Oshqozon ichak-kasalliklarida bemolarning psixologik xususiyatlari Reja


Download 223.36 Kb.
bet1/5
Sana22.12.2022
Hajmi223.36 Kb.
#1042402
  1   2   3   4   5
Bog'liq
(T) Oshqozon ichak


Oshqozon ichak-kasalliklarida bemolarning psixologik xususiyatlari
Reja

  1. Oshqozon-ichak sistemasining psixogen buzilishlari

  2. Psixogen anoreksiya va shu bilan bog‘Iiq bo‘Igan boshqa
    simptomlar.

  3. Me’da ichak tarkti

Ruhiy siqilishlarda oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi (ko‘ngil
aynish, qayt qilish, ich ketish, qorindaog‘riqlar) Gippokrat davridan buyon m a’lum. Tanada kechadigan har qanday jarayon miya
ishtirokisiz bo‘lmasligi Gippokrat, Galen va Dekart asarlaridaqayd
qilingan. Galen va Ibn Sino «qora o‘tning» o‘t pufagida ko‘payib
ketishi ipoxondriyagaolib kelishini aytib o'tishgan. Ibn Sino «Tib
qonunlari» asarida oshqozon-ichak sohasida asab buzilishlari sababli
uchraydigan turli belgilar va ularni davolash usullari haqida yozib
qoldirgan. «Vujud ruh amriga voojibdir» degan edi Ibn Sino.
Hozirgi davrda o‘tkir va surunkali asab buzilishlaridan keyin
rivojlanadigan oshqozon-ichak sohasidagi buzilishlarga ta’rif berish
uchun turli atamalar taklif qilingan: «abdominal ipoxondriya»,
«abdominal depressiya», «psixogen gastrointestinal sindrom»,
«somatogen depressiya» va hokazo. Lekin shuni alohida ta ’kidlash
lozimki, agar yurak va nafas olish sistemalarining psixogen buzilishlarida bem orlar nisbatan nevropatologga ko‘proq murojaat
qilishsa, oshqozon-ichak kasalliklari to‘g‘risida bunday xulosa qilish
juda qiyin. Negaki, aksariyat bemorlar (hatto doktorlar ham) oshqozon-ichak sistemasining faoliyati buzilganda nevropatolog yoki
psixologga murojaat qilishmaydi. Buni tushunish mumkin albatta,
chunki odamlarning tasawurida «oshqozon miyadan uzoqda joylashgan va ularning bir-biriga aloqasi yo‘q». 0 ‘tgan asrning boshlarida
mashhur nevrolog olimlardan biri (Strumpel A., 1902) dispepsiyalarning 70 foizida hissiy zo‘riqishlarning ahamiyati kattadir, degan
edi. Ovqat hazm qilishning funksional buzilishlari, abdominalgiyalar, umumiy holsizlik, ishtahaning pasayishi kabi simptomlar, xuddi
bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi simtomlari kabi nevrasteniyaning
asosiy simptomlaridir (Silverberg М., 2002).
0 ‘tkir yoki doimiy ruhiy jarohatlar, jinsiy muammolar, qattiq
qo‘rquv kabi omillar oshqozon-ichak faoliyatining funksional buzilishlariga olib kelishi mumkin. Bunday paytlarda mutaxassislar
«gastrointestinal beqarorlik» haqida so‘z yuritishadi. Bu toifa odam -
larda ruhiy siqilishlar paytida albatta oshqozon-ichak faoliyati buziladi,
biroq bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, nafas yetishmovchiligi kabi
simptomlar kuzatilmasligi mumkin. Shuning uchun ham ipoxondriyada o‘t yoMlari diskineziyasi, doimiy anoreksiya (ular ovqatni
qorin ochganda emas, soatga qarab yeyishadi), qabziyat yoki diareya
ko‘p uchraydi. Bu simptomlar bemorning kayfiyatiga qarab, goh
kuchayib, goh pasayib turadi. Aynan ana shu bemorlar terapevtik
muolajalar uzoq vaqt yordam bermaganligidan tabiblarga murojaat
qilishadi. Har bir gastroenterolog psixolog bo'lishi davr talabidir,
deb yozgan edi R.A.Luriya (1941). Uning bu so‘zlari hozirgi kunda
ham o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q. Bemorlarning tabiblarga va antiqa
davolash usullariga bo‘lgan qiziqishi sabablarini biz «Deontologiya»
bo'limida yoritganmiz.


Download 223.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling