О=сил ва ларга хос рангли реакциялар


j) OQSILLARNI YUQORI HARORAT TA'SIRIDA CHO'KTIRISH


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/103
Sana09.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#267874
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103
Bog'liq
biokimyo

j) OQSILLARNI YUQORI HARORAT TA'SIRIDA CHO'KTIRISH 

 

Kerakli  reaktiv  va  asboblar:  1.  O'simlik  oqsili;  2.  1  %  va  10  %  la  asetat 

kislota  eritmasi;  3.  Natriy  xloridning  to'yingan  eritmasi;  4.  10%  li  natriy  gidroksid 

eritmasi; 5. Probirkalar; b. Pipetkalar; 7. Shtativ; 8. Elektr plitka yoki gaz gorelka. 

Hamma  oqsillar  ham  yuqori  harorat  ta'sirida  iviydi,  ya'ni  cho'maga  tushadi. 

Ammo  turli  oqsillarning  yuqori  harorat  ta'siridan  cho'kmaga  tushishi  bir  xilda 

bo'lmaydi. Masalan, bir xil oqsillar 50—55°C da koagulyasiyaga uchrasa, bir xillari 

qisqa  muddatli  qaynatishda  ham  o'zlarining  nativ  (boshlang'ich)  xususiyatini  saqlab 

qoladi. Shunga qaramasdan, ko'pchilik oqsillar yuqori harorat ta'sirida o'zining aktiv 

xususiyatini yo'qotadi, ya'ni denaturasiyaga uchraydi. Denaturasiyaga uchragan oqsil 

o'zining  biologik  aktivligini  yo'qotibgina  qolmay,  balki  u  eruvchanligini  ham 

yo'qotadi. Demak, oqsillar yuqori haroratda qizdirilganda iviydi, cho'kmaga tushadi, 

ya'ni denaturasiyalanadi. 

Oqsillarning  cho'kmaga  tushishi  muhitdagi  pH  ga  qarab  o'zgaradi.  Masalan, 

kuchli ishqoriy yoki kislotali muhitda yuqori harorat ta'sirida oqsillarning cho'kmaga 

tushishi  kuzatilmaydi.  Chunki  bunday  sharoitda  oqsil  molekulalari  kuchli  manfiy 

yoki kuchli musbat zaryadga ega bo'ladi. 

Ishniig  bajarilishi.  Beshta  probirka  olib,  ularning  har  biriga  2—3  ml  dan  oqsil 

eritmasi  solinadi.  Agar  birinchi  probirkadagi  oqsil  eritmasi  qizdirilsa,  cho'kma 

tushadi.  Ikkinchi  probirkadagi  oqsil  eritmasi  ustiga  2—3  tomchi  1  %  li  asetat 

kislotadan  tomizib  qizdirilsa,  cho'kma  hosil  bo'ladi.  Bunga  sabab,  oqsil  o'zining 

izoelektrik  nuqtasiga  yaqin  sharoitda  bo'lganligidir.  Uchinchi  probirkaga  10%  li 

asetat  kislotadan  0,5  ml  solab  qizdirilsa,  cho'kma  tushmaydi.  Agar  to'rtinchi 

probirkadaga  2—3  ml  oqsil  eritmasi  ustiga  10%  li  asetat  kislotadan  0,5  ml  solib, 

undan  keyin  aralashma  ustiga  4—5  tomchi  natriy  xloridning  to'yingan  eritmasidan 

tomizib  qizdirilsa,  cho'kma  tushadi.  Beshinchi  probirkadagi  oqsil  eritmasiga  0,5  ml 

natriy gidroksid qo'shib qizdirilsa, cho'kma tushmaydi. Hatto qaynatilsa ham cho'kma 

hosil  bo'lmaydi.  Bu  natijalar  daftarga  yozib  olinadi  va  ulardan  tegishli  xulosalar 

chiqariladi. 

 

 



 

 



 

20 



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling