34.
|
Ishlab chiqarish amaliyoti boʻyicha hisobot ustida ishlash
|
Ishlab chiqarish amaliyoti oʻtash davrida amaliyotchi oʻquvchi kollejda va amaliyotga borayotgan tijorat bankida oʻrnatilgan ichki ish tartibiga rioya qilishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi kerak.
Amaliyotchi oʻquvchi dasturda koʻrsatilgan barcha vazifalarni bajarishi, Markaziy bankning yoʻriqnoma, tartiblar, koʻrsatma va xatlari bilan tanishib borishi lozim.
Amaliyot davomida oʻquvchi kundalik yuritishi va unda xar kuni bajargan ishlarini yoritib borishi kerak. Kundalik bajarilgan ishlar kuyidagi shaklda yozib boriladi:
Sana
|
Ish kuni
|
Bajarilgan ishlar
|
Raxbarning imzosi
|
|
|
|
|
Xar bir ish kunining oxirida shu kungi amaliyot uchun raxbar oʻquvchining bajargan ishlarini kundalik daftariga oʻz imzosini qoʻyishi orqali tasdiqlaydi. Amaliyot boʻyicha hisobot xar bir mavzu boʻyicha aloxida tuziladi.
Asosiy mavzular boʻyicha hisobotda oʻquvchi kuyidagilarni koʻrsatishi kerak:
Mavzu boʻyicha qanday savollar, operatsiyalar bilan tanishib chiqildi.
Shu boʻlimda xodimlar oʻrtasida vazifalar taqsimlanganligi.
Sanab oʻtilgan operatsiyalarning hisobga olinishi va rasmiylashtirish tartibi.
Aloxida olingan operatsiyalarning hujjatlar aylanishi sxemasini koʻrsatish.
Har bir yoritilgan mavzular amaliy misollar va rasmiylashtirilgan xujjatlar bilan toʻldirilishi kerak. Hisobot hajmi koʻlyozmada 35-45 betdan iborat boʻlishi, matnlar qisqartirilmasdan, xatosiz, toza A4 oʻlchamdagi oq varaq qogʻozga yozilishi kerak.
Ishlab chiqarish amaliyoti tugagandan soʻng oʻquvchi mutaxassislik kafedrasiga 3 kundan kechikmasdan hisobotni topshirishi lozim.
Hisobot kollejdan amaliyot raxbari etib tayinlangan oʻqituvchi tomonidan tekshirilib taqriz yoziladi va ogʻzaki ximoyaga ruxsat etiladi.
Oʻquvchi oʻqituvchining yozma taqrizini oʻqib, tanishib chiqqandan soʻng koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi lozim.
Kafedra tomonidan belgilangan muddatlarda hisobot ogʻzaki ravishda komissiya oldida ximoya kilinadi. Yozma hisobot, ogʻzaki va amaliyot jarayonidagi faoliyatini hisobga olgan holda komissiya tomonidan oʻquvchi bilimi baholanadi. Hisobot himoya qilingandan soʻng oʻrnatilgan tartibda arxivga topshiriladi..
|
12
|
А
|
6
|