Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (oits) haqida ma’lumot. Oits ning klinik belgilari, tashxisi, davolash va oldini olish
Download 72.24 Kb.
|
1.Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi.OITS.ОИТС
- Bu sahifa navigatsiya:
- OITS ning profilikatsiyasi
Davolash.
Kasallikni davolashda quyidagi tamoyillarga amal qilish kerak: OIV virusiga ta’sir qilish. Organizmning himoya (immun) qobiliyatini yaxshilash, kuchaytirish (immunostimulyasiya) Kasallikka yondosh bo’lgan (opportunistik) kasalliklarga qaratilgan davolash ishlarini olib borish. Bir necha yillar davomida olib borilgan izlanishlar natijasida ham OIV virusiga ta’sir ko’rsatuvchi dori yaratilgani yo’q. Rossiyada Fanlar Akademiyasi molekulyar biologiya ilmiy-tekshirish institutida sintez qilingan preparat azidotimidin virusga qarshi qisman ta’sir ko’rsatishi va OITS ning so’ngi bosqichlarida bemorning umrini uzog’i bilan bir yilgacha cho’zib turish mumkin. Lekin aziotimidin o’ta zaharli bo’lib suyak ko’migiga ta’sir qiladi. Aziotimidin amerikalik olimlar tomonidan ham OITSni davolashda tekshirib ko’rildi, lekin samara ijobiy bo’lgani yo’q. Olimlar yaratilgan dori-darmonlar ta’sirini samarasiz bo’layotganligini, OIV virusining biologik xususiyatlari bilan bog’lashmoqda, chunki virus o’z tuzilishi va xossasini tez-tez o’zgartirib turish xususiyatiga ega. Shunga qaramasdan kasallik virusiga ta’sir etuvshi juda ko’p dorilar yaratilgan bo’lib, ular klinik sinovdan o’tkazilmoqda. Immun tizimi faoliyatini yaxshilash va uni kuchaytirish (immunostimulyasiya) usuli kasallikni davolashda ijobiy samara beradi. Buning uchun interferon, interleykin, taktivin, timolin kabi immunostimulyatorlarni virusga ta’sir etuvchi azidotimidin, virozol, reoferon kabi dorilar bilan birgalikda qo’llash maqsadga muvofiqdir. OITSni davolashda kasallikka yondosh bo’lgan yuqumli va boshqa kasalliklarni o’z vaqtida davolash yaxshi natija beradi. Xulosa qilib aytganda, bu choralar odamni OITSda batamom xalos etolmaydi va kasallikni davolash masalasi eng og’ir dolzarb muammoligicha qolmoqda. OITS ning profilikatsiyasi quyidagi yo’nalishlarda olib borilishi lozim: OITSning jinsiy yo’l bilan tarqalishini to’sish; Parenteral tarqalish yo’lini to’sish; OITS ning vertikal yo’l bilan yuqishini oldini olish. OITSning jinsiy aloqa yo’li orqali tarqalishini to’sish juda muhimdir, chunki OIV virusining asosan jinsiy aloqa yo’li bilan jinsiy buzuqlar (gemoseksualistlar) tartibsiz jinsiy aloqa qiluvchi fohishalar orqali yuqishi ma’lum. Bu orada aholini, ayniqsa yoshlarni seksual (jinsiy) tarbiyalash sohasida ishlar olib borish zarur. Seksual xulqqa ta’sir qiluvchi vositalar 3 xil bo’lib ular quyidagilar: Aholini kasallik haqida xabardor qilish; Tibbiy ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish; Kontraseptiv vositalarni qo’llash. Barcha erkak va ayollarga OITS haqida ma’lumot berish, tushuntirish lozim. Virusning qanday yuqishini, xavfsiz choralari (prezervativlar) dan foydalanishni bilishi o’z xohishi bilan chuqur tekshiruvdan o’tishi kerakligi tushuntiriladi. Vaginal jinsiy aloqada OITS ko’proq erkaklardan ayollarga yuqadi. Oral va anal aloqada esa “passiv” partnyor ko’proq o’ziga yuqtiradi. OITSning keng tarqalishiga axloqiy buzuqilik, pala-partish jinsiy aloqalar sabab bo’ladi. Fohishalik va fohishabozlik, besoqolbozlik, giyoxvandlik kasallikning tarqalishida muhim o’rin tutadi. OIV virusining parenteral yo’l orqali yuqish yo’lini to’sish uchun turli in’eksiyalarni pala-partish qabul qilavermaslik kerak. Donor qoni va qon preparatlarini qat’iy tekshiruvdan o’tkazish, to’g’ridan to’g’ri qon quyishda ehtiyot choralarini ko’rish muhim ahamiyatga ega. OITSni yuqtirib olmaslik uchun iloji boricha turli in’eksiyalarni qabul qilavermaslik kerak. OIV virusining giyohvandlar orqali yuqishiningralarining xizmatidan foydalanmaslik kerak. Agar buni iloji bo’lmasa, shaxsiy yoki bir marta ishlatiladigan shpiris va ignalardan foydalanish lozim. Giyohvandlikning oldini olish maqsadida Rossiyada bir martalik shpirislarni almashtirish punktlari tashkil etilgan. Bu usul bizning mamlakatimizda ham yo’lga qo’yilgan. Sartaroshlik, manikyur, pedikyur uchun qo’llaniladigan asbob uskunalarni zararsizlantirmay, dezinfeksiya qilmay turib qo’llash mumkin emas. Eng asosiysi, har bir odamda o’zining shaxsiy gigiena buyumlari bo’lishi shart. ОITSni vertikal yo’l bilan yuqish yo’lini to’sish tibbiyot xodimlari oldida juda katta mas’uliyat yuklanmoqda, chunki kasallikning onadan bolaga homiladorlik vaqtida, tug’ruq va emizish paytida o’tish hollari ko’p uchramoqda. Profilaktikaning asosiy maqsadi OIV virusining onadan bolaga yuqish xavfini kamaytirishdir. Bizga ma’lumki virus homilaga yo’ldosh orqali homiladorlikning 8-12 haftasidayoq o’tishi, ko’pincha esa tug’ruq vaqtida o’tishi mumkin. Xavfli guruhlarga kiruvchi ayollarga tegishli maslahatlarni berish, tekshirishni ta’minlash zarur. Zarurat bo’lganda ularga farzandining OIV virusi bilan tug’ilishi ehtimoli borligini tushuntirib, homiladan voz kechish tavsiya qilinadi. Lekin asosiy qarorni ayolni o’zi chiqaradi. 1996 yildan boshlab ARVT (antiretro virus terapiya) qo’llanilib kelinmoqda. OITS ning oldini olishda yuqorida qayd etilgan umumiy chora–tadbirlar bilan bir qatorda maxsus profilaktika, yani, emlash ishlarini yo’lga qo’yish eng muhim dolzarb muammo bo’lib qo’moqda. OITSning viruslar qo’zg’atadigan yuqumli kasallik ekanligi aniq bo’lgandan boshlab, mutaxassis olimlar tomonidan kasallikka qarshi emdori (vaksina) ishlab chiqarish ustida olib borilayotgan izlanishlar, ijobiy natija berganicha yo’q. Har yili dunyo bo’yicha OITS ga qarshi vaksina yaratish uchun 3 mln AQSH dollari sarflanmoqda. Bu jarayon 10 yildan buyon davom etayotganligini hisobga olsak, vaksina yaratish uchun ketgan xarajat 3 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi, lekin vaksina xali yaratilgani yo’q. Umuman olganda, vaksina oldiga quyidagi talablar qo’yiladi: -vaksina OIV ga qarshi odamda immunitet hosil qilishi kerak; -OIV bilan zararlangan odamlarda, kasallik OITS ga o’tmasligi kerak; -vaksina arzon bo’lishi kerak; -hamma vaksinani olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Hozurgi vaqtda OITSning oldini olishning birdan–bir yo’li aholini ma’naviy-ma’rifiy, sanitariya-gigienik madaniyatini oshirishdan iborat. OITS insoniyat boshiga tushgan eng daxshatli va eng ko’p o’limga sabab bo’ladigan epidemiya bo’lib, bu kasallikka chalinganlar o’limdan qochib qutula olmasalar kerak. OITS tashxisi qo’yilgan oilalar qanchadan-qancha ruhiy iztiroblar va daxshatlarni boshidan kechiradi, osoyishtalik yo’qoladi. AQSH va Buyuk Britaniyada hozirgi vaqtda OITS ga yo’liqqan bemorlar soni ko’payib ketmoqda shu tufayli psixologik aralashuvlarga va spesifik profilaktika tadbirlari o’tkazishga ham ehtiyoj ortib bormoqda. Har bir inson, xalq, jamiyat, oila va vijdon oldidagi burchi va sadoqatini, ma’sulyatni anglab yetmas, sog’lom turmush tarzini kechirmas ekan, hech qanday chora tadbir OITS ning oldini olish va kasallikni kamaytirishda yordam bera olmaydi. Oila sog’lom bo’lsa, erkak-ayol bir-biriga sodiq bo’lsa, oilani muqaddas deb bilsa, nopok yo’llardan xazar qilsa va bu gunohlarni Olloh kechirmasligini qalban va ruhan his eta olsa OITS dek ofatning oldini olish muqarrar. Kirish: OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) limfotrop viraslar qo‘zg‘atadigan va organizmda immunitet yetishmay qolishi oqibatida har xil kasalliklar paydo bo‘lishi, xatarli o‘smalar rivojlanishi bilan ta’riflanadigan xavfli yuqumli kasal-likdir. Bu qo‘rqinchli kasallikda odam organizmi o‘zining himoya vositalaridan mahrum bo‘ladi va u har xil kasalliklarga chalina-verib, nihoyat o‘lib ketadi. Oxirgi yillar davomida OITS butun Yer yuzida hammaning diqqatini jalb qilmoqda. OITS yil sayin tarqalib, ko‘payib bormoqda. Uni „XX asr vabosi“ deb ham atashmoqda. U hech narsa bilan hisoblashmay, keng quloch yozib, tarqalib bormoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra (1992- yil iyun oyi), Yer yuzida OITS 10-12 million kishiga yuqqanligi qayt qilingan. Ulardan 500 mingi bolalar. 1998- yilda OITS dan 2,7 million bola halok bo‘ldi. 2000- yilda Rossiyada OITS bilan kasallanganlar soni 100 minga yetdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, XXI asrning boshlarida Yer yuzida OITS yuqqan odamlarning soni 40 milliondan ko‘paydi. Tarixiy ma’lumotlar. 1981- yili AQSHda 5 ta yosh yigit pnevmoniya bilan kasallangani va tegishli antibiotiklar bilan davolashga qaramasdan hech tuzalmagani shifokorlar diqqatini jalb qiladi. Tekshirishlar natijasida bemorlarning hammasi gomoseksualist ekani, ulardan pnevmoniyani Pneumocystis carini qo‘zg‘atganligi va ularning hammasida immunitet so‘nganligi, ya’ni yetishmaydigan bo‘lib qolganligi aniqlandi. Ko‘p o‘tmay shunga o‘xshash bemorlardan yana 26 tasi ma’lum bo‘lgan. Ularning bir qismida pnevmoniyadan tashqari Kaposhi sarkomasi ham aniqlanadi. O‘sha vaqtgacha Kaposhi sarkomasi keksaroq kishilarda uchrashi ma’lum edi. Pneumocystis carini saprofit sifatida sog‘lom odamlar alveolalarida yashashi ham ma’lum edi. 1981- yil AQSH olimlari M.Gottlib, G.Mazur va F.Sigallar gomoseksualistlarda uchraydigan bu kasallik shu vaqtgacha noma’lum bo‘lgan va immunitet tanqisligi oqibatida paydo bo‘ladigan kasallik ekani haqida matbuotda axborot berdilar. 1983- yili los anjeleslik olim Robert Gallo va Parijdagi Paster institutining professori Montone OITSni qo‘zg‘atadigan virusni topdilar. Kelib chiqish tarixi. AQSH olimi R.Galloning fikricha, Markaziy Afrika o‘rmonlarida yashovchi yashil maymunlarda xuddi OITS nikiga o‘xshash virus topilgan. Bu virus o‘z vaqtida odamlarga o‘tgan va so‘ngra afrikalik odamlar orqali AQSH ga keltirilgan va tarqab ketgan. Montone va boshqa ko‘p olimlarning fikricha, OITS ning virusi AQSH da sun’iy yo‘l bilan olingan. Bu nazariya bo‘yicha Pentogon laboratoriyasida maxsus topshiriqqa binoan sun’iy yo‘l bilan odam immunitetini so‘ndiradigan virus topilgan. Bu virus xususiyatini tekshirish uchun u o‘z ixtiyori bilan rozilik bergan odamlarga yuboriladi. Ularda hadeganda kasallik paydo bo‘lavermaydi. Bu kishilarga ruxsat berib yuboriladi. Ular orqali OITS virusi tarqab ketadi. Jug‘rofiy tarqalishi. OITS AQSH va Afrikada juda keng tarqalgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra Yer yuzidagi hamma bemorlarning to‘rtdan uch qismi AQSHga to‘g‘ri keladi. OITS AQSHdan keyin Yevropa mamlakatlariga (Angliya, Fransiya, FRG, Italiya va boshqalarga) tarqaldi. Undan keyin Osiyo va Avstraliya qit’alariga o‘tdi. Bir necha yil ilgari G‘arbiy Germaniyada gemofiliya bilan og‘rigan 6 ming bemorning 3 minggiga OITS yuqqan. Katta shov-shuvdan keyin ma’lum bo‘lishicha, ularga OITS qon orqali yuqqani va qon AQSHdan keltirilgani ma’lum bo‘ldi. AQSHdagi donorlarning bir qismi narkomanlar ekanligi aniqlandi. Hamma bemorlarning to‘rtdan uch qismi gomoseksualist-lardir. Oxirgi yillarda Yer yuzidagi OITS bilan og‘rigan kishilar soni har 8—9 oyda ikki barobar ko‘paymoqda. Etiologiyasi. OITSni T limfotrop virus qo‘zg‘atadi. Bu virus odam qonidagi T limfotsitlarga, aniqrog‘i T xelperlarga juda o‘ch bo‘ladi. OITS virusi ana shu T xelperlarni yemiradi. Bu virus tashqi muhitda tezda halok bo‘ladi. Virus bemorlarning qonida, spermasida, so‘lagida, ko‘z yoshisida topilgan. Har xil dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida tezda halok bo‘ladi, 56 daraja issiq ta’sirida 30 minutda uning aktivligi kamayadi. Epidemiologiyasi. OITSning eng xavfli manbayi gomo-seksualistlar va narkomanlardir. Gomoseksualistlar infeksiyani jinsiy yo‘l bilan, narkomanlar esa parentaral yo‘l bilan (qon orqali) tarqatadilar. Gemofiliya bilan og‘rigan bemorlar ham infeksiya manbayidir. Ma’lumki, ular qon quyish bilan davolanadilar. Bir necha marta qon quyish natijasida bittasiga bo‘lmasa, ikkinchisiga OITS yuqishi mumkin. Eng muhim yuqish yo‘li jinsiy kontaktdir. Gomosek-sualistlar aktiv va passiv bo‘ladilar, eng xatarlisi shundan iboratki, bitta gomoseksualistning juda ko‘p mijozlari bo‘ladi. Bir misol: Elista shahrida yuz bergan falokat hammaga ma’lum. Ana shu shaharda istiqomat qiluvchi bir gomoseksualist Afri-kada komandirovkada bo‘lib, OITS yuqtirib qaytib keladi. U OITS ni o‘z xotiniga yuqtiradi. Xotinidan bolasiga yuqadi. U ayol hali kasal bo‘lmasdan oldin shahar bolalar kasalxonasida davolanayotgan bir kasal bolaga qon beradi. Kasalxonadagi hamshiraning aybi bilan OITS 33 ta bolaga yuqqanligi qayd qilingan. Qon bergan ayol keyin kasallanib o‘ladi. Bolasi ham, eri ham halok bo‘ladi. OITS ona qornidagi bolaga platsenta orqali ham yuqishi mumkin. Patogenezi. OITS ning virusi odam organizmiga kirib T limfotsitlar — xelperlarga zararli ta’sir qiladi, natijada T xelperlarning faoliyati susayadi va keyin ular halok bo‘ladi. Ma’lumki, T limfotsitlar— xelperlar— odam organizmi immun sistemasida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. OITS virusi aynan ana shu T limfotsit-xelperlarga hujum qiladi va ularni qirib, orga-nizmda immunitet tanqisligi holatiga sabab bo‘ladi. Natijada ilgari zarar qilolmayotgan har xil saprofit mikroorganizmda hujumga o‘tadilar va turli-tuman kasalliklar rivojlanishiga sabab bo‘ladilar. OITS virusi T limfotsit ichiga kirgach, u hujayra bilan bir butun bo‘lib ketadi. Organizmda T limfotsitlar soni kamayib ketadi, qolganlarining faoliyati susayadi. OITS bilan og‘rigan odam organizmida yuz beradigan immunitet tangligining mo-hiyati ana shundan iborat. Klinikasi. Inkubatsion davr 4—6 oydan 5—10 yilgacha cho‘ziladi. OITSning klinikasi har turli opportunistik infeksiya va invaziyalar hamda xatarli o‘sma kasalliklarining simptom-komplekslari bilan xarakterlanadi. Ya’ni OITSning o‘ziga xos alohida simptomlari yo‘q. Organizmda qanday mikroorga-nizmlar hujumga o‘tgan bo‘lsalar, o‘shalar qo‘zg‘atadigan kasalliklar simptomlari paydo bo‘laveradi. OITSning yaqqol ko‘zga tashlanadigan simptomlari paydo bo‘lgunga qadar prodroma alomatlari ko‘rinadi: prodroma isit-ma, diareya, limfoadenopatiya, darmon qurish, anemiya, depressiya, teri va shilliq pardalarda har turli yiringli kasallik-lar rivojlanishi va bemorning ozib ketishi bilan ta’riflanadi. OITS umuman asta-sekin boshlanadi. Shu sababdan inku-batsion davr bilan prodroma alomatlari boshlangan kunni aniq-lash qiyin. Shartli ravishda OITS ning quyidagi klinik formalari ajrati-ladi: 1. O‘pka formasi. Ko‘pincha bemorda pnevmotsista pnev-moniyasi rivojlanadi. Pnevmotsista pnevmoniyasi bemorlarning 60—80% da aniqlanadi. 15—20 % bemorlarda pnevmoniyadan tashqari Kaposhi sarkomasi bo‘ladi. 2. Ichak formasi. Asosiy simptomi ich ketish (diareya) dir. 1—2 oydan boshlab bemorning shir-shir ichi ketadi, ozib ketadi. Odatda, ishlatiladigan antibiotiklar yordam qilmaydi. OITS ichak formasining asosiy simptomi—diareyaga ko‘pincha ezafagit, ko-litlar qo‘shiladi. Ezafagitda disfagiyadan boshqa qizilo‘ngach kengayadi, shilliq pardasida yaralar rivojlanadi. OITSning ichak formasi bilan og‘riganlarning 10 % ida Kaposhi sarkomasi ham uchraydi. 3. Serebral formasi. OITSning bu formasida meningit, bosh miya abssessi, entsefalitlarga xos klinik alomatlar paydo bo‘-ladi. 4. Disseminatsiyalashgan formasi. OITS ning disseminatsiya-lashgan formasida bir vaqtda har turli organ va sistemalarda pato-logik o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o‘zgarishlarni toksoplazmalar, viruslar va turli-tuman shartli patogen bakteriyalar qo‘zg‘atadi. 5. Differensiallashmagan formasi. Bu formada umumiy simptomlar bo‘lgani holda birorta organ yoki sistemasining zararlanganiga oid belgilar bo‘lmaydi. Bunda ozgina harorat chi-qadi, bemorning tinkasi qurib, ish qobiliyati kamayadi, limfa bezlari kattalashadi. Bemor oriqlaydi, bo‘shashadi, depressiya holati yuz beradi. Teri va shilliq pardalarida har xil yallig‘lanishga xos o‘zgarishlar rivojlanadi. Diagnostikasi. OITS diagnozi klinik simptomlari va labo-ratoriya tekshirishlari natijasiga asoslangan bo‘ladi. Jahon sog‘-liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra quyidagi dalillar to-pilgan holda OITS haqida o‘ylamoq zarur: 1) 60 dan yosh odamlarda Kaposhi sarkomasi aniqlansa; 2) 1—2 oydan uzoqqa cho‘ziladigan, xronik ichketar kasal-ligida enteropatogen mikroblar topilmagan va ko‘p miqdorda kriptosporidium topilgan hollarda; 3) uzoq cho‘ziladigan noma’lum isitma kuzatilganda; 4) markaziy nerv sistemasining limfomasi rivojlanganda; 5) odatdagi kimyoterapiya usuli bilan davolashda tuzalmay-digan va pnevmotsista qo‘zg‘atgan pnevmoniya aniqlanganda; 6) bemor sababsiz ozib, 10% dan ortiq og‘irligini yo‘qot-ganda; 7) noma’lum etiologiyali limfopeniya bo‘lganda; 8) har xil bakteriyalar, zamburug‘lar, viruslar, bir hujay-320 rali sodda jonivorlar qo‘zg‘atadigan va tez-tez qaytarilib turadigan ekzogen va endogen reinfeksiyalar kuzatilganda. Laboratoriya diagnostikasi. Laboratoriya usuli OITS virusini yoki unga qarshi paydo bo‘lgan antitanalarni aniqlashga asos-langan. OITS virusiga qarshi paydo bo‘lgan antitanalarni aniq-lash usuli hozir juda keng qo‘llanilmoqda. Eng keng qo‘lla-nilayotgan usul immunoferment analizdir (IFA). Undan tash-qari radioimmunologik analiz va radioimmunopretsipitatsiya usuli ham qo‘llanilmoqda. Mamlakatimizda immunoferment analiz usuli uchun maxsus diagnostikum (test sistema) ko‘p miqdorda chiqarilmoqda. OITS bilan og‘rigan bemorlarning 90— 95 % da antitanalar topiladi. Bir necha bor tekshirish zarur. 3 ta tekshiruvning 2 tasi manfiy natija bo‘lsa, natija manfiy deb hisoblanadi. DIAGNOSTIKASI. OITS diagnozi klinik simptomlari va laboratoriya tekshirishlari natijasida asoslangan bo’ladi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko’ra quyidagi dalillar topilgan holda OITS haqida o’ylamoq zarur. 1. 60dan yosh odamlarda Kaposhi sarkomi aniqlansa; 2. 2-3 oydan o’zoqqa cho’ziladigan surunkali ich ketar kasalligida enteropatogen mikroblari topilmagan va ko’p miqdorda kriptosporidium topilgan hollarda; 3. O’zoq cho’ziladigan noma’lum isitma ko’zatilganda (3 oydan ortiq); 4. Markaziy nerv sistemasining limfomasi rivojlanganda; 5. Odamdagi ximioterapiya usuli bilan davolashda to’zalmaydigan pnevmoniya aniqlangan; 6. Bemor sababsiz ozib, 10%dan kam bo’lmagan og’irligini yo’qotganda; 7. Noma’lum etiologiyali limfopeniya bo’lganda; 8. Har xil bakteriyalar, zamburug’lar viruslar, bir hujayrali sodda jonivorlar qo’zg’atadigan va tez-tez qaytarilib turadigan ekzogen va endogen reinfektsiyalar ko’zatilganda; 9. Doimiy kam quvvatlik va kechasi ko’p terlash ko’zatilganda; OITSni aniqlashda laboratoriya diagnostikasi katta ahamiyatga ega. Ulardan: - Immunnoferment aniqlash; Radioimmunopretsipetat analizi; Immunobloting analiz; Ko’proq qo’llanadi va diagnoz qo’yishda yordam beradi. Bundan tashqari diagnoz qo’yilishida bemorni tanosil kasalliklari, yuqumli V va E gepatit kasalligi, genital kasalliklari bor yo’qligi uning ijtimoiy va ruhiy holati aniqlanadi. Tekshirilayotgan kishi besoqolboz emasligi unga donorlik qoni quyilgan quyilmaganligi, tomir orqali narkotik moddalarini qabul qilgan yoki qabul qilmaganligi aniqlanadi. Limfatik bezlar, asab sistemasi sinchiklab tekshiriladi. Hozirgi kunda jahondagi turli laboratoriyada OIVni aniqlash uchun maxsus sezuvchanlikka ega bo’lgan va aniq bir maqsadni ko’zlagan arzonlashtirilgan va soddalashtirilgan usullar ishlab chiqilmoqda. Bo’lar immunoferment va immunoblotni tekshirish usullaridir. Bugungi kunda OITSni aniqlash kompleks ravishda olib boriladi. OIV infektsiyasini kasallikni boshlang’ich bosqichidan OITS-ni rivojlanishigacha bo’lgan davrda asosan laboratoriya tahlili (maxsus antitana va antigenlarni aniqlash) o’tkaziladi. OIVga antitanani aniqlash uchun material sifatida qon zardobi yoki plazmasi olinadi, ammo oxirgi vaqtlarda biologik materiallar turi ko’paymoqda. Laboratiriya tahlilini ichida asosan immunoferment tahlil (IFT) hisoblanadi. Agar bu usul bilan olingan natija musbat bo’lsa, tahlil yana ikki marotaba takrorlanadi. Agar hech bo’lmaganda yana bir marta musbat natija aniqlansa OIV-infektsiyani maxsus usullar bilan davom etiriladi. Masalan: retrovirusni alohida oqsillarga qarshi antitanani aniqlashga imkon beradigan immunobolting usuli ishlatiladi. Bu usul bilan olingan natija musbat bo’lgandan keyin OIV-infektsiyasiga chalinganlik haqida xulosa chiqarish mumkin. Bundan tashqari aglyutinatsiyaga reaktsiya, radioimmunopretsiptatsiya, immunoflyuresentsiya, polimerazli zanjirli reaktsiya va boshqa usullar ham ishlatiladi. DAVOSI. SHu vaqtgacha ko’p dorilar tekshirib ko’rildi, lekin ularning bittasi ham yaxshi natija bermadi. Davolash printsipi quyidagichadir: OITS virusiga ta’sir qilish. Organizmning immun holatini yaxshilash, ya’ni immunostimulatsiya usuli. Paydo bo’lgan har turli opportinustik (yondosh) kasalliklarga qaratilgan davo usullari. Bugungi kunga qadar juda ko’p maxsus virusga qarshi dorilar ishlab chiqilganki, ularning ta’sir jihatidan ikki guruhga ajratish mumkin: Teskari trankriptsiya ingibitorlari. Proteazalar (oqsillar) ingibitorlari. Teskari trankriptsiya ingibitorlari o’z navbatida-nukleozidli va nukleozidli bo’lmagan turlarga bo’linadi. Nukleozidli ingibitorlar sifatidagi dorilarga: zidovudin; didanozin; zaltsitabin; lamivudin; stovudin va boshqalar kiradi. Nukleozidli bo’lmagan dorilarga- neviropin, delaverdin kiradi. Proteazalarga-qarshi dorilarga-indnavir, nelfinovar, ritonavir, va boshqalarni keltirish mumkin. Davolanishning ikkinchi yo’li organizmning immun holatini yaxshilash ya’ni immunostimulatsiya usuli hisoblanadi. Kasallikka qarshi kurashning uchunchi yo’li turli yondosh kasalliklarga qaratilgan davo usuli. YA’ni yuqorida ko’rsatilgan OITSning ikkilamchi kasalliklariga shu kasalliklarga ishlatiladigan dori darmonlar maxsus sistema orqali ishlatiladi. Immun tizimining bo’zulishiga olib keladigan va kasallikning kelib chiqishiga sabab bo’ladigan OIV virusiga qarshi vaksina ishlab chiqarish ma’lum qiyinchiliklar to’sqinlik qilmoqda. 1. Virusning kuchli o’zgaruvchanlik xususiyati, ya’ni mutatsiyaga uchrashi 2. Virusning genetik rekombinatsiyalanishi. 3. OIVning turli variantlari va boshqa viruslar o’rtasida genlarning almashinuvi 4. Bemordagi OIV genlari bilan hujayra genlari o’rtasida ham genlar almashinuvini mavjudligi. Hozircha virusga qarshi immunizatsiya uchun bo’layotgan harakatlarda tozalangan yoki glikoproteinning chatishtirilgan qobiqlaridan ishlatilgan. Ba’zi hollarda neytrallaydigan antigenlar ishlab chiqarilganki bo’lar bir necha shtamlarga ta’sir etib qolmay balki ularning ancha past bo’lgan titrlariga ham ta’sir etadi. Bundan tashqari neytrallaydigan antigenlar virusning qaysi kompanentlariga qarshi qaratilgani ham noma’lum. Immunologlar vaksinaga juda qattiq talab qo’yishmoqda: OIV-ni hujayra nishoniga kirishga yo’l qo’ymaslik; OIVni miyaga kirishdan avval neytrallashgan holga keltirish; immun tizim orqali OIVni hamma variantlarini bilib olishga erishishni ta’minlash va hamma vaksina bilan emlanganlarga to’la kafolat berish. OIVga qarshi vaksina olish jarayonida yuqoridagi muammolarni echish masalasi turibdi. Muamolarning favqulotda qiyinchiligiga qaramasdan bo’larning echimida yaxshi fikrlar paydo bo’la boshladi va ba’zi laboratoriyalarda odamlarda vaksinaning klinik tajriba ishlari boshlab yuborildi. Bo’larning hammasi yaqin vaqtlarda OIV virusiga qarshi vaksina olinishiga asos bor degan xulosaga kelish imkonini beradi. Ko’pchilik olimlarning hisobiga qaraganda keng miqiyosda vaksina bilan emlash ishlari 5-7 yildan keyngina boshlanishi mumkin. Bundan avvalgi yillarda vaksina bilan emlashga imkon bo’lmasa ham epidemiyaning o’sishi va OIVning yuqish yo’llarini to’sish mumkin. SHunga asosan Butun Dunyo Sog’liqni Saqlash tashkiloti tomonidan maxsus dastur tayorlandi. Dasturning asosiy bosqichlari quyidagilardan iboratdir: Sanitariya targ’iboti. Jinsiy aloqa bilan virusni yuqishini to’xtatish. Giyohvand moddalarni inektsiya orqali olganda virus yuqishini to’xtatish. Vertikal (homilali bemor ayoldan bolaga yuqishi) yo’l bilan yuqishni to’xtatish. Virusni qon, qon mahsulotlari va ko’chirib o’tkaziladigan organlar orqali yuqishiga qarshi kurashish. Sog’liqni-saqlash mutaxasislari targ’ibotchilardir. Qon va qon preparatlari qabul qilayotgan bemorlarda virus bilan zararlanishni oldini oish maqsadida quydagi amallar bajarilishi shart: 1. Donorlarni OIV virusiga tekshirish. 2. Ifloslangan o’tkir va sanchiluvchi asboblar yordamida muolajalar o’tkazmaslik. 3. Qon qo’yilayotganda bir marta ishlatiladigan igna va sistemalarni qo’llash. 4. Giyohvandlar va tanosil kasalligiga chalinganlar OIV virusiga chalinmagan bo’lsa ham ulardan donor sifatida qon olmaslik. OIV virusini yuqtirganligini aniqlash bo’yicha tibbiy tekshiruv majburiy va ixtiyoriy tibbiy tekshiruvga bo’linadi. OIV-virusini aniqlash bo’yicha majburiy tibbiy tekshiruvga quyidagilar kiradi: Donorlar qoni, qon zardobi va boshqa biologik suyuqliklar, to’qima beruvchi donorlar; OIV, OITS- virusi yuqish xavfi yuqori bo’lgan «Xavfli guruh»larga mansub bo’lgan shaxslar: Giyohvand moddalarni qon tomiriga in’ektsiya orqali yuboruvchi giyohvandlar (aniqlanganda va keyin bir yilda 2-marta). Gomo va bioseksualistlar (aniqlanganda va keyin bir yilda 2-marta). Tartibsiz, ko’plab jinsiy aloqa qiluvchi shaxslar (bir yilda 1-marta). Tergov izolyatorlariga, qabulxona-taqsimlash xonalariga (turar joyi, ish joyi noma’lumlar, havfli guruhga mansub) tushganlar (tushgan vaqtida 3-kun davomida). Jazo hukmini o’tayotgan muassasadagilar (tergov izolyatoriga tushganda, bir yilda 1-marta va keyin ozodlikka chiqishdan oldin). Jinsiy aloqa qilish yo’li bilan o’tadigan kasalliklar bilan kasallanganda (aniqlanganda va keyin bir yilda 1-marta). OITS virusi blan ishlovchilar yoki OIV virusini yuqtirib olganlarni va OITS bemorlarini diagnostikasi, davolash hamda ularga bevosita xizmat qiluvchilarni (ishga kirganda va keyin yilda 1 marta). Klinik ko’rsatmalari bo’lgan kasallar; bir oydan ortiq isitmalovchilar; bir oydan ortiq cho’ziluvchan diareyalar; tana vaznining sababsiz 10% va undan ortiq yo’qotish; uch oydan ortiq o’zoq cho’ziladigan limfoadenpatiya; surunkali va qaytalovchi zotiljam yoki davolanganda natijasiz bo’lgan zotiljam; jinsiy a’zolarining surunkali yallig’lanishi va davolanishiga qaramay natijasi bo’lmagan kasalliklar; og’iz bo’shlig’i, tilning turli chaqalanish kasalliklari; immun tizimining bo’zilishlari (T-xelperlarning kamayib ketishi); diagnozi to’liq aniqlanmagan OITS OIV belgilariga o’xshash kasalliklar (davolvchi vrach tavsiyasi bilan). OIV virusini yuqtirganligini aniqlash bo’yicha ixtiyoriy tibbiy tekshiruvga quyidagilar kiradi: OIV infektsiyasiga tibbiy ko’rikdan o’tganlik haqidagi sertifikat O’zbekiston Respublikasiga 3 oydan ortiq muddatga kelayotgan xorijiy shaxsning yashash uchun fuqaroligi bor yoki yo’qligidan qat’iy nazar talab qilinadi. Ayrim hollarda, agar sertifikati bo’lmasa, respublika hududiga kirgan vaqtdan boshlab bir hafta ichida OIV virusiga tekshiriladi. O’zbekiston fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar o’z xohishlariga ko’ra OIV virusiga tekshiruvdan o’tishlari mumkin. O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikalari, Toshkent shaqar hamda viloyatlar OITS Markazlari OIV infektsiyasiga tekshirilganligi haqida sertifikat berish huquqiga egadirlar (sertifikat 3 oy mobaynida yaroqli hisoblanadi). Davosi. Davolash prinsipi quyidagicha: 1. OITS virusiga ta’sir qilish. 2. Organizmning immun holatini yaxshilash, ya’ni immu-nostimulatsiya usuli. 3. Paydo bo‘lgan har turli oppartunistik kasalliklarga qara-tilgan davo usullari. Baxtga qarshi hozir OITS virusiga kuchli ta’sir qiladigan dori vositasi yo‘q. AQSH da OITS ni davolashda azidotimidin keng qo‘llaniladi. Pnevmotsista pnevmoniyada pentamidin, pira-mentiamin, sulfametoksazol, bisseptol qo‘llaniladi. Virusga qarshi preparatlarni immunostimulatorlar bilan birga tayinlanganda nisbatan yaxshi natija olinmoqda. OITS bilan og‘rigan bemorlarda paydo bo‘lgan har turli opportunistik infeksiyalarning xiliga va qay darajada rivojlangan-ligiga qarab tegishli davo choralari amalga oshiriladi.lekin bu cho-ralar baribir bemorni OITS dan xalos qilmaydi. Profilaktikasi. OITS ga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar umumiy profilaktik tadbirlardan iboratdir. Avvalo, aholi orasida keng ko‘lamda tushuntirish ishlarini olib borish kerak. Har bir fuqaro OITS haqida ma’lum bir minimum tushunchaga ega bo‘lishi lozim. Televideniya, radio, gazeta va jurnallarda OITS to‘g‘risida, asosan, oqibatlari haqida to‘liq ma’lumot berilishi shart va zarur. Shu munosabat bilan aholini seksual sohada tarbiyalash juda muhim ahamiyatga ega. Gomoseksualistlar, narkomanlar, fohishalar, tartibsiz, pala-partish hayot kechiradigan odamlar bilan alohida tushuntirish ishlari olib borish va ayniqsa, ularning xalq oldida, jamiyat oldida, eng avvola o‘z vijdoni oldidagi burchni tushuntirish kerak. Amerikada R.Gallo, Solk, Fransiyada Montane, Rossiyada akademik R.V.Petrov vaksina ishlab chiqarish ustida izlanishlar olib bormoqdalar. Kashf etilgan vaksinalar tekshirilmoqda. Yaqin kelajakda yaxshi immunogen vaksina topilishiga umid qilinmoqda. Tibbiyot xodimlari zararlanishining oldini olish choralariga amal qilish, har bir bo‘limda OITS ga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi zarur. Qon olishda bir marotaba ishlatiladigan xirurgik qo‘lqop va niqobdan foydalanish lozim. Download 72.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling