8
|
Buxgalteriya hisobi registrlari va hisob shakllari
|
Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati. Hisob registrlarining turlari va ularni yuritish tartibi. Sintetik va analitik hisob registrlari. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi. Buxgalteriya hisobi shakllari to’g’risida tushuncha. Buxgalteriya hisobining axborot texnalogiyalariga asoslangan shakli asosida “Exsel” “1С” “UzAsbo” “Turbo buxgalteriya” “Provodka-Bosh kitob” dasturlarini o’rni muhim ahamiyatga ega. Memorial-order shakli, jurnal-order shakli, bosh jurnal shakli va jadval avtomatlashtirilgan shakli, ularning kamchiliklari va afzalliklari. Buxgalteriya hisobi registrlarini tuzish. Xo’jalik muomalalarini memorial-orderda aks etirish. Hisob registrlarida ro’y bergan xato yozuvlarni tuzatish usullari. Buxgalteriya hisobi registrlari - jurnallar, vedomostlar, kitoblar, tasdiqlangan blankalardir. Buxgalteriya hisobining axborot texnologiyalariga asoslangan shakli asosida buxgalteriya hisobi usuli asosiy elementidan hujjatlashtirish yotadi. Axborot texnologiyalaridan hisob ishlarida foydalanish iqtisodiy samaralar bilan birga korxonalarda boshqarishning avtomatik tizimini yaratilishi bilan birga olib boriladi.
|
6
|
N,A
|
3
|
9
|
Buxgalteriya hisoboti asoslari
|
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish tartibi, shuningdek asosiy xo'jalik jamiyatining nazorati ostidagi tashkilotlarga qo'yiladigan talablar buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi. Buxgalteriya hisobotning mohiyati va ahamiyati. Hisobot turlari va shakllari. Buxgalteriya hisobotlarini tuzish, topshirish va tasdiqlash tartiblari. Yig’ma buxgalteriya hisoboti. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga binoan: - barcha korxona va muassasalar uchun hisobot yili 1 yanvardan 31-dekabrgacha bo‘lgan davr hisoblanadi. Buxgalteriya hisobotlarining tarkibi va shakllari hamda ularni to‘lg‘azish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilanadi.
Korxonalarning choraklik va yillik hisoboti bilan tanishish. Hisobotning ayrim shakllarini to’ldirish.
Buxgalteriya balansi 1- shakl;
- Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot 2- shakl;
- Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot 4- shakl;
- Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot 5- shakl;
|
8
|
N
|
4
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |