Ishning bajarilishi. Bu ishni bajarish uchun 2 ta probirka olib, ularning har
biriga 2—3 ml dan oqsil eritmasi solinadi. So'ngra oqsil ustiga ozroq NaCl kukuni va
3—4 ml dan spirt solib, aralashma chayqatiladi. Biroz vaqt o'tishi bilan oqsil
cho'kmaga tushadi. Agar probirkalarning biriga darhol 4—5 ml distillangan suv,
ikkinchisiga 10—15 daqiqadan so'ng suv solinsa, birinchi probirkadagi cho'kmaning
eriganligini, ikkinchi probirkadagi cho'kmaning erimay qolganligini ko'rish mumkin.
Bu oqsilga spirtniig uzoq vaqt ta'sir etishi natijasida uning denaturasiyaga
uchraganligini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |