Oshqaruv hisobini tashkil etish
Axborotlarni buxgalteriya hisobi schetlari tizimida aks ettirish
Download 46.09 Kb.
|
2. Bоshqаruv hisоbini tаshkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Axborotdan foydalanuvchilar.
3. Axborotlarni buxgalteriya hisobi schetlari tizimida aks ettirish. Moliyaviy hisob schetlari tizimi korxona moddiy, mehnat va moliyaviy resurslari holati hamda harakati to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni umumlashtiradi. Ushbu schetlar tizimi O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 21-sonli «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatini schetlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma»ga nomli milliy standartiga asoslanadi. Ushbu schetlar rejasining yangi tahriri O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2002 yil 9-sentyabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23-oktyabrda 1181-son bilan ro’yxatga olingan.
Boshqaruv hisobi schetlar rejasi esa korxona va uning bo’linmalari faoliyati to’g’risida strategik boshqaruv qarorlari qabul qilish, byudjetlashtirish, xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyatsiyasini tashkil etish, “Xarajatlar-ishlab chiqarish hajmi-foyda” tizimi bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlashni nazarda tutadi. Mazkur schetlar rejasini amaliyotga joriy etish ikki razryadli buxgalteriya hisobi schetlari tizimidan to’rt razryadli tizimga o’tish zaruriyatini keltirib chiqaradi: a) balans schetlari ya’ni balans tuzishda ishtirok etuvchi schetlar; b) operatsion, “Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda” tizimi bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlashda qo’llaniladigan va boshqaruv buxgalteriyasida foydalaniladigan schetlar. Hozirgi kunda jahon amaliyotida boshqaruv hisobi schetlar rejasining Germaniya va Rossiyada muvaffaqiyatli qo’llanilayotgan tizimlari amal qilmoqda. 4. Axborotdan foydalanuvchilar. Moliyaviy hisobni tashqi hisob deb ham ataydilar. Uning natijalari chop etib boriladi, biroq, moliyaviy hisobotlar nafaqat moliyaviy axborotlarni, shuningdek, korxonalar faoliyatidagi muvaffaqiyatlarni, ularning yangi mahsulotlarini namoyish etuvchi reklama tusidagi axborotlarni ham o’z ichiga oladi. Moliyaviy hisob axborotlaridan foydalanuvchilar, asosan korxonadan tashqarida bo’ladilar. Ushbu axborot korxona rahbariyati, davlat organlari, kreditorlar, aktsionerlar, investorlar (ichki va tashqi foydalanuvchilar) uchun zarur. Boshqaruv hisobini, binobarin, ichki hisob deb atash mumkin. Uning natijalaridan korxona boshqaruvi xodimlari, ta’sischilar va kuzatuv kengashi a’zolari foydalanadilar. Download 46.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling