5
|
I, II, III, IV, V, VI analitik guruh kationlari
|
Birinchi analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari. Kationlarning klassifikasiyasi. Kaliy, natriy va ammoniy kationlariga sifat reaksiyalari. Kaliy va natriy kationiga alangani bo‘yash reaksiyalari. Birinchi analitik guruh kationlarining tibbiyotdagi ahamiyati. Aralashmaning analizi.Ikkinchi analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari. Guruh reaktivi, xlorid kislota, sulfat kislota, kaliy yod va kaliy xromat yoki natriy xromat bilan reaksiyalari. Kumush kationiga, xlorid kislota, kaliy yodid, kaliy xromat reaktivlari bilan reaksiyalarini sentrifuga yordamida bajarish. Ikkinchi analitik guruh kationlarining tibbiyotdagi ahamiyati. Aralashma ning analizi.Uchinchi analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari. Bariy kationiga sulfat kislota, ammoniy karbonat, kaliy xromat, kaliy dixromat va ammoniy oksalat reaktivlari bilan reaksiyalari. Alangani bo‘yash reaksiyasi. Kalsiy kationi, suyultirilgan sulfat kislota, ammoniy karbonat, ammoniy oksalat, kaliy geksasianoferrat (III) bilan reaksiyalari. Mikrokristallos kopik va alangani bo‘yash reaksiyalari. Uchinchi analitik guruhkationlarining tibbiyotdagi ahamiyati. Aralashmaning analizi. To‘rtinchi analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari. Xrom (III)- kationi, ishqor, vodorod peroksid, ammoniy sulfid bilan reaksiyalari. Rux kationi, ishqor, kaliy geksasianoferrat (III), geksasiano ferrat (II), ammoniy sulfid bilan reaksiyalari. Mikrokristal loskopik va quruq usul reaksiyalari. Alyuminiy kationi, ishqor, ammoniy xlorid, ammoniy sulfid, alizarin 1,2–dioksiantaxinon bilan reaksiyalari. To‘rtinchi analitik guruh kationlarining tibbiyotda gi ahamiyati. Aralashmaning analizi.Beshinchi analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari. Temir (II)-kationiga xos reaksiyalar: ishqor, kaliy geksasianoferrat (III), ammiakli suv, ammoniy sulfid, kaliy permangonat reaktivlari bilan reaksiyalari. Temir (III)-kationi reaksiyalari: ishqor, kaliy rodanit, kaliy geksasianoferrat (II), ammoniy sulfid, kaliy yodid va natriy asetati reaktivlari bilan reaksiyalari. Marganes (II) kationi reaksiyalari: ishqor, vodorod peroksid, qo‘rg‘oshin (IV)-oksid, ammoniy sulfid reaktivlari bilan reaksiyalari. Magniy kationi reaksiyalari: ishqorlar, natriy gidrofosfat, α-oksixinolin reaktivlari bilan reaksiyalari. Vismut (III)-kationlari reaksiyalari: ishqorlar, kaliy yodid, natriy yoki kaliy stanniatlari, natriy sulfidi reaktivlari bilan reaksiyalari. Beshinchi analitik guruh kationlarining tibbiyotda gi ahamiyati. Aralashmaning analizi. Oltinchi analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari. Simob (II) kationlari reaksiyalari vodorod sulfid, ishqorlar, kaliy yodid, ammiak eritmasi bilan reaksiyalari. Mis (II) kationlari reaksiyalari: ishqorlar, ammiakli suv, kaliy geksasianoferrat (II), kaliy yodid bilan reaksiyalari. Oltinchi analitik guruh kationlarining tibbiyotdagi ahamiyati. VI-guruh kationlari aralashmalarining analizi.
|
|