Bajardi: 302-guruh talabasi Ibragimova Shaxnoza Qanday topildi? - O'rxun-Enasoy yodgorliklari dastlab, O'rxun, Selenga va To'li daryolari atrofidan Shimoliy Mo'g'ulistondan toshga bitilgan obidalar shaklida topildi.
Qadimgi turkiy obidalarning asl manbalari topilgan va saqlanayotgan joylar: - O'rxun va Enasoy daryolari atroflari;
- Turfon (Sharqiy Turkiston);
- Mo'g'uliston;
- Germaniya (Berlin, Marburg, Mayns);
- Rossiya (Sankt-Peterburg, Qizil, Minusinsk);
- Xitoy (Turfon, Urumchi, Miran Suchjoy, Pekin);
- Buyuk Britaniya (London);
- Fransiya (Parij);
- Shvetsiya (Stokgolm);
- O'zbekiston;
- Qozog'iston;
- Qirg'iziston…
«To'nyuquq» bitiktoshi - «To'nyuquq» bitiktoshi 2 ta ustunga yozilgan.
- Ularning biri 170, ikkinchisi 160 sm dan iborat.
- Bu yodgorlikni Yelizaveta Klemens 1897-yili Shimoliy Mo'g'ulistonda turmush o'rtog'i Dmitriy Klemens bilan birgalikda izlab topgan.
- Bitiktosh Ulan-Batordan 66 km janubi-sharqdagi Bain Sokto manzilida bo'lgan va hozir ham shu yerda saqlanadi.
- O'rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va o'rganilishi XVIII asrdan boshlanadi.
- Rus xizmatchisi Remezov bu haqda dastlabki xabarni beradi.
- Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Messershmidt yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar.
- Yodgorliklar hozirgi o'zbek tiliga bir necha marotaba tabdil qilingan.
- Runiy yozuvdagi yodgorliklar faqat toshga bitilgan emas. Ularning qog'ozga, turli buyumlar (kumush ko'zachalar, yog'och, teri, oyna, qayish to'qasi)ga yozilgan namunalari ham bor.
- Masalan, «Irq bitigi» («Ta'birnoma») qog'ozda yozilgan.
To'nyuquq - To'nyuquq - shaxs nomi. U ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonining maslahatchisi va sarkardasi bo'lgan.
- Bitiktoshdagi voqealar To'nyuquq tilidan hikoya qilinadi: «Men - Dono To'nyuquqman. O'zim Tabg'ach davlatida voyaga yetdim. Turk xalqi Tabg'ach davlatiga bo'ysunar edi...»
Shad To'nyuquq - To'nyuquq yetti yuz kishini birlashtirib, «shad» degan unvon oladi. Bu turk xoqonligidagi eng oliy darajadagi harbiy unvonlardan biri edi.
- To'nyuquq Bo'gu tarxon hamda Eltarish xoqon (Kul tigin va Bilga xoqonning otasi) bilan birga mamlakat mustaqilligi, el-yurt farovonligi, yurt osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib bordi. U bu kurashlarning oldin- gi safida edi. Ammo dushmanlar ham tinch o'tirmadi. Ular kuchlarni birlashtirish payiga tushishdi.
To'nyuquq – buyuk vatanparvar! - To'nyuquq buyuk vatanparvar shaxs timsolidir. Uning o'z vatani, xoqoni, qo'shini, xalqi bilan faxrlanishi, ularning bor- ligidan o'zini baxtiyor sezishi yodgorlik matniga puxta singdirilgan.
- «To'nyuquq» bitiktoshi kompozitsion jihatdan yetuk asar. Unda o'ziga xos:
- boshlanma;
- voqealar rivoji;
- xotima mavjud.
Shu kompozitsiyaning o'zida ham katta badiiylik bor. Bu maqsad to'laligicha amalga oshgan.
E’TIBORINGIZDAN XURSANDMIZ!
Do'stlaringiz bilan baham: |