kalamushlar, sichqonlar, yirtqich va barcha uy hayvonlari (sutemizuvchilar, qushlar) va odamning deyarli barcha a'zolari va tizimlarida parazitlik qiladi. Toksoplazmalar keltirib chiqaradigan kasallik toksoplazmoz deb ataladi


Download 41.86 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi41.86 Kb.
#1481078
  1   2   3


Sporalilar (Sporozoa) — bir hujayralilar kenja dunyosiga mansub gʻayvonlar tipi. Xivchinlilardan kelib chiqqan. S. turli hayvonlar va odamning hujayra, toʻqima va organlarida parazitlik qilib, ogʻir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Parazit hayot kechirish taʼsirida tana tuzilishi birmuncha soddalashgan. Harakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va ovqat xazm qiluvchi vakuollari rivojlanmagan. Hayot sikli spora xrsil qilish bilan tugallanadi; spora qobigʻi parazitni noqulay muhit taʼsiridan himoya qiladi
BEZGAK PARAZITI
Bezgak (ital. malaria, mala aria — badboʻy havo) — bezgak plazmodiylari qoʻzgʻatadigan invazion kasallik; isitma tutishi, qonda jiddiy oʻzgarishlar sodir bulishi, kamqonlik, jigar va taloqning kattalashuvi bilan kechadi. B. plaz-modiysi toʻrt xil, shunga koʻra B.ning uch kunlik, toʻrt kunlik, tropik va Afrika xillari bor. B. plazmodiysi B. chivini va odam organizmida koʻpayib, rivojlanadi
Kasallik manbai bemor va B. chivini (asosan urgʻochisi) hisoblanadi. B. plazmodiysi B. bilan ogʻrigan bemor organizmida jinssiz (shizogoniya), kasallikni tashib yuruvchi — anofeles chivini tanasida esa jinsiy yoʻl bilan rivojlanadi. Kasallik sogʻlom odamga chivin chaqqanda, odam organizmiga uning soʻlagi orqali qoʻzgʻatuvchilar tushganda yuqadi.
Toksoplazma - Toxoplasma gondii. Toksoplazmalar ayrim issiq qonli hayvonlar
(gomoyoterm) - kalamushlar, sichqonlar, yirtqich va barcha uy hayvonlari (sutemizuvchilar,
qushlar) va odamning deyarli barcha a'zolari va tizimlarida parazitlik qiladi.
Toksoplazmalar keltirib chiqaradigan kasallik toksoplazmoz deb ataladi. Bu kasallik
O'rta Osiyo mamlakatlari va Qozog'istonda hayvon va odamlar orasida uchrab turadi.
Birinchi marta fransuz olimlari Nikol va Manso 1908 -yilda Jazoirda Ctenodactyluc gondii
turiga oid kalamushlarda mazkur parazitni topib, uning sodda hayvonlar tipiga mansub
ekanligini isbot qiladilar.

Download 41.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling