Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (oits) haqida ma’lumot. Oits ning klinik belgilari, tashxisi, davolash va oldini olish


Download 72.24 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi72.24 Kb.
#1021517
1   2   3   4
Bog'liq
1.Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi.OITS.ОИТС

Disseminasiyalashgan shakli. Kasallikning bu ko’rinishida bir vaqtning o’zida hamma a’zolar va tizimlarning zararlanishiga xos o’zgarishlar kuzatiladi.
OITS bilan og’rigan bemorlarning ko’pchiligi o’sma kasalliklariga duchor bo’ladi. Ayniqsa ularda xavfsiz hisoblangan Kaposhi sarkomasi (teri raki) ning xavfli shakllari rivojlanadi. OITS ning klinik ko’rinishlarining yengil shakli bo’lmaydi, kasallik faqat og’ir kechadi, oqibatda albatta o’lim bilan tugaydi.
Shunday qilib, OITS bilan kasallangan bemor organizmi immun qobiliyatining keskin pasayib ketishi oqibatida har qanday mikrob ayniqsa, pnevmosistalar, zamburug’lar, toksoplazmalar, kokklar, gijjalar, bakteriyalar kabi mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan og’ir kasalliklar osongina kelib chiqadi. Eng xavflisi bemorda o’sma hujayralari o’sib, ko’payadi, bemor o’smaning og’ir formalaridan halok bo’ladi.
OIV bilan zararlanish va OITS kasalligini aniqlash uchun sub’ektiv (shikoyatlari, so’rab-surishtirish, hayot va kasallik – anamnezi), ob’ektiv instrumental, va labaratoriya tekshiruv usullaridan foydalaniladi.
Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyasiga ko’ra, quyidagi dalillar asosida OITS tashxisi haqida gumonsirash mumkin. (N. V. Majidov yuqumli kasalliklar 1993 yil)

  1. 60 yoshdan oshmagan odamlarda Kaposhi sarkomasi aniqlansa;

  2. 1-2 oydan uzoqqa cho’ziladigan surunkali ich ketar kasalligida enteropatogen mikroblar topilmagan va ko’p miqdorda kriptosporadium topilsa;

  3. uzoq cho’ziladigan noma’lum isitma bo’lganda;

  4. markaziy nerv sistemasining limfomasi rivojlanganda;

  5. odatdagi ximioterapiya usuli bilan davolashda tuzalmaydigan va pnevmosistalar qo’zg’atgan pnevmoniya aniqlanganda;

  6. bemor sababsiz ozib 10 % dan ortiq vaznini yo’qotganda;

  7. noma’lum sababli limfopeniya bo’lganda;

  8. har xil bakteriyalar, viruslar, zamburug’lar, bir hujayrali, sodda jonivorlar, qo’zg’atadigan va tez-tez qaytarilib turadigan ekzogen va endogen reinfeksiyalar kuzatilganda.

Laboratoriya usuli. OIV virusini yoki unga qarshi paydo bo’lgan antitelolarni aniqlashda eng ishonchli usuldir. Hozirgi kunda OIV virusining odam organizmida bor-yo’qligini aniqlashda bir nechta zamonaviy laboratoriya tekshiruv usullari mavjud.
OIV virusini bemorning qonida, limfasida, sperma, ko’z yoshi suyuqligida, so’lagida, sutida topish ancha qiyin. Organizmga virus tushgandan keyin qonda hosil bo’lgan antitelolarni aniqlash qulayroq. Lekin bu antitelolar virus yuqqandan 3-5 oydan keyin paydo bo’la boshlaydi. OIV virusiga qarshi paydo bo’lgan antitelolarni aniqlash usuli hozir keng qo’llanilmoqda. Buning uchun quyidagi usullardan foydalaniladi.

  1. Immunoferment usuli.

  2. Radioimmunologik analiz usuli.

  3. Umumiy immunologik usul.

  4. Immunobiologik usul.

Immunoferment usulida qondagi antitelo va uning konsentrsiyasini aniqlash uchun maxsus test sistema-diagnostikum – antigent fermentlar bilan ish olib boriladi.
Radioimmunologik usulida – antitelolarni aniqlashda izotoplardan foydalaniladi.
Umumiy immunologik usulda immunoglobulinlar fraksiyasini aniqlash yo’li bilan ish olib boriladi.
Immunobiologik usul 2 marta ijobiy natija bersa, immobiologik usulida yana qayta tekshiriladi. Bunda virusning ba’zi bir oqsillarga qarshi paydo bo’lgan antitelolar aniqlanadi. Agar immunobiologik usul ijobiy natija bersa, OITS tashxisi ijobiy bo’ladi. OIV infeksiyasiga tekshiruv ishlari shifokor pasient kelishilgan holda, anonim (yashirincha) tarzda olib borilishi kerak. Tekshirish uchun qon olish va uni laboratoriyaga yuborishda tasodifan zararlanishning oldini olish choralarini ko’rish zarur.
Hozirgi vaqtda ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda mutaxassis olimlar tomonidan OITSni davolashda samarali natija beradigan dori-darmonlar tayyorlash ustida keng ko’lamda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Har xil kimyoviy tuzilishga ega bo’lgan OIV virusiga qarshi ta’sirga ega bo’lgan sintetik dori vositalar yaratilmoqda. Lekin bu vositalarning ta’siri biologik sharoitda (organizmda) puchga chiqmoqda.

Download 72.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling