О=сил ва ларга хос рангли реакциялар
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo
Ishning bajarilishi. Yarim o'tkazgich xususiyatiga ega bo'lgan kollodiydan
tayyorlangan xaltachaga 10 - 15 ml o'simlik oqsili eritmasi solinadi va xaltacha og’zi ikkita shisha tayoqcha bilan qisib bog'lanadi So'ngra xaltacha 200—250 ml hajmli ximiyaviy stakanga solingan distillangan suvga botib turgan holda osib qo'yiladi (1- rasmga qarang). Dializning tez va yaxshi ketishi uchun stakanga solingan distillangan suv har 15 - 20 daqiqa davomida almashtirib turiladi. Ish davomida dializning qanday tezlikda ketayotganligini bilish uchun vaqt-vaqti bilan stakandagi distillangan suvdan 1—2 ml dan olib, oqsil va xloridlarga sifat reaksiyalari o'tkazib turiladi. Xloridlarga oid sifat reaksiya o'tkazish uchun stakandagi suvdan 1—2 ml olib, uning ustiga 1—2 ml kumush nitrat eritmasi solinadi. Agar kumush nitrat eritmasini qo'shish bilan oq rangdagi cho'kma (AgCl) hosil bo'lsa, u holda oqsil tarkibidagi xloridlarning tashqi eritmaga (suvga) chiqqanligidan dalolat beradi. Oqsillarning tashqi eritmaga chiqqan-chiqmaganligini bilish uchun dializga berilgan vaqt (1,5 - 2 soat) tamom bo'lishi bilan stakandagi eritmadan 1 ml olib, biuret reaksiyasi o'tkaziladi. Ma'lumki, kolloid xususiyatli yuqori dispers zarrachaga ega bo'lgan oqsil molekulalari yarim o'tkazgich pardadan o'ta olmasdan tutilib qoladi. Shu sababli ham tashqi eritmada biuret reaksiyasi kuzatilmaydi. Tajribadan olingan natijalar daftarga yozib olinadi va undan tegishli xulosalar chiqariladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling