Oshirish instituti


Download 362.89 Kb.
bet140/190
Sana28.12.2022
Hajmi362.89 Kb.
#1015981
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   190
Bog'liq
50410501 Bank ishi

Tuzuvchilar:

R.Atabayeva

Marg‘ilon bank-moliya texnikumi ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha direktor o’rinbosarii













O.Tadjibayeva

Marg‘ilon bank-moliya texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi













M.Fayzullayeva

Marg‘ilon bank-moliya texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi














































Taqrizchilar:

N.Olimova

FarDU “Iqtisodiyot va servis” kafedrasi mudiri, ifn, dotsent






































1. O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar

Dastur nomi

Bank ishini tashkil etish o‘quv amaliyoti

Ajratilgan soat

180

Mavzular soni

10

Dasturning maqsadi

O‘quvchilarga bank faoliyatini tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini, tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi, bank operatsiyalarini olib borilish tartibi va ularni yuritilishining asosiy tamoyillari, tijorat banklarining kunlik va jamlanma balanslari, aylanma qoldiqlar ro‘yxati, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotlarni zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida hisoblash usul va uslubiyatlarini amaliy jihatdan o‘rgatish

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

1.Banklarni tashkil qilish va yuritishga doir qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarni qo‘llash;
2.Bank operatsiyalarini hujjatlarda rasmiylashtirish va ularni to‘g‘ri aks ettirish;
3.Chet el valyutalariga oid operatsiyalarni yuritish va hisob-kitoblarni amalga oshirish;
4.Bank operatsiyalarini yuritishda iqtisodiy axborotlarni shakllantirish usullaridan keng foydalanish, shuningdek operatsiyalarga oid me’yoriy huquqiy hujjatlardan to‘g‘ri foydalana olish.



Bilimlar



- bank faoliyati boʻyicha amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar talablarini bilish;
- bank faoliyatini tashkil qilishning va tu-gatishning huquqiy asoslarini bilish;
- bank faoliyatining iqtisodiy asoslarini bilish;
- innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan xolda mijozlarga hizmat ko’rsatish borasidagi bilimlarga ega bo’lish;
- bank mobil ilovalari hamda IT in-fratuzilmalari bilan ta’minlangan bank oper-atsiyalari haqida tushunchalarga ega bo’lish;
- raqamli banklar mijozlarga ko’rsatadigan hizmatlar turini bilish;
- bank tizimini yanada rivojlantirish va erkinlashtirish borasida respublikamizda va xalqaro miqyosda olib borilayotgan islohotlarni bilish.

Ko‘nikmalar



- tijorat banklari aktivlari tarkibi, aktivlarning sifat koʻrsatkichlari, bank aktivlarini baholash;
- bank kapitalining tarkibi, kapitalning shakllanishi, kapitalning holatini ifoda-lovchi koʻrsatkichlar, bank kapitalining harakatini ifodalovchi koʻrsatkichlarni tahlil qilish;
- tijorat banklarining majburiyatlari va ularning tarkibi, talab qilib olinguncha, jamgʻarma, muddatli va boshqa depozitlar tahlili, ular bo’yicha foizlar hisoblash, bank majburiyatlarining holatini baholash va depozitlarni rasmiylashtirish;
- tijorat banklari kreditlash asoslarini, mijoz kreditga layoqatliligining asosiy va qo’shimcha ko’rsatkichlarini, kredit bo’yicha ta’minot turlari va ularni rasmiylashtirishning huquqiy asoslarini, tijorat banklarining kredit siyosati va uning asosiy elementlarini, kredit bahosi va unga ta’sir etuvchi omillarni, kreditlashning huquqiy va iqtisodiy asoslarini, kredit portfelini holati, uning tarmoqlar, hududlar, mijozlar boʻyicha diversifikatsiyasi, kreditlar boʻyicha foizlarning hisoblanishini bilish va bank balansida aks ettirish;
- banklarning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarini rasmiylashtirish;
- tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlari, xarajatlarini (o’sish yoki kamayish dinamikasini diagrammallar asosida tahlil qilishni), tijorat banklari foydasi va rentabellik ko’rsatkichlarini, operatsion xarajatlar va ularning tarkibini aniqlash;
- tijorat banklarining likvidlilik ko’rsatchiklarini hisoblash va uning holatiga baho berish;
- O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijiy davlatlarga pul mablag‘larini o‘tkazish operatsiyalarini bajarish;
- bank operatsiyalari va faoliyati bo’yicha moliyaviy hisobotlarni tuzish.


Download 362.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling