v) OQSILLARNI OG'IR METALL TUZLARI BILAN CHO'KTIRISH
K e r a k l i r ye a k t i v v a a s b o b l a r: 1. Oqsillarning suvdagi eritmasi;
2. 0,5% li qo'r?oshin asetat eritmasi; 3. 5% li mis sulfat eritmasi; 4. 3% li kumush
nitrat eritmasi; 5. 0,5% li simob (II) xlorid-sulema eritmasi; 6. Natriy xloridning
to'yingan eritmasi; 7. Probirkalar; 8. Pipetkalar; 9. Shisha tayoqcha; 10. Shtativ.
Oqsillar, og’ir metall (Pb, Cu, Ag va Hg) tuzlari bilan ham cho'kma hosil
qiladi. Bu tuzlar ta'sirida eritmadagi oqsillarning cho'kmaga tushishi, ishqoriy yer
metall tuzlari yordamida tushadigan cho'kmalardan farq qiladi, ya'ni oqsillar og'ir
metall tuzlarining faqat past konsentrasiyali eritmalari ta'sirida cho'kmaga tushadi.
Agar bu tuzlar ta'sirida hosil bo'lgan cho'kma ustiga ko'rg'oshin asetat va mis sulfat
eritmalaridan qayta qo'shilsa, ilgari hosil bo'lgan cho'kma erib ketadi. Oqsil
cho'kmasining erishi eritmaga qo'-shilgan ortiqcha og'ir metallarning oqsil
zarrachalarini adsorblab, ularni qayta zaryadlanishi natijasida yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |