Ishning bajarilishi. Uchta probirka olib, ularning har biriga 2—3 ml dan oqsil
eritmasi solinadi. So'ngra birinchi va ikkinchi probirkalarga 2—3 tomchidan 1 % li
asetat kislota tomiziladi. Birinchi probirkaga 2—3 tomchi tannin, ikkinchi probirkaga
2—3 tomchi pikrat kislota qo'shiladi. Uchinchi probirkaga esa 2—3 tomchi asetat
kislotaning 10% li eritmasidan va 2—3 tomchi kaliy ferrosianid eritmasidan
tomiziladi. Hamma probirkalarda cho'kma hosil bo'ladi. Agar tajrtbada asetat kislota
o'rniga, 2—3 tomchi ishqor eritmasi tomizilsa, cho'kma hosil bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |