Orzu tomon borishingiz kerak ! 6-sinf Tarix 1-variant


Download 201.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana25.08.2023
Hajmi201.25 Kb.
#1670345
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-sinf Tarix 5 ta variant (1)

 
6-sinf Tarix 
3-variant 
1. Elam davlati Eronning qaysi qismida joylashgan edi? 
A) shimoli-g’arbiy
B) janubi-g’arbiy
C) shimoli-sharqida
D) janubi-sharqida 
2. 1) Altamir va 2) Teshiktosh g‘ori qaysi davrlarga oid ekanligini 
aniqlang. 
A) 1) mil.avv.40-12 ming 2) mil.avv. 100-40-ming 
B) 1) mil.avv.100-40 ming 2) mil.avv. 12-7-ming 
C) 1) mil.avv.100-40 ming 2) mil.avv. 40-12-ming 
D) 1) mil.avv.1 mln -100 ming 2) mil.avv. 40-12-ming 
3. Qadimgi Misr xudolarini ularning ta'rifi bilan to'g'ri ko'rsatilgan 
javobni toping. 
1) Ptax. 2) Amon-Ra. 3) Tot. 4) Bastet. 5) Xatxor. 
a) musiqa, muhabbat xudosi;
b) go'zallik ilohasi;
c) oy donishmandlik va tabobat xudosi;
d) fir'avnlarning bosh xudosi;
e) Memfisni bosh xudosi bo’lgan. 
A) 1-е, 2-d, 3-c, 4-a, 5-b 
B) 1-е, 2-d, 3-c, 4-b, 5-a 
C) 1-е, 2-d, 3-b, 4-a, 5-c 
D) 1-d, 2-е, 3-c, 4-b, 5-a 
4. Kushon imperisining jahondagi ko’plab davlatlar bilan keng 
aloqalaridan nima guvohlik beradi? 
A) yozuvning turli ko’rinishlariga oid topilmalar
B) kushon tangalari Rimdan topilganligi 
C) bu davrda buddaviylik dini O’rta Osiyoga kirib kelganligi
D) Oromoy yozuvi keng tarqalganligi
5. Makedoniyalik Aleksandr vafotidan so’ng uning davlati qaysi 
davlatlarga bo’linib ketdi? 
A) Mesopotamiya, Misr va Suriya
B) Makedoniya, Misr va Suriya 
C) Makedoniya, Misr va Mesopotamiya
D) Hindiston, Misr va Suriya 
6. Kserks qo`shinlarida kimlar eng yaxshi jangovar birlik 
hisoblangan? 
A) xorazmiylar va sug`diy jangchilar
B) baqtriyalik va xorazmiy kamonchilar 
C) sak va baqtriya suvoriylari
D) yunon va makedon jangchilar 
7. Milodiy 395-yilda Rim imperiyasi G’arbiy va Sharqiy qismlarga 
bo’linib ketdi. Quyidagi javoblardan G’arbiy qismga kirmagan 
hududni toping. 
A) Shimoliy Afrika
B) Bolqon yarimoroli
C) Italiya
D) Yevropa 
8. Qadimgi dunyo tarixiga oid ma’lumotlarni to’g’ri joylashtiring.
1) Attika qadimgi O’rta Yunonistonning …da joylashgan. 
2) Midiya Kaspiy dengizining …da joylashgan. 
3) Elam davlati Eron davlatining …da joylashgan. 
4) Frakiya Bolqon yarim orolining …da joylashgan.
5) Ko’chmanchi “varvarlar” Rim imperiyasiga … tarafdan bostirib 
kirgan. 
6) Afrosiyob shahri hozirgi Samarqand shahrining … da joylashgan. 
a) shimoli-sharqi b) sharqi c) janubi-g’arbi
d) shimoli-g’arbi e) janubi-sharqi
A) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b, 5-c, 6-b
B) 1-e, 2-b, 3-c, 4-b, 5-d, 6-a 
C) 1-e, 2-c, 3-c, 4-b, 5-d, 6-b
D) 1-c, 2-e, 3-c, 4-b, 5-e, 6-b 
9. Yunon-rim mualliflari tomonidan Baqtriana yoki Baqtriya deb 
atagan yerlarga hozirgi qaysi hududlar to‘g‘ri keladi? 
1) Surxon vohasi 2) Turkmanistoning shimoli 
3) Zarafshon vohasi 
4) Tojikiston shimoli 
5) Afg‘onistonning shimoli 6) Tojikistonning janubi 
A) 1, 2, 6 B) 1, 5, 6 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3 
10. Quyidagi manzilgohlarning qaysi tarixiy davrga oid ekanligini 
aniqlang. 
1) Qo'shilish; 2) Jarqo'ton; 3) Selungur; 4) Kapova;
a) ilk paleolit; b) so'nggi paleolit; c) mezolit; d) bronza. 
A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-a 
B) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b 
C) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b 
D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d 
11. Tir va Sidon, Ugarit shaharlari qaysi dengizning
sohillarida joylashgan?
A) Qizil dengiz
B) Qora dengiz
C) O`rtayer dengizi
D) Kaspiy dengizi
12. Quyidagi fikrlardan to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 
A) Xalq sudi faoliyatida 20 yoshga to‘lgan erkak fuqarolar ishtirok 
eta olardilar 
B) Davlatni boshqarishda faqat erkak fuqarolar ishtirok eta olardi 
C) Beshyuzlar kengashi qarorlari Oqsaqollar Kengashida 
tasdiqlangan 
D) Erkak jinsiga mansub barcha fuqarolar 30 yoshdan boshlab Xalq 
majlisida ishtirok etardilar 
13. Qadimgi Afina aholisining qaysi guruhi barcha huquqlardan 
foydalanib, og’ir mehnat va salomatlikka zarar yetkazuvchi ishlardan 
ozod qilingan edilar? 
A) meteklar
B) fuqarolar 
C) quldorlar
D) amaldorlar 
14. O‘rtayer dengizining sharqiy qirg‘og‘i bo‘ylab joylashgan 
qadimiy o‘lkani aniqlang. 
A) Midiya B) Galliya C) Finikiya D) Frakiya 
15. Yunonlar Attika gʻarbiy qismida “Akropol” qal’asini qurgan 
davrda jahon tarixida yana qanday voqea boʻlgan?
A) Old Osiyoda ilk davlatlar vujudga keldi


6-sinf Qadimgi dunyo tarixi Yakuniy nazorat testi Husanboy Xoldorov 
B) Shumerlar mixxat yozuvini ixtiro qilishdi
C) Oʻrta Osiyoda zardushtiylik dini vujudga keldi
D) “Buyuk meridianal yoʻl” vujudga keldi 
16. Qadimgi misrlik savdogarlar qaysi davlatga oltin, qatron, fil 
suyagi, nodir navli yog'ochlarni ayirboshlash maqsadida olib 
borishardi? 
A) Liviya
B) Falastin
C) Suriya
D) Nubiya 
17. Rim davlati olib borayotgan urushlardan birida halok bo’lgan 
(mil.avv. I asr) Rim sarkardasining asosiy xizmati nimada? 
A) Karfagan ustidan uzil-kesil g’alaba qozondi; 
B) Spartak qo’zg’alonini bostirdi; 
C) Rim imperiyasiga asos soldi;
D) Rimni harbiy diktatura tuzimidan saqlab qoldi; 
18. Qadimda qaysi xalq shaharni bosib olgach qal’a devorlarini, uylar 
va ibodatxonalarni buzib tashlab, aholini asirlikka haydab ketganlar? 
A) xettlar
B) rimliklar 
C) ossuriyaliklar
D) yunonlar 
19. Quyidagilarni izohi bilan to’g’ri joylashtiring. 
1) Alarix 2) Antiox 3) Antoniy 4) Attila 
a) mil.452-yilda Italiyaga bostirib kirgan qabila yo’lboshchisi; 
b) mil.410-yilda Rimni qurshab olgan qabila yo’lboshchisi;
c) Salavkiylar davlati Sharqiy viloyatlari noibi; 
d) mil.avv.31-yil Yunoniston qirg’oqlarida bo’lgan jangdan so’ng 
Aleksandriya shahriga qochgan shaxs; 
A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b 
B) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a
C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-b 
D) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a
20. Gilgamish nima uchun dengiz tubida o’sadigan sehrli giyohni 
izlab topadi ? 
A) Enkiduni qayta tiriltirish uchun
B) Bobosidan hokimiyatni qaytarib olish uchun
C) boqiy hayotga erishish uchun
D) yovuz mahluqotlarga qarshi kurashish uchun
21. O’rta tosh davrida yuz bergan voqeani toping. 
A) toshga ishlov berish texnikasi o‘zgardi; 
B) dastlabki diniy e’tiqodlar paydo bo’lgan; 
C) mayda tosh qurollar – mikrolitlar kashf qilingan; 
D) paxsadan uylar qurila boshlangan; 
22. Turli mamlakatlarni bog’lab turgan karvon yo’llari chorrahasida 
joylashgan qadimgi davlatni aniqlang. 
A) Eron
B) Yunoniston
C) Hindiston
D) Xitoy 
23. Quyidagi ijodkorlarning asarlarini to'g'ri belgilang. 
1) Zevs haykali; 2) «Antigona»; 3) «Diskobol» haykali; 
4) Labirint saroyi; 
a) Dedal; b) Miron; c) Fidiy; d) Sofokl. 
A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c 
B) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a 
C) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a 
D) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d 
24. Bir davrda sodir boʻlgan voqealarni belgilang.
1) Rim respublika deb yuritila boshlandi;
2) Misr yana yagona davlatga birlashdi, mamlakat iqtisodiyoti va 
madaniyatida yuksalish boshlandi;
3) Yangi Bobil podsholigi vujudga keldi;
4) poytaxti Tushpa shahri boʻlgan davlat gullab-yashnadi;
5) “Avesto”ning ilk paydo boʻldi;
6) Temirdan yasalgan ilk mehnat qurollari O‘rta Osiyodan topilgan. 
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 2, 3, 6 D) 4, 5, 6 
25. Yunon-rim sarkardalari hayoti haqida kitob yozib qoldirgan (a) 
va “Rim tarixi”ni yozgan (b) shaxslarni aniqlang. 
1. Kvint Kursiy Ruf 2. Tit Liviy 3. Arrian 4. Tatsit 5. Plutarx
A) a-4; b-5 B) a-1; b-5 C) a-5; b-2 D) a-1; b-3
26. Qadimgi Rimda nima uchun qullarning qadri bo‘lmagan?
A) qullar mehnati foydali emasligi uchun;
B) chunki ular judayam arzon turardi; 
C) chunki qullarda mehnatdan manfaatdorlik hissi bo‘lmagan;
D) chunki qul butunlay quldorning ixtiyorida bo‘lgan; 
27. Qadimgi Hindiston tarixiga oid to‘g‘ri ma'lumotlar berilgan 
javobni toping. 
1) Maurya davlati Shimoliy Hindistondagi barcha davlatlarni o‘z 
tarkibiga olgan; 
2) fors qo‘shinlariga qarshi kurashga mashhur hind sarkardasi 
Chandragupta sardorlik qiladi; 
3) Moxenjodaro aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik edi. 
Dehqonlar shakarqamish, paxta o‘simliklarini yetishtirganlar; 
4) Mil. avv. 3-ming yillikda Gang daryosi vodiysida katta shaharlar 
vujudga kela boshladi; 
5) Hindlar jon bir tanadan boshqasiga ko‘chib o‘tishiga e’tiqod 
qilishgan; 
6) Milodiy III asrda Maurya rivojlanishda yuksak taraqqiyotga 
erishdi; 
A) 2, 4, 6 B) 2, 3, 4 C) 1, 5, 6 D) 1, 3, 5 
28. Quyidagi qo’zg’olonlardan qaysilari Xan sulolasiga qarshi 
ko’tarilgan? 
1) “Sariq ro’mollilar”; 2) “Qizil ko’ylaklilar”;
3) “Qizil qoshlilar”; 4) “Oq kiyimlilar” 
A) 2, 4 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 3 
29. Kushon davlati tarixiga oid to‘g‘ri ma'lumotlar berilgan javobni 
toping. 
1) mil.avv I asrda Guyshuan xonadonining boshlig‘i davlatga asos 
soladi; 
2) Kanishka hukmronligi zamonida poytaxt hozirgi Pokistonga 
ko‘chiriladi; 
3) Hindiston, Xitoy va Rim davlatlari qatorida ulkan podsholiklardan 
biriga aylangan; 
4) Hukmdor nomi ko‘rsatilgan tanga zarb qilingan; 
5) Oromiy yozuvi O'rta Osiyoda paydo bo‘lgan; 
6) Yozuv qadimdan mavjudligini Surxko‘tal yodgorligidan topilgan 
yunon alifbosidagi kushon bitiklari tasdiqlaydi. 
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 2, 3, 4 
D) 1, 5, 6 
30. Quyidagi manzilgohlarning qaysi biri taqinchoqlar –
munchoqlar, tumorlar va uzuklar yasala boshlangan davrga oid? 
A) Selung‘ur B) Teshiktosh C) Zarautsoy D) Kapova 

Download 201.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling