyin emas.

6–misol. CABD(C'A'B'D', C''A''B''D'') ikki yoqli burchakning haqiqiy kattaligi parallel harakatlantirish usulidan foydalanib aniqlansin (5.9–rasm).

Ikki yog’li burchakning haqiqiy o’lchami  quyidagi algoritm bo’yicha aniqlanadi:

AB qirrani V tekislikka parallel qilib joylashtiriladi.

Buning uchun chizma maydonining ixtiyoriy joyida A'1B'1=A'B'va A'1B'1||Ox qilib joylashtiriladi.

A'1 va B'1 nuqtalarga nisbatan D'1 , C'1 nuqtalarni planimetrik yasashlardan foydalanib yasaymiz. Hosil bo’lgan A1, C'1, B'1 va D'1 nuqtalar yangi gorizontal proyeksiya bo’ladi.

Parallel harakatlantirish qoidasiga asosan A'', C'', B'' va D'' nuqtalar Ox o’qiga parallel chiziq bo’yicha harakat qilganligidan A''1, C''1, B''1 va D''1 yangi frontal proyeksiyalari yasaladi.

AB qirrani H tekisligiga perpendikulyar qilib joylashtiriladi.

Buning uchun A''1B''1=A''2B''2 ni chizmaning ixtiyoriy joyida A''2B''2Ox qilib joylashtiramiz. A''2B''2 yangi frontal proyeksiya bo’ladi.

C''2 va D''2 nuqtalarni A''2 va B''2 nuqtalarga nisbatan planimetrik yasashlarga asosan yasaladi.

Parallel ko’chirish qoidasiga asosan A'1 , C'1, B'1 va D'1 nuqtalar Ox ga parallel harakat qilib, A''2  B''2 , C'2 va D'2 nuqtalarning yangi gorizontal proyeksiyalarini hosil qiladi.

Bu nuqtalar o’zaro tutashtirilsa, R D'1A'2  B'2 C'2– chiziqli burchak AB qirradagi ikki yoqli burchakni o’lchaydi. Bu misolni AB qirrani H ga parallel qilib olishdan boshlab ham yechish mumkin.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling