Oʻquv rejasiga muvofiq oʻzaro bogʻliq boʻlgan fanning nomi
|
Iqtisodiyot nazariyasi, Mikroiqtisodiyot, Biznesni tashkil etish va yuritish, Buxgalteriya hisobi, Pul muomalasi va kredit, Banklarda buxgalteriya hisobi, Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari, Bank nazorati va tahlili, Iqtisodiy tahlil.
|
Oʻqitishni tashkiliy shakli
|
N – Nazariy taʼlim;
A – Amaliy taʼlim;
NA – Nazariy va amaliy taʼlim birgalikda tashkil etiladi;
|
Dasturga qoʻyilgan talab
|
Majburiy
|
Oʻqitish tili
|
Guruhda belgilangan oʻqitish tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Baholash boʻyicha amaldagi tartib asosida
|
Oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini baholash
|
Yozma, ogʻzaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq
|
Oʻquv dasturi mazmuni
№
|
Mavzuning nomi
|
Mavzuning qisqacha mazmuni
|
Jami
|
Oʻqitishni tashkiliy shakli
|
Mustaqil taʼlim
|
1.
|
Kirish
|
“Bank ishi” fani haqida tushuncha. “Bank ishi” fanining banklar faoliyatini tashkil qilish, banklarning turli bozor sub’yektlari bilan munosabatlari va umumiy bank ishini tashkil etish asoslarini oʻrganishdagi ahamiyati. 2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida 5992-sonli 2020-yil 12-maydagi Prezident farmoniga asosan bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish sohasida respublikamizda olib borilayotgan ishlar. Banklar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar. 2020-yil 28-aprelda qabul qilingan “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’gi 4699-sonli Prezident qarori. Respublika bank tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari. Zamonaviy bank hizmatlari va tehnologiyalari (mobil ilovalar, statsionar kompyuterlar, mijozlarga hizmat ko’rsatish markazlari).
|
2
|
N
|
1
|
2.
|
Banklar va Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimi
|
Dastlabki banklarning vujudga kelishi. (Angliya 1694-yil) Banklar vujudga kelishining asosiy sabablari. Oʻzbekiston Respublikasi hududida dastlabki banklarning vujudga kelishi (Buxoro 1897-yil. Qo’qon 1901-yil). Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlanish bosqichlari. Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlanish istiqbollari. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, uning maqsadi va faoliyati asoslari. Markaziy bankning asosiy vazifalari, funksiyalari va operatsiyalari. OʻRQ-582 15-noyabr 2019-yil “Markaziy bank toʻgʻrisida” gi Qonunning mazmun va mohiyati.
Tijorat banklarining mohiyati. Tijorat banklarining maqsad va vazifalari. Tijorat banklarining funksiyalari. Tijorat banklari faoliyatining huquqiy asoslari. Tijorat banklari faoliyatining iqtisodiy mustaqilligi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |