Dastur nomi
|
Iqtisodiy taihlil
|
Ajratilgan soat
|
100
|
Мavzular soni
|
16
|
Dasturning maqsadi
|
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning xo’jalik faoliyati, ularning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar va samaradorlikni oshirish yo’llarini belgilash, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari bo’yicha ko’nikmalarini shakllantirish.
|
O’zlashtirish (o’qitish) natijalari
|
O’rganilayotgan ob’yektga (hodisaga) to’g’ri va xolisona baho berish;
Har bir yo’nalishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ularning ta’sirini hisoblash va shu omillarni ishning samaradorligini oshirishga safarbar qilish;
Korxonaning iqtisodiy va moliyaviy potentsialiga, uning to’lovga qobiliyatliligiga baho berish;
Xo’jalik hisobi tamoyillariga, tijorat hisob-kitoblariga amal qilishlikni muntazam tekshirib turish;
Eng to’g’ri va oqilona, kelgusida ish yuritish va korxonalarni boshqarish bo’yicha xulosalar berish;
Korxonalarni rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko’rsatkichlar asosini aniqlash;
Korxonalarning xo’jalik faoliyati jarayonida erishishi mumkin bo’lgan natijalarni oldindan aniqlash.
|
Bilimlar
|
iqtisodiy tahlil haqida umumiy nazariy tushunchalarga ega bo‘ladi;
xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliviy tahlilining xususiyatlarini bilish;
moliya xo‘jalik faoliyati tahlilini qila olish;
xo‘jalik faoliyatiga baho berishni bilish.
|
Ko’nikmalar
|
iqtisodiy tahlil metodlarini qo‘llay olish;
xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tahlilining maqsadi, vazifalari va manbalarini tanlay olish;
xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati taxlilini o‘tkaza olish;
barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini taxlil qila olish;
xo‘jalik faoliyatiga baho berishga erishish.
|
|