Oshqozon ichak-kasalliklarida bemolarning psixologik xususiyatlari Reja


Download 223.36 Kb.
bet3/5
Sana22.12.2022
Hajmi223.36 Kb.
#1042402
1   2   3   4   5
Bog'liq
(T) Oshqozon ichak

ikkinchidan, ular ovqatlanish rejimini doim buzishadi va ko‘proq
uglevodlarni xush ko'rishadi; uchinchidan, trankvilizatorlarni ko‘p
iste’mol qilishadi, ular esa ichaklar peristaltikasini susaytiradi.
Shuningdek, doimiy ruhiy zo'riqishlarda ba’zan yo‘g‘on ichakda
suyuqlikning so‘rilishi kuchayishi aniqlangan. Bu esa qabziyatga olib
keladi. Ichaklarda suyuqlik so‘rilishining susayishi esa ich ketishga
sababchi bo‘ladi. Ich kelishning buzilishi simpatik va parasimpatik
tonusning holatiga ham bog‘liq. Simpatik tonus oshganda peristaltika
sekinlashib, atonik qabziyat, parasimpatik tonus oshganda peristaltika
kuchayib, spastik qabziyatga olib keladi. Peristaltikaning kuchayishi
nafaqat qabziyatga, balki diareyaga ham olib keladi.
Psixogen qabziyatlarda bem orlar doim o ichagida guldiragan
tovushlami eshitadilar. Qorinning pastki qismi siqib og‘riydi, ichi ko‘p
gazga to‘lib yuradi. Hojatxonaga kirsa, asosan ichakdan yel chiqadi va
axlati qo'yning axlatiga o‘xshab dumaloq-dumaloq bo‘lib chiqadi,
soatlab o‘tirsa-da, defekatsiyadan qoniqmaydi. Bemorning qorni
palpatsiya qilib tekshirilganda (ayniqsa, spastik tarzdagi qabziyatlarda), yo‘g‘on ichaklaming qattiq, silindrsimon ekanligi aniqlanadi. Bemorlar ichi kelishini xohlab turli xil usullami, turli xil dorilarni qo‘llab
ko‘rishadi. Ular, odatda, har qanday yangilikka ishonuvchan bo‘lishadi
Har qanday qabziyatda oshqozon-ichak sistemasida suyuqlikning
so‘rilishi va ajralishi buziladi. Normal holatda oshqozon-ichak sistemasida suyuqlikning transport yoMlari qanday bo‘lishi 32-rasmda
ko'rsatilgan.


Keyingi paytlarda «ichaklarni turli xil shlaklardan tozalaydigan»
dorivor vositalar, ya’ni «ovqatga qo‘shimcha vositalar» ko‘p reklama
qilinmoqda. Ularning ko‘pchiligi foydali bo‘lib, tarkibi ichak faoliyatini yaxshilovchi, organizm tonusini oshiruvchi moddalar va vitaminlarga boy. Ular chiroyli idishlarda ishlab chiqariladi va shunga loyiq etiketkalar yopishtiriladi. Bunday idishdagi dorilar albatta inson psixologiyasiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Lekin bunday vositalarni iste’mol qilishdan oldin vrach bilan, albatta, maslahatlashish zarur.

1997 yili «Trud» gazetasida «Xorij dorilari biznikidan nimasi
bilan afzal» nomli maqola chop qilindi. Unda jurnalistning savollariga
klinik farmakolog, professor javob beradi. U tana haroratini tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi dorilar haqida shunday deydi: «Bu yaqin
orada tez og‘riq qoldiradigan va tana haroratini tushiradigan vosita
hali kashf qilingani yo‘q. Hammasi bundan yuz yil oldin kashf
qilingan aspirinning o ‘zginasidir, faqat ular shakli, rangi va ularga
qo‘shilgan xushbo'y hid taratuvchi bo‘yoqlari bilan bir-biridan farq
qiladi». U intervyusini quyidagi so‘zlar bilan tugallaydi: «aspirinni
10 so‘mga yoki 1000 so'mga sotib olish — bu albatta bemorga havola».
Bemorlarni davolashda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Ularga «sizning
qabziyatingiz jahlingiz tez chiqishidan, ko‘p ruhiy ezilishlaringizdan, mana bu tinchlantiradigan dorini ichsangiz tuzalib ketasiz» degan bilan ish oson kechmaydi. Bu yerda platseboterapiya usulini qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Bizga bir bemor kishi murojaat qilib: «Meni doimo qabziyat bezovta qiladi, aw al terapevtlarda davolandim, ichaklaringni «shamollatibsan» deyishdi. «Shamollashga» qarshi
davolandim, ozgina foyda berdi, keyin yana qabziyat davom etaverdi.
Jahlim tez-tez chiqadigan bo‘lib qoldi. Nevropatologga yuborishdi,
u hammasi asabdan deb tinchlantiruvchi dorilar buyurdi va tuzalib
ketishimga ishontirdi. Biroq, qabziyat davom etayapti, endi qornimning pasti ham og‘riydigan va tinchlantiruvchi dori ichmasam, uxlay
olmaydigan bo‘lib qoldim», deb shikoyat qildi. Biz bemorning psixonevrologik statusini o ‘rganib chiqib, haqiqatan ham uning dardi og‘ir emas ekanligini, faqat doktorlardan va dorilardan shifo izlayvermasdan, uning o ‘zi ham davolash jarayonida faol ishtirok etishi zarurligini uqtirdik. Davolash jarayoni bir oyga cho'zilishi mumkinligini ham aytdik. Bir hafta ichida unga uchta antiqa dori tayyorlab berishimizni, uning bittasini ichishi,
ikkinchisini qomining pastki qismiga surishi va uchinchisini har kun
kechasi issiq vannaga tashlab, bir soat mobaynida bo‘ynigacha suvga cho‘milib yotishi zarurligini tayinladik. Bu muolajalar bir kunda
bir mahal, faqat kechasi qilinishi zarurligi aytilib, aniq bir soat
belgilandi. Tayyorlab berilgan dorilarimizning uchalasi ham suyuq
bo‘lib, tarkibida tinchlantiruvchi, ichni suruvchi vositalar bor edi.
Bemor spirtli ichimliklarni ham iste’mol qilardi, bu odatidan voz
kechmasa, unga hech qaysi doktor va hech qaysi dori yordam
bermasligi uqtirildi. Bemorga psixoterapiya, platseboterapiya muolajalari ham o'tkazilib, ijobiy natijaga erishildi.



Download 223.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling