O’rxun va enasoy oбиdalarи
Download 232 Kb.
|
O’RXUN VA ENASOY OБИDALARИ
URXUN BITIGLARI
U rxun Mo’g’ulistonning Komo-Saydam vodiysidagi daryo. Bu guruhga hozirgacha ma’lum bo’lgan To’nyuquq, Kul tegin, Bilga xoqon, Ungin, Moyun Chur kabi bitiklar kiritiladi. To’nyuquq bitigi. Bitik ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonning maslahatchisi va sarkardasi To’nyuquqqa bag’ishlangan. To’nyuquq Qapog’on va Bilga xoqonlarning ham maslahatchisi bo’lgan. Tosh bitik 712-716 yillarda To’nyuquq tirikligi paytida yozilgan. Yodgorlikni 1897 yilda Yelizaveta Klemens eri Dmitriy Klemens bilan birgalikda Shimoliy Mo’g’ulistonning Bain-Sokto manzilidan topishgan. Yodgorlik hozirda o’sha joyda saqlanadi. To’nyuquq bitigi – qahramonlik ruhidagi asardir. To’nyuquq turkiylarning dushman qabilalariga qarshi kurashgan, donoligi, tadbirkorligi, jasurligi bilan ko’p g’alabalarni qo’lga kiritgan sarkadadir. Bitikda uning xizmatlari ulug’lanadi, turk xalqiga sodiqligi madh etiladi. Asardagi voqyealar To’nyuquq tilidan hikoya qilinadi. Turk xalqi boshboshdoqlik, o’zibo’larchilik, beparvolikka berilib, o’z hukmdori atrofida birlashmasdan erkini qo’ldan bergani qahramonning ruhiy kechinmalari orqali beriladi. Bilka To’nyuquqmen o’zim Tabg’ach elida o’sdim. Turk budun Tabg’achga qarar edi, Turk budun xoni bo’lmayin Tabg’achdan ajraldi, xonlandi. Xonin qoldirib yana Tabg’achga bo’ysundi, Tangri ancha demish: xon berdim. Xoninga qoldirib (boshqaga) bo’ysunding Bo’ysunganing uchun tangri o’ldirmish ekan. Turk budun o’ldi, bo’shashdi, yo’q bo’ldi Turk sir budun yerinda kuch qolmadi. O’tda, toshda qolmishi Birlashib yetti yuz bo’ldi Ikki bo’lagi otli erdi Bir bo’lagi piyoda edi. Yetti yuz kishini boshlagan Ulug’i shad edi. Yig’il, dedi Yig’ilishi man erdim- Bilka To’nyuquq. Qog’on tusayinmu, dedim. O’yladim, ariq buqali (dir u) Semiz buqali orqada bo’lsa Semiz buqami, ariq buqami, deyin Bilmas ermish, deyin. Ancha o’yladim. Unda tangri bilik berdigi uchun O’zim o’q qog’on (qilmoqni) istadim. Bilka To’nyuquq Buyla Baga Tarqan birla Iltarish qog’on bo’layin. O’ngda Tabg’achni to’g’rida qo’tanni, So’lda o’g’uzni to’kis o’ldirdi. Bilikda, dangda (unga) bo’yinsundim. Chugay kuz va qora qumda bo’lgan edimiz. Kiyik yeb, quyon yeb yashar edimiz Budun bo’g’zi to’q erdi. Yog’imiz tegrada qushlardek (ko’p) erdi, Biz yemdek edimiz. Shunday edi tirikchilik O’g’uzdan ko’rik keldi. Ko’rikning so’zi mundog’: To’quz o’g’uz budun uza qog’on bo’ldi, der Tabg’achga Qunu Sanguni yubormish, Qo’tanga To’ngra Samni yubormish. Ancha so’z aytdi, Ozgina turk budun yurar ermish. Qog’oni alp ermish Aytg’uchisi bilka ermish. Ul ikki kishi bor ersa Seni tabg’ach o’ldirar, derman. Oldinda qo’tan o’ldirar, derman Meni-o’g’uzni (ham) ular o’ldirar, derman. Ular yo’q qilsam, derman Tabg’ach, o’ngdan yopishing, Qo’tan, to’g’ridan yopishing, Man so’ldan yonishayin. Turk sir budun yerida edi, yurmasin. Ularni yo’q qilsam, derman. Ul so’zni eshitib Tun uxlagum kelmadi, Kunduz o’lturgim kelmadi. Unda qog’onim qarshisida o’tindim Bunday o’tindim: Tabg’ach, o’g’uz qo’tan, Bu uchavi qovushsa, biz ozmiz O’z ichi-toshin tushmasdekmiz. Yupqa, arriqlik to’plagali oson ermish Ingichka arriqlik uzgali oson. Yupqa, qalin bo’lsa to’plag’ali alp (kerak) ermish. Ingichka yug’an bo’lsa uzgali alp (kerak) ermish. Download 232 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling