Oshqaruv hisobini tashkil etish


Hisobning asosiy ob’ektlari


Download 46.09 Kb.
bet7/10
Sana13.12.2022
Hajmi46.09 Kb.
#1000038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2. Bоshqаruv hisоbini tаshkil etish

9. Hisobning asosiy ob’ektlari. Moliyaviy hisobotlarda korxona odatda yagona, yaxlit deb ta’riflanadi. Ko’p tarmoqli faoliyat olib boruvchi yirik korxonalar har bir soha bo’yicha ya’ni korxonaning yirik segmentlari bo’yicha xarajatlar va daromadlarni umumlashtirilgan moliyaviy hisobotda aks ettirishi shart.
Boshqaruv hisobi, odatda korxonaning alohida bo’linmalari: bo’limlar, tsexlar, uchastkalar, ish joylari faoliyati to’g’risidagi axborotni o’z ichiga oladi.
10. Hisobning asosiy tuzilmasi. Moliyaviy hisob quyidagi asosiy tenglikka muvofiq shakllanadi:
Aktivlar = O’z mablag’lari manbalari + Majburiyatlar
(A= K+ M)
Boshqaruv hisobi axboroti tuzilmasi va tarkibi uning foydalanuvchilarini ehtiyojlariga bog’liq. Boshqaruv hisobining har qanday tuzilmasi eng avvalo xarajatlar, daromadlar va aktivlar kabi kategoriyalarga tayanadi. Bu tuzilmalarni qo’llashda asosiy mezon - zarur axborotning foydaliligidir.
11. Axborotning oshkoralik darajasi. Moliyaviy hisob axborotlari uning foydalanuvchilari uchun ochiq hisoblanadi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunga ko’ra, mazkur axborotlar soliq organlariga, ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga, davlat statistika organlariga, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga taqdim qilinadi.
Boshqaruv hisobi axborotlari ko’proq maxfiylik xususiyatiga ega bo’lib, ulardan korxona menejerlari, ta’sischilar va kuzatuv kengashi a’zolari boshqaruv qarorlari qabul qilishda foydalanadilar. Ushbu axborotlar korxonaning tijorat siri hisoblanadi. Ular hisobotdan tashqi foydalanuvchilarga berilmaydi.
12. Axborotni aks ettirish usullari va yo’llari. Moliyaviy hisob qiymatda shakllanadigan axborotni o’z ichiga oladi. Korxonaning moliyaviy hisoboti bosh daftardagi barcha schetlar bo’yicha yakuniy qoldiqlarni o’z ichiga oladi. Moliyaviy hisobda xo’jalik jarayonlari buxgalteriya hisobining hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulyatsiya, schetlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv, buxgalteriya balansi va hisobot va h.k. usullarida ifoda etiladi. Unda moliyaviy hisobot ma’lumotlari albatta pul birligi ko’rinishida aks ettirilishi zarur. Moliyaviy hisobot ma’lumotlari bosh daftarning yakuniy yozuvlariga mos keladi.
Boshqaruv hisobida xo’jalik muomalalarini aks ettirishda ikkiyoqlama yozuv usuliga asoslanish shart emas. Mazkur hisob turida ma’lumotlar har qanday o’lchov birligida hisoblanishi mumkin. Shuningdek, unda moliyaviy hisobot shakllari axborotlarining Bosh kitob ma’lumotlari bilan mos kelishi va taqqoslanishi shart emas.
Boshqaruv axborotini qayd etish va aks ettirishda esa moliyaviy hisob usullari bilan birgalikda ekonometrika, statistika, iqtisodiy tahlil usullaridan ham foydalaniladi.

Download 46.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling