Orziyev Ismoil Islom o’g’li


Ta’limiy: O’quvchilarga grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullarini o’rgatish


Download 0.62 Mb.
bet3/5
Sana13.12.2020
Hajmi0.62 Mb.
#165566
1   2   3   4   5
Bog'liq
malaka ishi 1

Ta’limiy: O’quvchilarga grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullarini o’rgatish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish.

Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish.
Tayanch va fanga oid kompetensiyalar:

TK: axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda xorijiy tildagi atamalarni mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llay bilish;

FK: grafik ob’ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari, kompyuter grafikasi va uning turlari haqida bilimga ega bo‘ladi;

Dars usuli: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi,

Dars turi: Yangi bilim berish.

O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi:

O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob.

O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.

Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar.



Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

O’quvchilar bilan salomlashish

Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish

Yo’qlamani aniqlash

Navbatchi axboroti.



Siyosiy daqiqa.

  1. Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.

  2. Tayanch bilimlarning faollashtirish.

  3. Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).

Nazariy qism:

Inson tashqi dunyo haqidagi axborotning asosiy qismini ko'zlari yorda- da qabul qiladi. Ko‘rish tizimi turli obyektlaming tasvirini qabul qilib ola- Ular yordamida insonda tashqi muhit va undagi obyektlar haqida tasavvur paydo bo‘ladi.

Obyektlaming tasvirini yaratish, ulami saqlash, qayta ishlash va tasvir- h qurilmalarida tasvirlab berish kompyuteming eng qiyin va asosiy masa- iridan biridir. Kompyuterga hech qanday topshiriq berilmaganda, ya’ni cor turganida ham ekranida ko‘rinishi kerak bo‘lgan tasvimi sekundiga ilab marta qayta ishlab ko‘rsatadi.

Kompjoiteming ekranida pay do bo‘ladigan tasvirlar uning ) ataluvchi qurilmasi yordamida yaratiladi va ekranga chiqariladi. Video- talar uchun maxsus ishlab chiqariladi. Videoprotseslar kompyuteming asosiy protsessorini murakkabligi va hisoblash ishlari- jajarish tezligi bo‘yicha ortda qoldirib ketgan.

Kompyuter ekranida tasvir qanday yaratilishi bilan tanishib chiqamiz. mpyuteming ma’lumotlami elektron ko‘rinishda tasvirlash qurilmasi (monitor - kuzatish, nazorat) deb ataladi.

Displey to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida bo‘lib, uning tomonlari nisbati odatda 16 ga 9 kabi bo‘ladi. Bundan tashqari, displey tomonlari nisbati 16 ga 4 ga 3, 5 ga 4 kabi bo‘lishi ham mumkin. So‘nggi paytda 21 ga 9 nisbatdagi displeylar ishlab chiqarila boshlandi. 16^9 va 16x10 nisbatli displeylar
keng, 21x9 nisbatlilari o‘ta keng, 5x4 nisbatlilari kvadrat displeylar deb ataladi.


Piksellar soni bo‘yicha displeylardan keng tarqalganlari va ulaming nomlari quyida keltirilgan;

320x240 CGA (Color Graphic Adapter- rangli grafik qurilma);

640x480 VGA (Video Graphic Adapter - video grafik qurilma);

800x600 SVGA (Super VGA);

1024x768 XVGA (eXtended VGA- kengaytirilgan VGA);

1280x720 HD (High Defenition- yuqori aniqlik);

1280x800 HD+ (HD dan ko‘proq);

1366x768 WXVGA(Wide XVGA-keng XVGA);

1440x900 HD++ (HD dan yanada ko‘proq);

1600x900 HD+++ (HD dan yanada ko‘proq);

1920x1080 FHD(Full HD-to‘liqHD);

2560X1440 QHD (Quadra HD- to‘rtlangan HD);

3840x2160 4K (4 kilo-to‘rtmingustun)yokiUHD (Ultra HD-o‘ta HI)).

Displey ekrani satrlarga va ustunlarga ajralib chiqilgan bo‘lib, bar bir qator va ustun kesishgan joyda piksel deb ataluvchi juda kichik tasvir bo’laklari joylashgan. Piksellaming bar biri alohida manzilga ega va mustaqil boshqarilishi mumkin. Har bir piksel uchun xotirada bir baytdan to‘rt baytgacha joy ajratilishi mumkin. Demak, har bir piksel 256 tadan 4 milliardgacha bo‘lgan ranglardan birida bo’lishi mumkin.
Kompyuter grafikcisj faoliyatning shunday turi-ki, unda kompyuter va laxsus yaratilgan dasturlardan foydalanib, tasvirlar yaratiladi, mayjudlari iqamli ko‘ririishga o‘tkaziladi, qayta ishlanadi, saqlanadi va qulay ko‘rinish- a tasvirlanadi.

Kompyuter grafikasi o‘tgan asming 70 - 80-yillaridan boshlab ommaviy- isha boshladi. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi shu qadar rivojlanganki, aing ehtiyojlarini qondirish kompyuter texnikasining jadal rivojlanishining >osiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Kompyuter grafikasi ilm-fanga, tijoratga, san’at va sportga ham tegishli эИЬ, barcha sohalarda keng qo‘llaniladi. Kompyuter grafikasi bo‘yicha har ili ko‘plab konferensiyalar o‘tkaziladi, ilmiy jumallar va o‘quv qo‘llanma- r chop etiladi, dissertatsiyalar himoya qilinadi.

Har yiU bir necha yuz milUard dollarlik kompyuter grafikasi mahsulot- ri ishlab chiqariladi va sotiladi. San’at durdonalari yaratiladi. Kompyuter rafikasi asosida yaratilgan elektron o‘yinlar bo‘yicha jahon birinchiliklari 'tkaziladi va ularda millionlab qatnashchilar ishtirok etadilar.

Kompyuter grafikasi nimaning tasviri yaratilishiga qarab quyidagi sinf- rga ajratiladi:

1) uitsiona; (o‘zgarmas) yoki oddiy grafika; 2) kompyuter animatsiyasi; 3) Multimedia

  1. Amaliy ish:

Yodda saqlang: Har bir pikselni rangi qizil, yashil va ko’k ranglarining turli nisbatdagi aralashmasidir.

  1. Videokarta qanday vazifa bajarishini tushuntirib bering.

  2. Kompyuter ekranida tasvirlar qanday yaratiladi?

  3. Monitor, displey deb nimaga aytiladi? Ulaming qanday farqi bor?

  4. Piksel deganda nimani tushunasiz?

  5. Kompyuter grafikasining turlari va sinflarini aytib bering.

  6. Diagonal! 20 dyuym va o‘lchamlari 4x3, 5x4, 16x9,16x 10 nisbatda bo‘lgan monitorlami bitta chizmada tasvirlang va ulami solishtiring.

  1. Darsga yakun yasash:

O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.




  1. Uyga vazifa berish:




  1. UHD turidagi ekranni chizing. Uning ong yuqori burchagiga boshqa turdagi ekranlami piksellari soniga qarab joylang. Ulaming yuzalari nisbatini toping.

  2. 10 ta yoki undan ortiq test tuzib kelish.

  3. O`tilgan mavzuni o`qib kelish.

TEST SAVOLLARI:
1.      EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o’zgartirish

a)      Kompyuter animasiyasi

b)      Kompyuter grafikasi

c)      Ofis Dasturlari


2.      Kompyuter grafikasi necha xil bo’ladi?

a)      4

b)      2

c)      3


3.      Rastrli tasvirning eng kichik elementi nima?

a)      Piksel

b)      Ob’ekt

c)      Logotip


4.      Adobe Photoshop dasturi qanday grafika turiga asoslanib ishlaydi?

a)      Vektorli

b)      Rastrli

c)      Hech qanday


5.      Grafik muharrirlar berilgan qatorni toping?

a)     Word, Corel Draw, Excel

b)     Power Point, Adobe Photoshop, Paint

c)      Adobe Photoshop, Paint, Corel Draw


6.      AutoCad dasturining boshqa grafik dasturlardan farqi nimada?

a)     Tasvir yaratadi

b)     Tayyor ob’ektni qayta ishlaydi

c)      2 yoki 3 o’lchovli modellashtiradi
7.      “ Sketch” 3 o’lchovli modellashtirish dasturi ko’pincha qaysi muhitlarda ishlatiladi?

a)     Windows

b)     IBM va Macintosh

c)      Linux


8.      Taqdimot dasturlari berilgan qatorni belgilang.

a)     Freelance Graphics, Harvard Graphics, Power Point

b)     Corel Draw, power Point, Paint

c)      Freelance Graphics, Photoshop, AutoCad


9.      Paint qanday dastur?

a)      Taqdimot qiluvchi

b)     Modellashtiruvchi

c)      Rasm chizuvchi


10.   Rastrli tasvirlarda bu ifoda nimani bildiradi:  800x600 ?

a)     800 mm gorizontal bo’yicha, 600 mm vertikal bo’yicha

b)     Gorizontal bo’yicha 800 va vertikal bo’yicha 600 piksel

c)      800 ni 600 ga ko’paytirish.


Xulosa

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi PQ-3304-sonli “O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to`g`risida”gi Qarorida ta’kidlanganidek, ta’lim sifatini yanada takomillashtirishni, fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlariga tayangan holda o’quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirib borish, izlanuvchanlikka, fikrlash qobiliyatlarini yuksaltirishda, axborot kommunikatsion texnologiyalar xizmatidan maqsadli ravishda samarali foydalanish imkoniyatlarini oshirishda, o’quvchilar mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish eng dolzarb muammolardan biridir.

Informatika va axborot texnologiyalari– o‘sib kelayotgan avlodga axborotlar bilan ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlarini puxta o‘zlashtirishni ta’minlashdan iborat. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllanishi va o‘sishi ko‘p jihatdan axborot texnologiyalariga bog‘liqdir.

Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim.

Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda, shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli fanga oid kompetensiyalar ham shakllantiriladi.

Ushbu bitiruv malakaviy ishida kompyuter grafikasi o‘qitish metodikasi, vositalarini o’rganish, tahlil qilsh, rivojlantirish va takomillashtirish, o‘qitish samarasini oshirish uchun vazifalarni belgilash, kompyuter grafikasi misolida o‘qitish metodikasi usullari, vositalarini rivojlantirish va takomillashtirish kabi muammolar ilmiy-metodik jihatidan o’rganildi.

Bitiruv malakaviy ishi quyidagi vazifalari o’z oldiga qo’ydi:


  • O’rta ta’lim muassasalarida kompyuter grafikasini o‘qitish sohasidagi muammolarni metodologik tahlil qilish;

  • kompyuter grafikasi bo‘yicha adabiyotlar to‘plash, tahlil qilish va ularning imkoniyatlari bilan tanishish;

Hulosa qilib aytganda, o’rta umumiy ta’lim maktablarida informatika fanini o’qitishda o’quvchilarning darslarga qiziqish motivatsiyasini oshirishda va bilim-ko’nikmalarini shakllantirishda innobatsion texnologiyalarning roli beqiyosdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Informatika va axborot texnologiyalari. Akademik S.S.G’ulomov umumiy tahriri ostida. Darslik. T.: ―Iqtisodiyot‖, –2009.

2. B. Boltayev va boshqalar.

3. Toyloqov N. Amaliy matematik dasturlash va kompyuterning dasturiy ta`minoti. Toshkent, Mehnat., 2000 y.

4. Hoshimov O. Kompyuterli va raqamli texnologiyalar. - Т.: Yangi asr avlodi, 2009 y.

5. Informatika / Professor N.V.Makarova tahriri ostida.-T.: ―Talqin‖, 2005.



Internet portallar va saytlar

6. http://www.ziyonet.uz- ахборот-таълим тармоғи портали.

7. http://www.lex.uz.

8. http://www.Google.com

9. http://www.rtm.uz sayti.



10. Dtm .uz saytlari. 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling