Oʻquv dasturining nomi
|
Mikro va makroiqtisodiyot
|
Ajratilgan soat
|
100
|
Oʻqituvchiningmashgʻulotdaqatnashiboʻzlashtirilishilozimboʻlganmavzular soni
|
36
|
Dasturning maqsadi
|
Mazkur oʻquv dasturida oʻquvchilarga amaldagi ta’lim standartlari doirasida chuqur bilim berish, oʻqitishning interaktiv uslublari, yangi avlod axborot kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuterlashtirilgan dasturlarni qoʻllagan holda mashgʻulotlarni nazariy, amaliy darslar koʻrinishida tashkil etilib chuqur nazariy bilimlar koʻnikmalar berish maqsad qilib qoʻyilgan.
|
Oʻzlashtirish (oʻqitish) natijalari
|
Dastlabki iqtisodiy bilimlarni;
Iqtisodiy qonunlar va qonuniyatlar. Iqtisodiy kategoriyalar. Asosiy iqtisodiytushunchalar va iqtisodiy koʻrsatkichlarni bilishni;
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish modellari. Iqtisodiy islohotlarning bosqichlarini;
Raqobat va uning turlarini;
Talab va taklif, bozor muvozanatini;
Narx mexanizmi va narx siyosatini;
Moliya tizimini;
Jahon bozori va halqaro munosabatlarni;
Bozor va undagi qonun qoidalarni;
Ishlab chiqarish xarajatlari va foydani;
Yalpi milliy mahsulotni;
Ishchi kuchi va uning bandligi kabi bilimlarni bilishlari kerak.
|
Bilimlar
|
bozor mexanizmi va uning elementlarini o‘rganish;
talab, taklif elastikligi va muvozanatlashgan narxni farqlay olishi;
iste’molchilarning bozordagi xatti-harakatini bilishi;
ishlab chiqarish texnologiya va funktsiyalarini o‘rganish;
ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblab chiqarish va aniqlashi;
bozor hokimligi. Monopoliya va monopol hokimlik tushunchalarini bilish;
oligopoliya va korxonalarning oligopoliya sharoitidagi hatti-harakatlarini o‘rganish
|
Koʻnikmalar
|
iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarga mustaqil baho bera olish;
inflyatsiya va ishsizlik darajalarini farqlay olish;
jami talab va uni belgilovchi omillar, yiriklashtirilgan taklif va unga ta’sir etuvchi omillarni farqini aniqlash;
iqtisodiyotda davlat sektorining roli haqida tushuncha hosil qilish;
makroiqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning usulllari va vositalarini qo‘llash;
tovar va xizmatlar bozoridagi muvozanatni farqlay olish;
kapital qo‘yilmalar va pul bozoridagi muvozanatni taqqoslash.
|
|