Orzu tomon borishingiz kerak ! 6-sinf Tarix 1-variant


Download 201.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana25.08.2023
Hajmi201.25 Kb.
#1670345
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-sinf Tarix 5 ta variant (1)

6-sinf Tarix 
4-variant 
1. Dastlab Buyuk Xitoy devori qurilishi ishlari boshlangan asrda 
nomlari zikr etilgan qadimgi dunyo tarixidagi shaxslarni aniqlang.
1) Demosfen 2) Ashoka 3) Diogen 4) Diodot
5) Arastu 6) Sin Shi Xuandi 7) Xoriyen
A) 2, 3, 4, 6 B) 1, 3, 5, 7 C) 3, 4, 5, 7 D) 2, 3, 6, 7
2. Qadimda qaysi davlatda qaram qilingan xalqlar har yili soliq 
to'lashdan tashqari saroy va ibodatxonalar qurilishiga ham safarbar 
etilgan?
A) Kushon davlati
B) Fors podsholigi
C) Rim imperiyasi
D) Misr
3. Miloddan avvalgi VIII asrning II choragida sodir bo’lgan voqeani 
aniqlang.  
A) Ilk bor olimpiya o’yinlari o’tkazildi.
B) Rim shahriga asos solindi.
C) Drakont qonunlari qabul qilindi.
D) Solon islohotlari o’tkazildi.
4. Quyidagi shaxslardan qaysi biri turli qabilalarni istilochilarga 
qarshi kurashga birlashtirish uchun ularni birlikka da’vat qilgan?
A) To’maris B) Spitamen C) Zardusht D) Frada
5. Quyidagi ibtidoiy odam turlari qaysi davrda
yashagan?


6-sinf Qadimgi dunyo tarixi Yakuniy nazorat testi Husanboy Xoldorov 
1) Pitekantrop; 2) Kromanyon; 3) Neandertal;
a) ilk paleolit; b) o’rta paleolit; c) so’ngi paleolit;
A) 1-b, 2-c, 3-a
B) 1-a, 2-c, 3-a
C) 1-a, 2-c, 3-b
D) 1-b, 2-a, 3-c
6. Qadimda qaysi mamlakatda dastlab yozuvlar maqbaralarning 
devorlariga va xudolar haykallariga o‘yib yozilgan?
A) Rim
B) Misr
C) Yunoniston
D) Mesopatamiya
7. Qadimgi Xorazm tarixiga oid tog'ri javoblarni toping.
1) Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik va savdo-sotiq 
yuksak darajada rivojlangan;
2) bu o‘lka aholisi xo‘jaligining asosini dehqonchilik va chorvachilik 
tashkil etgan;
3) Xorazm aholisi So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Baqtriya va dasht 
ko‘chmanchilari bilan yaqindan savdo munosabatlarini o‘rnatgan;
4) kulolchilik, qurolsozlik, temir va mis asboblarining dovrug‘i o‘zga 
yurtlarga ham tarqalgan edi;
5) O‘rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv topilgan;
6) Marafon jangida xanjar va nayzalar bilan jangga kirishgan;
7) muhim karvon yo‘llari o‘tgan;
A) 1, 2, 3, 5
B) 1, 3, 5, 6
C) 1, 3, 5, 7
D) 2, 4, 5, 7
8. Qadimda muqaddas ichimlikka sig’inuvchi saklar qayerda 
yashaganlar?
A) Orol dengizi bo‘ylarida, Sirdaryoning quyi oqimida
B) hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog’iston yerlarida
C) Pomirning tog‘li tumanlarida va Farg’onada
D) Amudaryoning quyi oqimida
9. Quyidagi voqealardan Hindistonda bir nechta Magadha, Koshala, 
Malla kabi davlatlar vujudga kelgan asrlarda sodir bo'lgan voqealarni 
aniqlang.
1) Qadimgi Xitoyda «ko‘p podsholiklar» davri
nihoyasiga yetgan;
2) O'rta Osiyo hududida qadimgi shaharlar rivojlangan;
3) Midiyada qabilalar ittifoqlari vujudga keldi;
4) Yangi Bobil podsholigi vujudga kelgan;
5) Yunonistonga forslar tahdid sola boshladi.
A) 2, 3, 4 B) 2, 4
C) 1, 2, 4
D) 1, 4, 5
10. Qadimgi Misrda dastlabki podsholik nima uchun alohida 
«nom»larga parchalanib ketgan?
A) ichki ziddiyatlar va o’zaro urushlar natijasida
B) Misr firavnlari bilan mahalliy qabilalar bilan o’rtasidagi urushlar 
natijasida.
C) «nom»lar hukmdorlarini o’z mol-mulkini ko’paytirib olishlari 
natijasida
D) Misrga ko’chmanchi qabilalrning xujumlar
natijasida
11. Politimet (Zarafshon daryosi) bo'yidagi jang sodir bo’lgan yilni 
toping?
A) Mil.avv 329-yilda
B) Mil.avv 328-yilda
C) Mil.avv 522-yilda
D) Mil.avv 327-yilda
12. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda vujudga kelgan shaharlar va 
davlatlar to’g’r berilgan javobni toping.
A) Krit, Miken, Isroil podsholigi, Shumer-Akkad
B) Xett, Mitanni, Finikiya, Mohenjadoro va Xarappa
C) Mitanni, Sparta, Miken, Isroil podsholigi
D) Ossuriya, Mitanni, Shumer-Akkad, Xett podsholigi
13. Qadimgi Bobil eng qudratli davlatga aylangan paytda jahon 
tarixida yuz bermagan voqeani toping.
A) Turkiya hududida yangi davlatga asos solindi.
B) Hind daryosi vodiysi shaharlari zavolga yuz tutib, butunlay 
vayronaga aylanadi.
C) Fiva shahri giksoslar tomonidan bosib olindi.
D) Mesopotamiya yagona davlatga birlashtirildi.
14. Quyidagi qaysi javobda Mil.avv VI asrning birinchi choragida 
yuz bergan voqea to’g’ri keltirilgan?
A) Ahamoniylar tomonidan bosib olingan barcha mamlakatlarda 
qo’zg’olonlar avj olib ketdi
B) Doro I sak qabilalariga ustiga yurish qiladi
C) Drakont qonunlari qabul qilindi
D) Afinada davlatning idora qilish tizimi o’zgartirildi
15. Qadimgi Rimda kimlar muhtasham koshonalarga egalik qilardi?
A) yollanma qo’shin boshliqlari
B) senatorlar va konsullar
C) quldorlar, zodagonlar va ruhoniylar
D) imperatorning yaqin kishilari
16. Quyidagi qaysi javobda bir davrda sodir bo’lgan voqealar 
keltirilgan?
A) Davan davlati barham topishi-“Sariq ro‘mollilar” qo’zg’oloni 
sodir bo’lishi-“ Buyuk Ipak yo’li” vujudga kelishi
B) “Buyuk Ipak yo’li” vujudga kelishi-Fors podsholigi saklar ustiga 
yurish boshlashi-Qang’ qudratli davlat birlashmasiga aylanishi
C) Zardusht ta’limotining barcha matnlari 21 ta kitobga jamlanishi-
Qang' davlati tashkil topishi-Davan davlatining tashkil topishi
D) Davan davlatining barham topishi- Kushon
davlatining inqirozga yuz tutishi- Rimning barcha fuqarolari 
mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida teng, deb hisoblanishi
17. Yunon tilidan olingan atamalarni toping.
1) respublika 2) vitulus 3) animizm 4) antik
5) termos 6) Xufu 7) satrap
A) 2, 3, 4 B) 2, 5, 6 C) 1, 5, 7 D) 2, 5
18. O’rta Osiyodagi ko’ hna qadamjolarni qazish chog’ida 
arxeologlar Hindiston, Eron va Mesopotamiya hunarmandlari 
tomonidan tayyorlangan qanday buyumlarni topishgan ?
A) oltin va kumush idishlar, zargarlik buyumlari
B) sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlari
C) kumush idishlar,oltin buyublar va quro’-yarog’lar
D) sopol va metall idishlar, kulolchilik buyumlari
19. Rimda xristianlar ibodatxonalar qurish va oshkora ibodat qilish 
imkoniga ega bo’lgan asrda yuz bergan voqeani aniqlang.
A) Fors podsholigi barham topdi
B) Konstantinopol shahriga asos solindi
C) Maurya davlati gullab-yashnadi
D) Buyuk Xitoy devori qurlishi boshlandi
20. Xorazm hududidan qaysi davrga oid manzilgoh topilib 
o’rganilgan?
A) so’ngi paleolit B) mezolit C) eneolit
D) bronza
21. Qadimgi Yunonistonda shaharlar sonining ortib borishiga sabab 
bo’lgan omilni aniqlang.
A) dehqonchilik va savdo-sotiqning rivoj topishi
B) dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi
C) hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topishi
D) aholi soni ko’payishi,ichki va tashqi savdo
rivojlanishi
22. Marafon jangida fors suvoriylari qanday qurollar bilan jang 
qilishgan?
1) oybolta; 2) xanjar; 3) nayza;
4) qilich; 5) o’q-yoy;
A) 2, 3, 5 B) 1, 2, 5 C) 3, 4, 5 D) 2, 3, 4 
23. Noto’g’ri javobni toping?
A) miloddan avvalgi III asrda qadimgi Xitoyda
qo’zgolon bo’lib o’tdi
B) mil.avv II-I asrlarda Farg’ona yuksak tarqqiy etgan.
C) mil.avv V-IV asrlarda O’rta Osiyoda dastlabki qog’oz pullar 
tarqaldi. 
D) mil. avv VII asrda Midiya qudratli davlatga aylandi


6-sinf Qadimgi dunyo tarixi Yakuniy nazorat testi Husanboy Xoldorov 
24. Qadimgi Misrda Yangi podsholik nima uchun zavolga yuz 
tutib,parchalanib ketdi?
1) qo‘shni qabilalarning Mistga tez-tez bostirib kirishi;
2) bo‘ysundirilgan xalqlarning doimo Misr
hukmdorlariga qarshi kurash olib borishi;
3) fir’avnlarning uzoq muddat mahalliy qabilalar bilan urush olib 
borishi;
4) giksoslarning hujumi
A) 2, 3 B) 1, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4
25. Makedoniyalik Aleksandr bosib olingan shaharlarda nima 
maqsadda yunonlarni joylashtirgan?
A) ushbu hududlarda o‘ziga tayanch bo‘ladigan
zodagonlar toifasini shakllantirish
B) bosib olingan hududlarda yunon davlatlarini barpo etish
C) ulkan hududda o’z hukmronligini mustahkamlash maqsadida
D) ulkan hududda yunon madaniyatining tarqalishiga imkon yaratish
26. Qadimgi dunyo tarixida qaysi davlatda hukmdor nomi 
ko’rsatilgan tangalar zarb qilingan?
A) Yunon-Baqtriya podsholigi
B) Salavkiylar davlati
C) Kushon podsholigi
D) Fors podsholigi
27. Qadimda qaysi shaharlardan qushlar tasviri bilan bezatilgan saroy 
va qasrlar topilgan?
A) Dalvarzintepa va Eski Termiz
B) Bobil va Jonbosqal’a
C) Tuproqal’a va Ayritom
D) Persepol va Tuproqal’a
28. Qadimda qaysi davlat ravnaq topgan davrda uning hududiga 
Hindiston, Xo’tan, Afg’oniston va O’zbekistonning janubigacha 
bo’lgan yerlar kirgan?
A) Yunon-Baqtriya podsholigi
B) Fors podsholigi
C) Kushon podsholigi
D) Parfiya podsholigi
29. O‘rta Osiyda qadimiy oromiy yozuvining keng tarqalishiga nima 
sabab bo‘lgan?
A) bu yozuvning alifboga asoslanganligi
B) yozuvning o‘zlashtirilishi juda oson bo‘lganligi sababli
C) Kushon podsholigi davrida G’arbiy Osiyo hududlari bosib olinishi
D) Kushon davlatida yashagan xalqlarning o‘zaro madaniy va savdo-
sotiq aloqalari tufayli
30. Quyidagi voqealarning qaysi biri nisbatan keyinroq yuz bergan?
A) Shumer-Akkad davlati ko’chmanchi qabilalar zarbasidan 
parchalanib ketgan.
B) Isroil podsholigi vujudga kelgan.
C) doriylar tomonidan Sparta davlatiga asos solingan.
D) Finikiyada 22 undosh harfdan iborat alifbo
yaratilgan

Download 201.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling